Reja:
1. 3D-kitob yaratish
2. Glossariy yoki katalog yaratish
Interaktivnosti qismida 4 turdagi interaktiv
elementlarni yaratish mumkin: kitob (Kniga), glossariy yoki katalog (Katalog), savol-javob
(Vopros-otvet), vaqt shkalasi (Vremennaya shkala). Interaktiv elementlar yordamida
ixtiyoriy matnli yoki grafik axborotlarni osonlik bilan tizimlashtirish mumkin.
Interaktiv kitob yaratish uchun Interaktivnosti
bî‘limida Kniga tanlanadi.
Dastur avtomatik tarzda 3D-kitob maketini
yaratadi.
iSpring dasturi interfeysi Microsoft
Office dasturlarining interfeysiga î‘xshash bî‘lib, ekranning
yuqori qismida lenta maydoni mavjud. Bu maydon tî‘rtta vkladkadan iborat: kniga, dizayn, vid va spravka.
Har bir vkladka tarkibida shu vkladkaga mos buyruqlar
mavjud.
Kniga
vkladkasi 5 blokdan iborat.
Stranitsa blokida kitob sahifalarini
yaratish hamda yaratilgan sahifalar nushasini kî‘paytirish (dublirovat) yoki mavjudlarini î‘chirish. Shrift bloki turli shriftlardan
foydalanish imkoniyatini beradi hamda matnni tahrirlash uskunalaridan tarkib topgan.
Risovaniye bloki yordamida mos buyruqlar yordamida kitobning birinchi sahifasiga
tasvir va personaj qî‘yish
mumkin.
Dizayn menyusi yordamida kitobning dizayni va shaklini
î‘zgartirish mumkin.
Kitob
sahifasi uchun rang tanlash imkoniyati ham mavjud.
Vid menyusida kitob tahrirlash jarayonida
kitobning holatini sozlash mumkin.
Shundan sî‘ng 3D-kitobni internetga joylash va foydalanuvchilarga
taqdim etish mumkin.
Glavnaya menyusidagi Publikatsiya buyrug‘ini
ishga tushiramiz va interaktiv kitob nomi, ushbu kitobni saqlash kerak bî‘lgan manzilni kî‘rsatamiz. Sjatiye vkladkasida faylni
siqish metodini tanlaymiz.
Kitobni nashr etgandan sî‘ng, kitobni brauzer oynasi yoki
Adobe Flash
Player yordamida kî‘rish mumkin.
Glossariy elektron axborot ta’lim resurslarining
eng asosiy qismi hisoblanadi. Glossariy yoki katalog yaratish uchun Katalog tanlanadi.
Zagolovok interaktivnosti bî‘limiga Glossariy nomi kiritiladi. Noviy element yordamida har bir termin
uchun oyna ochiladi. Element qismida termin nomi va pastki maydonda uning izohi kiritiladi. Barcha
termin va uning izohlarini kiritib bî‘lgandan sî‘ng Publikatsiya
elementi yordamida glossariyni interaktiv kî‘rinishga î‘tkazish mumkin.