MAVZU:9. O’zbekiston Respublikasi Quroli Kuchlarini tashkil topishi.
.
O‘quv savollari:
1.O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat maqomini olishi.
2.O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topishi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. “O‘zbekiston milliy ensklopediyasi” 12-tom
2. “O‘zbekiston tarixi” darslik 2007. y.
1.O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat maqomini olishi.
O‘zbekistonning o‘z suvereniteti uchun kurash, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtiribemas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib turardi. Bularning barchasi O‘zbekiston SSR Prezidenti I.Karimov, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati tomonidan O‘zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, milliy suvereniteti sari dadil qadamlar tashlanganligining dalilidir.
1991 yil 21-avgust kuni O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan “ Favqulotda Holat Davlat Komiteti” ning O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi sessiyasi bir ovozdan ,,O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida’’gi Qonunni qabul qildi. O‘zbekiston SSRning nomi ,, O‘zbekiston Respublikasi’’deb o‘zgartirildi. So‘ngra ,,O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti’’qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasi qaror qabul qilib, unda: ,,1-sentyabr- O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillikkuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb elon qilinsin’’-deb belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 4 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqariIX sessiyasidagi ma’ruzasida fikrlari biz uchun qadrlidir: “Mustakillik bizga nima berishini bilardik. O‘z takdirimiz farzandlarimiz kelajagini o‘zimiz hal etish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘z erimiz, boyliklarimizga sohiblik qila boshladik. Qisqa vaqt ichida mustaqillikning ne’matlarini tatib ko‘rdik.
Mustaqillik tufayli dunyoga, jahonga chiqdik. Qariyb yuz yildan beri yopib qo‘yilgan chegaralar ochildi, vatandoshlarimiz bilan yuz ko‘rishdik” (I.Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2011 . 426-bet).
2.O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topishi.
Bugungi kunda jamiyatni qiziqtirgan va muxim muammolardan biri – bu Qurolli Kuchlar taqdiridir. Bu albatta tabiiy xol, chunki armiya tom ma’noda davlat taqdirini aniqlaydigan, uning ichki mo‘‘tadilligini, xozirgi zamonda uning o‘rnini belgilab beradigan omillardan biridir.
Katta va kichik urushlardan saqlanish insoniyatning birinchi galdagi vazifasi bo‘lib qoldi. Zaminimizning xamma sog‘lom fikrli insonlari xarbiy xavf-xatarlarning xamma ko‘rinishlariga engib bo‘lmas to‘siq qo‘yilishi kerak ekanligini juda yaxshi tushunadi.
Xozirgi kunda, davrimizni g‘am - g‘ussaga giriftor qiluvchi urushlar, xarbiy to‘qnashuvlar, xarbiy xavf-xatarlar manbalaridan xalos etishni armiyaga tayanmagan xolda bajarib bo‘lmaydi degan tushuncha xaqli ravishda paydo bo‘ldi.
Xozirgi kunda, xarbiy xavf-xatarlar darajasi pasayganligini, yaqin kelajakda yangi jaxon urushi yoki boshqa keng ko‘lamli urushlarning bo‘lishi muqarrar emasligini xech kim inkor eta olmaydi.
Lekin kichik, lokal (maxalliy) va xatto regional urushlarning boshlanib ketish extimoli oshdi. SHuning uchun butun dunyoda tinch-totuvlik davri boshlanishigacha xali uzoq. Xozirgi kunda xar qanday ko‘rinishdagi urushlarning oldini olish davlatning asosiy siyosiy maqsadidir.
SHak-shubxasiz, xozirgi sharoitda ustunlik siyosiy vositalarga berilishi kerak. Lekin bular samarali bo‘ladi, qachonchi siyosat davlatning etarli darajadagi iqtisodiyotiga va xarbiy qudratiga tayansa.
O‘z-o‘zidan, bu muxim vazifani echishda boshqa institutlar bilan birgalikda Qurolli Kuchlar xam faol qatnashishi lozimdir. Faqat Qurolli Kuchlargagina davlatning xududiy yaxlitligini ta’minlash, uning sarxadlarini ximoya etish, xalqning tinch va osoyishtaligini ta’minlash, xar qanday agressiyani to‘xtatib qolish kerak bo‘lsa uni kuch ishlatish usuli bilan tor-mor etish vazifasi yuklatilgan.
Bundan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan an’anaviy vazifalar bilan bir qatorda, xozirgi sharoitda Qurolli Kuchlar oldida boshqa vazifalar xam turadi - bu davlat xokimiyati va boshqaruvi bilan yaqindan xamkorlik qilish, xarbiy xizmatning obro‘-e’tiborini orttirish, xarbiy-vatanparvarlik tizimi bebaxolini tiklashdir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilishi.
Qurolli Kuchlar yaratilishining bosqichlari.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilishida, Oliy qonunchilik organining muxim xujjati - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1992 yil 14 yanvardagi qarori xisoblanadi, unga ko‘ra sobiq SSSR Qurolli Kuchlarining O‘zbekiston xududida joylashgan barcha xarbiy qismlari, birlashmalari, xarbiy bilim yurtlari, xarbiy muassasalari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi ixtiyoriga, yurisdiksiyasiga o‘tkazildi va ularning moddiy, material – texnik ta’minoti joriy etildi.
Mintaqada shakllangan xarbiy-siyosiy va xarbiy-strategik sharoitga ko‘ra va dunyoda kechayotgan siyosiy jarayonlarning rivojini taxlilidan kelib chiqib, 1992 yil 3- iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti «Mudofaa to‘g‘risida», «Umumxarbiy majburiyatlar va xarbiy xizmat» to‘g‘risida, «Muqobil xizmat» to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qildi. YOsh mustaqil davlat talablariga javob beradigan Qurolli Kuchlarining yaratilishida mustaxkam qonuniy poydevor yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi, davlat manfaatlarini ximoya etish uchun etarli bo‘lgan Qurolli Kuchlarini yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Qurolli Kuchlarni yaratilishini boshlab bergan bir necha m’yoriy xujjatlar imzolandi. Ularning birinchilari qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 6 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari Vazirligi va Qurolli Kuchlar Bosh SHtabining yaratilishi» to‘g‘risidagi qarorning imzolanishidir. Ularning maqsadlari - bosqichma-bosqich professional armiyani yaratish, tarkibi bo‘yicha kam sonli, lekin xarakatchan, zamonaviy xarbiy texnika va qurol-yarog‘ bilan jixozlangan, O‘zbekiston xavfsizligini mustaqil va ishonchli ximoya etishga qodir armiyani yaratish edi. Quruqlikdagi qo‘shinlarning, korpus-brigada-batalon tashkiliy-shtat tizimiga o‘tkazish boshlandi, bunda taktik birlashma brigada xisoblandi, asosiy taktik element batalon bo‘lib qoldi. Bunday tizim yuqori manyovrchan xarakatlarni va jangovar tartiblarda operativ qurulishning ixchamligini ta’minlab, jang maydonida boshqaruvni engillashtirishga olib keladi.
Qurolli Kuchlar tashkiliy-shtat tizimidagi o‘zgarishlar.
Qurolli Kuchlarni qayta qurish uch bosqichda amalga oshirish rejalashtirildi. Birinchi davrda (1992-1993 yy.) kata o‘zgarishlar kiritish ko‘zda tutilmagan va kerakli texnika va qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan quruqlikdagi qo‘shinlarning boshqaruv organlari joriy etildi. Ikkinchi davr (1994-1996 yy.) davomida polklarni brigadalarga aylantirish amalga oshirildi, xamda maxsus qo‘shin turlari qismlari va birlashmalari qayta tashkil etildi, va ular uchun oz miqdordagi mablag‘ talab qiluvchi qurol-yarog‘ va texnika sotib olindi.
Uchinchi bosqichda (1997-2000 yy.) yangi birlashmalar va qismlar tashkil etildi, anchagina miqdordagi mablag‘ talab qiluvchi qurol-yarog‘ va texnika sotib olindi va Qurolli Kuchlar tarkibiga aniqliklar kiritildi.
Birinchi davr. 1992 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti « Mudofaa to‘g‘risida», «Umumùarbiy majburiyatlar va xarbiy xizmat to‘g‘risida», «Muqobil xizmat to‘g‘risida» qonunlar, «Xarbiy qasamyod to‘g‘risidagi» qarorni qabul qildi, xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mudofaa ishlari Vazirligini O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga aylantirish tû\risidagi qarorini tasdiqladi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida xarbiy isloxotlarning birinchi davrida armiyaning tashkiliy-shtat tizimini takomillashtirish xarbiy qismlar va xarbiy bilim yurtlarini qayta qurish ishlari amalga oshirildi, shaxsiy tarkibni o‘rgatish va tarbiyalashning yangicha tizimi yaratildi. 1992 yil 23 yanvarda Vazirlar Maxkamasining qarori bilan Milliy gvardiya tashkil etildi.
O‘tmish ajdodlarimizning, eng avvalo jaxon tarixidagi buyuk sarkarda va davlat arboblaridan biri Amir-Temurning manaviy madaniyati – merosi xayotga ko‘tarib chiqarildi. Bu davrda QK - Quruqlikdagi Qo‘shinlardan, Xabiy Xavo Kuchlaridan, Xavo Xujumidan Mudofaa Qo‘shinlaridan, Maxsus Qo‘shinlardan, Milliy gvardiya va Muxandis-Quruvchi Qo‘shinlardan tashkil topgan edi.
1993 yil oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan 105- Xavo-desant diviziyasi negizida 2- xarakatchan kuchlar Armiya Korpusi tashkil topdi, 59- Armiya Korpusi o‘rniga 1- Armiya Korpusi tashkil topdi. Xarbiy intizomga, xarbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga katta e’tibor qaratildi. SHu munosobat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 23- sentyabrdagi 445 – sonli qarori bilan «Qurolli Kuchlarda xarbiy intizomni mustaxkamlash va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish to‘g‘risida» xamda «Xarbiy qismning Jangovar Bayrog‘i to‘g‘risida», qaror va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining qarori bilan 14 yanvarni «Vatan ximoyachilari kuni» deb e’lon qilindi.
Ikkinchi davr. 1994 yil yanvarida 108- motoo‘qchilar diviziyasi tarqatib yuborildi, uning xarbiy qismlari 1- Armiya Korpusi safiga kiritildi. Tarqatib yuborilgan polklar o‘rniga motoo‘qchilar, tog‘ o‘qchilari, tank, zenit artilleriyasi brigadalari tashkil topdi. Aprel oyida Respublika viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Toshkent shaxrida Mudofaa ishlari Boshqarmalari, shaxar va tumanlarda esa mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar joriy etildi. Qozog‘iston va Tojikiston respublikalarida joylashgan xarbiy qismlar O‘zbekistonga o‘tkazildi.
1994 yil may oyida O‘zbekiston NATO bilan «Tinchlik uchun xamkorlik» doiralari dasturi to‘g‘risida xujjatga imzo qo‘ydi. Bu o‘z navbatida bizning xarbiy xizmatchilarimizga, jaxonning xarbiy munosobatlarda rivojlangan armiyalari bilan birgalikda xalqaro xarbiy xarakatlarda ishtirok etish imkoniyatini ochib berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumati xarbiy xizmatchilarga g‘amxo‘rlik qilishda davom etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Maxkamasi «Muddatli xarbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida» qaror qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining «Mustaqillik», «Do‘stlik» ordenlarini, xamda «Jasorat», va «SHuxrat» medallarini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonunlari qabul qilindi.
Respublikada milliy, yuqori saviyali ofitser kadrlarini tayyorlashga muxim axamiyat berildi. 1994 yil sentyabr oyida Jizzax Oliy aviatsiya bilim yurti va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi yaratildi. Xarbiy qismlarga yangi namunadagi Jangovar Bayroqlarni tantanali ravishda keng ommani jalb etib topshirish, xar bir xarbiy jamoa uchun muxim voqea bo‘ldi.
1995 yilda O‘zbekiston xarbiylari birinchi marta, AQSHning Luizaniya shtatida o‘tkazilgan xalqaro tinchlikni saqlash «Xalqaro birdamlik – 95» mashqlarida qatnashdi. Bizning xarbiylarimiz MDX davlatlari xarbiy xizmatchilari bilan birgalikda, Tojikiston xududidagi fuqarolar urushi alangasini o‘chirishda faol ishtirok etdi.
Markaziy osiyo mintaqasi davlatlaridagi murakkab xarbiy-siyosiy vaziyatni xisobga olib, O‘zbekiston mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga aloxida e’tibor qaratdi. Bu muammoni xal etishda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston va Tojikiston o‘rtasida xarbiy xamkorlikning mustaxkamlanishi muxim axamiyatga ega bo‘ldi. SHu bilan birga 1995 yil 15-dekabrda Jambulda uch davlat raxbarlari uchrashuvida Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash masalalari chuqur ko‘rib chiqildi, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlarining BMT bayrog‘i ostida tinchlikni ta’minlash batalonlarini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi. SHu yiliyoq bizning xarbiylarimizning ularning Markaziy-Osiyo bataloni «Sentrazbat» terma vzvodi safida va xalqaro tinchlikparvar mashqlari «Kooperativ osprey-96» da ishtirok etganlaridan so‘ng jaxon arenasida obro‘-e’tibori ancha oshdi.
1996 yil 26 aprelida O‘zbekiston Respublikasining «Amir Temur» ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi vonuni vabul vilindi, bu orden bilan endilikda buyuk shaxslar, jumladan xarbiy san’at rivojiga xissa qo‘shgan kishilar taqdirlanadilar.
Qurolli Kuchlar xayotida muxim voqea, 1996 yil 9-oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan Ichki xizmat nizomini, Intizom nizomini, Qorovul va garnizon xizmati nizomlarining qabul qilinishi bo‘ldi. Saf nizomi Mudofaa Vazirining buyrug‘i bilan 1996 yil 14 oktyabrda xarakatga kiritildi. Ushbu nizomlarni ishlab chiqish jarayonida nafaqat xarbiy qurulishda to‘plangan tajribalar, balki shaxsiy tarkibning milliy xususiyati, o‘zbek xalqining mentaliteti xisobga olindi. Markaziy Osiyoda yagona xisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi yuksak obro‘-e’tibor kasb eta boshladi, uning tinglovchilari qo‘shinlardagi amaliy malaka oshirishlarda o‘zlarini eng yaxshi tomondan ko‘rsatdilar.
Uchinchi davr.1997 yil ko‘pgina muxim voqealarga boy bo‘ldi. Qurolli Kuchlar Akademiyasining birinchi bitiruvchilarining chiqaruvi, xamda xarbiy bilim yurtlaridan artilleriyachi, desantchi, zenitchi, xarbiy uchuvchilar va muxandis texnik ofitserlar, aerodrom va front orti ofitserlari, shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha komandir o‘rinbosarlari chiqarildi. Xalqaro vaziyatning murakkabligini e’tiborga olib, xalqaro terrorchilar xarakatlarini bartaraf etish maqsadida maxsus operatsiyalar batalonlari tashkil etildi. O‘zbekistonning xalqaro xarbiy xamkorlikdagi yangi bosqichi «Sentrazbat-97», «Sentrazbat-98» mashqlarining CHirchiq poligonida o‘tkazilishi bo‘ldi. Birinchi marta bizning ofitserlarimiz o‘quv nuqtalarida AQSH, Rossiya, Turkiya va boshqa davlat xarbiylarini o‘rgatish ishlarini olib borishdi. SHu yili Toshkent OUQBYU, CHirchiq OTQMBYU va Samarqand OAQMBYU terma vzvodlari Norvegiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro mashqlar «Kooperativ banners-97» da ishtirok etishdi.
1998 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi milliy xavfsizlik kengashi majlisida Mudofaa vazirligi Bosh SHtabini Qurolli Kuchlar Generalniy (Bosh ) SHtabiga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Uninig maqsadi, xarbiy qurulishning yaxlitligi va boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish va mudofaani rejalashtirish, Mudofaa Vazirligi, chegara va ichki qo‘shinlar va boshqa vazirliklar xarbiy bo‘linmalarining xarakatlarini xamkorligini takomillashtirish va koordinatsiya qilishdan iborat.
1998 yilda qo‘shinlarning qayta tashkil etilishi bois Qurolli Kuchlarda isloxotlarning navbatdagi etapi boshlandi.
O‘R QKda O‘TKAZILAYOTGAN ISLOXOTLARNING DAVRLARGA BO‘LINISHI
Birinchi davr (1998-2000 y.) Bu davr - QK takomillashuvi va xarbiy – ma’muriy bo‘linishi davri.
1. Xarbiy okruglar, chegara rayonlari, Ichki qo‘shinlarning xududiy bo‘linmalarining tashkil etilishi;
2. Qo‘shinlarning asosiy strategik yo‘nalishlarda to‘planishi;
3. XXKning XXM bilan birlashuvi;
4. Maxsus operatsiyalar kuchlarining yaratilishi;
5. Qism va bo‘linmalarning yangi tashkiliy-shtat tizimining ishlab chiqarilishi, uni mashqlar davomida tekshirib ko‘rilishi.
Ikkinchi davr (2000-2002y.) Bu davrda QK boshqaruv tizimining isloxotlashtirish o‘tkazildi.
Uchinchi davr (2003-2005y.) Qo‘shinlarni to‘ldirilishining sifatli o‘zgartirilishi va ta’minlanishi.
QURUQLIKDAGI QO‘SHINLAR
Quruqlikdagi Qo‘shinlar Qurolli Kuchlarning asosini tashkil etadi. Qurolli Kuchlarning eng ko‘psonli turi bo‘lib, quruqlikdagi qo‘shinlar boshqa qo‘shin turlari bilan xamkorlikda O‘zbekistonga qarshi xar qanday agressiyani bartaraf etish vazifasini bajaradi.
Uning jangovar safi quyidagilardan iborat:
- motoo‘qchilar bo‘linmalari;
- tank va artilleriya bo‘linmalari;
- xavo-desant bo‘linmalari;
- xavo xujumidan mudofaa bo‘linmalari.
Motoo‘qchilar bo‘linmalari - quruqlikdagi qo‘shinlarning asosini tashkil etadi, qurollanishida BMP-2 (PJM-2), BTR-80 dek zamonaviy texnika va qurollarga, katta moddiy vositalar zaxiralariga ega bo‘lib, xar qanday ob-xavo va xar qanday erlarda eng rang-barang jangovar vazifalarni echishga qodirdir.
Ular erdagi va xavodagi dushman ob’ektlarini tor-mor etish uchun tanklar, artilleriya va minomyotlar, tankka qarshi boshqariluvchi raketalar, zenit komplekslari va qurilmalari, samarali razvedka va boshqarish vositalari bilan jixozlangan.
Bular quruqlikdagi qo‘shinlarga egallangan marralarni ishonchli ushlab turishni, kerak bo‘lgan xollarda uzoq vaqtli jangovar xarakatlarni yuqori suratda olib borishni, dushmanning xar qandy qarshiligini qat’iyat bilan qaytarishni taqozo etadi.
Motoo‘qchilar front bo‘ylab va front chuqurligidan jadal manyovrlar qilishga, katta tezlikda dushmanning tirik kuchlari va texnikasini ta’qib etishga va tor-mor etishga qodirdir.
Motoo‘qchilar qo‘shinlarining asosini motoo‘qchilar birlashmalari va bo‘linmalari tashkil etadi.
Tank bo‘linmalari - quruqlikdagi qo‘shinlarning bosh zarbdor kuchi va qurolli kurashning qudratli vositasi bo‘lib, zamonaviy jang sharoitlarida o‘ta muxim jangovar vazifalarni bajarish uchun belgilangan.
Tankchilarimizning qurollanishida turgan, yuqori jangovar xususiyatga ega ishonchli zirxli ximoyali zamonaviy T-62, T-64, T-72 tanklari, tog‘ - cho‘l sharoitlarida katta masofalarni bosib o‘tishga qodir.
Artilleriya bo‘linmalari - bosh zarba berish qudrati va jangovar vazifalarni bajarishda muxim operativ-taktik vosita. Artilleriyachilar qurollanishida turgan 122 mm, 152 mm gaubitsalar, zalp bilan o‘t ochish reaktiv tizimi BM-21, 120 mm, 82 mm minomyotlar artilleriya bo‘linmalarining zarba berish imkoniyatlarini va jangovar xarakatlarning oqibatiga ta’sirini oshiradi. Ular kuchli xarakatchan va manyovrchan bo‘lib, qo‘llanilayotgan qudratli snaryadlari bilan olislikdagi nishonni aniq va bexato yo‘q qilishga qodirdirlar. Tankka qarshi stvolli artilleriya bilan bir qatorda dushmanning zirxlangan vositalariga qarshi boshqariladigan tankka qarshi reaktiv snaryadlar xam katta rol o‘ynaydi.
Artilleriyaning vazifasi - dushmanning yadro va kimyoviy vositalarini yo‘q qilish va bosib qo‘yish, uning piyodalar jangovar mashinalarini, artilleriyasi, tanklarini va boshqa zarba berish vositalarini, tirik kuchlarini, xavo xujumidan mudofaa va radioelektron vositalarini, fortifikatsion inshootlarini taktik va yaqindagi operativ chuqurlikda tor-mor etishdan iborat. Bundan tashqari artilleriya masofadan turib minalashtirish va joyni yoritish vazifasini xam bajaradi. Artilleriya- gaubitsa, pushka, reaktiv, tankka qarshi artilleriya, minomyotlar, tankka qarshi boshqariluvchi raketalar, birlashmalari va bo‘linmalaridan, xamda artilleriya razvedka bo‘linmalaridan tashkil topgan.
Xavo xujumiga qarshi mudofaa bo‘linmalari- dushmanning xavodagi ob’ektlarini yo‘q qilishning asosiy vositasi. Xavo xujumidan mudofaa bo‘linmalarining vazifalari – dushmanning samolyotlarini, vertolyotlarini, qanotli raketalarini va boshqa xavodagi ob’ektlarini yo‘q qilish, uning xavodan beriladigan zarbasini qaytarish va o‘z qo‘shin gruppirovkalarini, boshqaruv punktlarini, aerodromlarni va boshqa muxim ob’ektlarni jangning xamma turlarida, xamda xarakatlanish mobaynida va joyda joylashganda yopib turish. Ular o‘z qurollanishida – 23 mm ZU-23-2, 23 mm ZSU23-4, zenit raketa komplekslari «Strela-10», «OSA», PZRKlarga ega.
Xavo xujumidan mudofaa bo‘linmalari – zenit, raketa, zenit-raketa-artilleriya, zenit artilleriyasi, zenit-raketa texnik bo‘linmalaridan tashkil topgan.
Xavo desant bo‘linmalari – xarakatchan kuchlarning asosini tashkil etib, ularning roli xozirgi sharoitda ancha oshdi. Desant jangovar mashinalari, o‘zi yurar artilleriya qurilmalari, bronetransoprtyorlar, yuqori samarali tankka qarshi va zenit vositalari, stvolli va reaktiv artilleriya, qudratli avtomatik qurollar, zamonaviy aloqa va boshqaruv apparaturalari bilan qurollangan o‘zbekistonlik desantchilar armiyamizning eng yuqori tayyorlangan qismi bo‘lib xisoblanadi.
Zamonaviy xarbiy – transport samolyotlari yordamida ular dushmanning yaqin va chuqur ichkarisiga tushurilishi va mustaqil xolda yoki boshqa bo‘linmalar bilan xamkorlikda oldilariga qo‘yilgan jangovar vazifani bajarishga qodirdirlar.
Xavo xujumidan mudofaa qo‘shinlari va Xarbiy – xavo kuchlari.
Xavo xujumidan mudofaa qo‘shinlari o‘z qurollanishlarida S-75, S-125, S-200 kabi zamonaviy vositalarga egadirlar. XXM qo‘shinlarining rivojlanish tarixi mustaqil O‘zbekiston Qurolli Kuchlari yaratilishi bilan chambarchas bog‘liq. 1993 yil avgust oyidagi O‘R Mudofaa Vazirining «Xavo xujumidan mudofaa qo‘shinlarida jangovar navbatchilikni tashkil etish va olib borish bo‘yicha qo‘llanmani kiritish to‘g‘risida» buyrug‘iga binoan Xavo xujumidan mudofaa qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi xavo sarxadlarini qo‘riqlashga kirishdilar. Xavo xujumidan mudofaa qo‘shinlari davlatimizning xavo xujumidan mudofaa etishni Xarbiy xavo kuchlari va Quruqlikdagi qo‘shinlar Xavo xujumidan mudofaa bo‘linmalari bilan xamkorlikda bajaradi. Jangovar vazifani bajarish uchun Xavo xujumidan mudofaa qo‘shinlari kichik, o‘rta, katta uzoqlikdagi zenit raketa komplekslariga ega. Bu komplekslarning samaradorligi ularning safiga xavo nishonlarini aniqlash radiolokatsion stannsiyalari va avtomatik boshqarish vositalari kiritilishi bilan oshirildi.
Xarbiy-xavo kuchlari- O‘R Qurolli Kuchlarining eng yuqori manyovrchan turidir. Ularning vazifalari - xavodan dushmanning aviatsiyasini, quruqlikdagi gruppirovkalarini, davlat va xarbiy boshqaruv tizimi ob’ektlarini, front ortini, xarbiy – iqtisodiy potensialini, uning transport kommunikatsiyalarini tor-mor etish, xamda quruqlikdagi qo‘shinlarimizni xavodan qo‘llab-quvvatlash, xavo desantlarini desantlash, qo‘shinlarni, moddiy-texnik vositalarni tashish, xavo razvedkasini olib borish va boshqalardan iborat.
Ularning qurollanishida-SU-17, SU-24, SU-25, MiG-29, kabi zamonaviy samolyotlar, MI-8, MI-24 vertolyotlari va IL-76, AN-12, AN-26 transport samolyotlari mavjud.
Ular katta muvoffaqiyat bilan dushman Xavo xujumidan mudofaasiga qarshi tura oladilar, katta masofadan turib dushmanning erdagi va xavodagi o’ektlarini yakson qilish, boshqariluvchi raketalar yordamida dushman front ortining chuqur ichkarisiga zarbalar berish va samarali ùavo razvedkasini olib borishga qodirlar.
Maxsus qo‘shinlar o‘ziga jangovar, texnik, front orti ta’minoti bo‘linmalarini biriktirgan bo‘lib yuqori jangovar tayyorgarlikni va davlat mudofaa qobiliyatini qo‘llab - quvvatlashda o‘zlarining katta xissalarin qo‘shmoqdalar.
Razvedka bo‘linmalarining vazifalari – dushmanni va jangovar xarakatlar olib borilayotgan rayonlarda razvedkani olib borish va boshqa maxsus vazifalarni bajarish. Ular o‘z vazifalarini mustaqil xolda yoki birlashmalar bilan birgalikda bajarishadi, ularning xarakatlarini muxandis qo‘shinlari ta’minlab turadi.
Muxandislik qo‘shinlari – muxandis – sapyor, ponton-ko‘prik, muxandis-yo‘l, to‘siqlarni o‘rnatish va yo‘q qilish, muxandis ko‘prik - qurish bo‘linmalaridan tashkil topgan. Ularning vazifalari – xamma qo‘shin turlarining jangovar xarakatlarini muxandislik munosobatida ta’minlashdan iborat.
Kimyoviy ximoya bo‘linmalariga - Qurolli Kuchlarda katta e’tibor qaratilgan. Ularning vazifalari – bo‘linmalar jangovar xarakatlarini ta’minlash, xamda dushmanga yondiruvchi qurollar bilan talofatlar etkazishdan iborat. Ularning vazifalari xajmi quyidagilar:
- bo‘lajak xarakatlar chiziqlarida, xarakatlanish marshrutlarida, yoyilish marralarida va ikkinchi eshelonda qayta xujum yo‘nalishlarida radiatsion va bakteriologik razvedkani olib borish;
- shaxsiy tarkib va jangovar texnika, transport va kiyim kechaklarni dushman yadro, bakteriologik va kimyoviy qurollarni qo‘llaganda dozimetrik nazorat va sanitar ishlov berish.
Xarbiy aloqa - qo‘shinlar va qurol boshqarish tizimida malumot almashish uchun belgilangan. Ularning vazifalari- yuqorida turgan shtab bilan barqaror aloqani ta’minlash va o‘z vaqtida jangovar boshqaruv signallarini qabul qilish; vaziyatning xar qanday sharoitida buysunuvchi qo‘shinlarni boshqarishni ta’minlash; qo‘shinlarga, dushman tomonidan yadro quroli qo‘llanishi xavfi to‘g‘risida, xavodan kelayotgan dushman to‘g‘risida, radioaktiv, bakteriologik, kimyoviy zaralanish xaqida ma’lumotni etkazish; o‘zaro xamkorlik qilayotgan bo‘linmalar o‘rtasida aloqani ta’minlash; qo‘shinlarni jangovar xarakatlarini front orti ta’minoti va maxsus-texnik ta’minotlari bo‘yicha buyruqlarni etkazish.
Davlatning mudofaa qobiliyatini mustaxkamlash,uning xavfsizligini va xududiy yaxlitligini ta’minlash maqsadida 1998 yil oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan xarbiy okruglar tashkil etildi:
- SHimoliy -G‘arbiy xarbiy okrugi;
- Janubiy -G‘arbiy aloxida xarbiy okrugi;
- Markaziy xarbiy okrugi;
- SHarqiy xarbiy okrugi;
- Toshkent xarbiy okrugi.
2000 – yilda qurolli kuchlar isloxotlari jarayonida ularni jangovar qo‘llash xususiyatlariga ko‘ra quruqlikdagi qo‘shinlarning asosini to‘rtta turdagi umumqo‘shin birlashmalari tashkil etdi:
- Tekislikliklarda jangovar xarakatlarni olib borishga mo‘ljallangan motoo‘qchi birlashmalari;
- tog‘li xududlarda jangovar xarakatlarni olib borishga mo‘ljallangan tog‘ - o‘qchi birlashmalari;
- aloxida yo‘nalishlarda yuzaga keladigan jangovar vazifalarni echishga mo‘ljallangan tez yoyiladigan kuchlar sifatida qo‘llaniladigan desantchi-shturmchi birlashmalari;
- kichik terrorchi guruxlarni qurshab olish va tor-mor etish uchun maxsus kuchlar operatsiyalari.
Quruqlikdagi qo‘shinlarning aloxida turlari (tank,artilleriya, zenit-raketa birlashmalari) umumqo‘shin bo‘linmalarini kuchaytirish, ularni ximoya etish va dushmanga kuchli uzil-kesil zarbalar berish uchun belgilangan.
2000 yilning sentyabr oyida Qurolli Kuchlarning keyingi bosqichma-bosqich isloxotlarni olib borish maqsadida, zamonaviy talablarni xisobga olib, qo‘shin turlari va boshqa vazirliklar xarbiy bo‘linmalarning yagona tizimini takomillashtirish, ularning xamkorligini ta’minlash, davlatning xavfsizligini va xududiy yaxlitligini ta’minlash uchun Prezidentimiz buyrug‘i bilan Generalniy (Bosh) SHtab – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan SHtabiga aylantirildi. Mudofaa vazirligi va Birlashgan SHtabning vakolatlari ajratib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan SHtabi – O‘R Qurolli Kuchlarining yagona qo‘mondonlik organi bo‘lib, davlatni mustaqilligini xududiy yaxlitligini qurolli ximoya qilish uchun qarorlarni ishlab chiqadi
Birlashgan SHtab milliy xarbiy strategiyaning konseptual asoslarini ishlab chiqish, Qurolli Kuchlarning rivojlanishi, Mudofaa doktrinasining asosiy yo‘nalishlarini bajarish uchun javobgardir:
- Qurolli Kuchlarni, boshqa vazirliklar va idoralar xarbiy bo‘linmalarini boshqarishning operativ – strategik bosh organi vazifasini bajaradi;
- Strategik va operativ rejalashtirishni amalga oshiradi, qo‘shinlarning jangovar xarakatlariga raxbarlik qiladi.
Birlashgan SHtab o‘z faoliyati davomida Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘R Prezidentining buyruqlari va ko‘rsatmalari, O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining qarorlariga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi davlatning ijroya organi bo‘lib, mudofaa soxasi va xarbiy qurulishda davlat siyosatini o‘tkazishni ta’minlovchi rasmiy boshqarmalar qo‘shinlariga raxbarlik va ma’muriy boshqaruvni amalga oshiradi, xamda Mudofaa Vazirligi qo‘shinlarini zamonaviy qurol-yarog‘, xarbiy texnika va moddiy – texnik vositalar bilan ta’minlash, xalqaro xamkorlikni chuqurlashtirish vazifasini bajaradi.
2001 yil 2 iyulda bizning Qurolli Kuchlarimiz xayotida muxim voqea-serjantlar tayyorlash maktablarining ochilishi bo‘ldi. Bu maktablar – yangi tipdagi kichik komandirlar zvenosidagi yuqori professional serjantlarni tayyorlay boshladi.
Qurolli Kuchlar yaratilishining qonuniy negizlari
Umumxarbiy majburiyatlar va xarbiy xizmat masalalarini aniqlab beruvchi asosiy xujjat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (mod.52,93, 126,153), «Umumxariy majburiyat va xarbiy xizmat to‘g‘risidagi» O‘R qonuni,
«Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi O‘R qonuni, O‘zbekiston respublikasining Mudofaa doktrinasi xisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning negizida chiqarilgan qonuniy aktlar davlatni ximoya etish va Qurolli Kuchlarni boshqarishning asosini aniqlab beradi.
Konstitutsiyaning 126-bandida, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xavfsizligini ta’minlash uchun etarli darajadagi Qurolli Kuchlarini yaratadi, 3- bandida esa O‘zbekiston Respublikasi chegaralari va xududi daxlsiz va bo‘linmasdir deb ko‘rsatilgan.Uning 125- bandida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat mustaqilligi va uning xududiy butligini, xalqning tinch xayotini va uning xavfsizligini ta’minlash uchun yaratiladi deb ta’kidlangan. Bundan tashqari Konstitutsiya davlat raxbari va ijroya xokimiyat -O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisning xarbiy qurulishga raxbarlik qilish xuquqini aniqlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlatning mustaqilligini qo‘riqlash va uning xududiy butligini ta’minlash chora tadbirlarini ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasiga xamla qilingan vaqtda urush xolatini e’lon qiladi va uch sutka ichida qarorini Oliy Majlisga tasdiqlashga taqdim etadi.
Vazirlar maxkamasi Oliy majlis qonunlarini, Prezidentning buyruq va qarorlarini bajarilishini ta’minlaydi, xar yili xarbiy xizmatga chaqirish uchun fuqarolar kontingentini aniqlaydi.
Xarbiy xizmatning quyidagi turlari mavjud:
-muddatli xarbiy xizmat;
-shartnoma bo‘yicha serjant, askar lavozimlaridagi xarbiy xizmat;
-ayollarning shartnoma bo‘yicha serjant, askar lavozimlaridagi xarbiy xizmat;
-xarbiy-o‘quv yurtlarida kursanlar (tinglovchilar) sifatidagi xarbiy xizmat;
-ofitserlik lavozimlaridagi xarbiy xizmat.
Tinchlik davrida zaxiradagi xizmat, xarbiy majburiyatdagilarni xarbiy mutaxassisliklari bo‘yicha urush davrida kerak bo‘ladigan bilimlarini, ko‘nikmalarini, takomillashtirish uchun yig‘inlar ko‘rinishida o‘tkaziladi.
Mavzu bo`ycha test savollari.
¹ 1.
Urushdan keyingi davrdagi Qurolli Kuchlar va harbiy san’atning rivojlanishini birinchi davrini ko‘rsating. |
|
1. |
1945-1953 yy |
2. |
1941-1945 yy |
3. |
1945-1949 yy |
4. |
1953-1991 yy |
¹2.
Urushdan keyingi davrdagi Qurolli Kuchlar va harbiy san’atning rivojlanishini ikkinchi davrini ko‘rsating. |
|
1. |
1954-1991 yy |
2. |
1953-1991 yy |
3. |
1949-1989 yy |
4. |
1954-1979 yy |
¹ 3.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgan sana |
|
1. |
1992 yil 14 yanvar |
2. |
1991 yil 31 avgust |
3. |
1989 yil21 oktyabr |
4. |
1992 yil 3- iyul |
¹ 4.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilishida, Oliy qonunchilik organining muxim xujjati |
|
1. |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1992 yil 14 yanvardagi qarori |
2. |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining «Mudofaa to‘g‘risida» 1992 yil 3- iyuldagi qonuni |
3. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1992 yil 14 yanvardagi qarori |
4. |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1992 yil 14 yanvardagi qarori |
¹5.
O‘zbekiston Respublikasining «Amir Temur» ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonuni qachon qabul qilingan |
|
1. |
1996 yil 26 aprelda |
2. |
1996 yil 9-oktyabrda |
3. |
1996 yil 14 oktyabrda |
4. |
1992 yil 14 yanvarda |
¹ 6.
Ichki xizmat nizomi, Intizom nizomi, Qorovul va garnizon xizmati nizomlari qachon va qanday hujjat asosida qabul qilingan |
|
1. |
1996 yil 9-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan |
2. |
1996 yil 14-oktyabrda Mudofaa Vazirining buyrug‘i bilan |
3. |
1996 yil 14-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaori bilan |
4. |
1996 yil 9-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining qarori bilan |
¹ 7.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Saf nizomi qachon va qanday hujjat asosida qabul qilingan |
|
1. |
1996 yil 14 oktyabrda Mudofaa Vazirining buyrug‘i bilan |
2. |
1996 yil 9-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan |
3. |
1996 yil 9-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining qarori bilan |
4. |
1996 yil 14-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaori bilan |
¹ 8.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xavfsizligini ta’minlash uchun etarli darajadagi Qurolli Kuchlarini yaratishi O‘R konstitutsiyasining qaysi bandida keltirilgan? |
|
1. |
126-bandida |
2. |
155-bandida |
3. |
132-bandida |
4. |
114-bandida |
¹ 9.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O’zbekiston Respublikasi o’z xavfsizligini ta'minlash uchun qay darajada QKlariga egaligi belgilangan? |
|
1. |
126 modda |
2. |
95 modda |
3. |
123 modda |
4. |
128 modda |
¹ 10.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgan sana |
|
1. |
1992 yil 14 yanvar |
2. |
1991 yil 31 avgust |
3. |
1989 yil 21 oktyabr |
4. |
1992 yil 3- iyul |
Mustaqil ta`lim uchun savollar
O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat maqomini olishi. |
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topishi. |
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarinining qo‘shin turlari. |
O’zbekiston Respublikasi Harbiy havo kuchlari. |