17.Mavzu: TEMPERAMENT VA XARAKTER

                                                     Reja:

17.1.      Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari differensial psixologiyaning predmeti sifatida

17.2.      Temperament. ONF tiplari xususiyatlari, nazariyalari.

17.3.      Temperamentning fiziologik asoslari.

17.4.      Psixologiyada xarakter muammosi. Xarakter aksentuatsiyasi.

17.5.      Jinsiy diformizm va individning psixologik tavsifi.

Adabiyotlar:

1.     G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

2.     Þãàé A.Õ., Ìèðàøèðîâà Í.À. “Îáùàÿ ïñèõîëîãèÿ” – Tàøêåíò 2014.

3.     Äðóæèíèíà Â.. “Ïñèõîëîãèÿ “. Ó÷åáíèê. “Ïèòåð”, 2003.    

4.     Áîëîòîâà À.Ê., Ìàêàðîâà È.Â. Ïðèêëàäíàÿ ïñèõîëîãèÿ: ó÷åáíèê äëÿ âóçîâ. –Ì., Àñïåêò Ïðåññ, 2002. – 383ñ.

Blits-so’rov savollari

1.     Temperamentning qanday nazariyalarini bilasiz?

2.     Temperamentning asosiy xususiyati nimadan iborat?

3.     Insonlar temperamentining qanday tiplari mavjud? Ularni psixologik jihatdan xarakterlab bering.

4.     Xarakterning umumiy xususiyatlarini gapirib bering.

5.     Xarakterning qanday tiplari mavjud? Ularning xususiyatlarini gapirib bering.

6.     Xarakterdagi jinsiy rollar tafovuti nimadan iborat?

TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Temperament tipi - insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig’indisi (majmuasi).

Xolerik - kuchli, qo’zg’alishi ustun bo’lgan nomutanosib, o’ta harakatchan tip. Sangvinik – asab tizimining kuchli, mutanosib, harakatchan tipi.

Flegmatik – kuchli, mutanosib, harakatsiz tip.

Melanxolik - kuchsiz, nomutanosib va rigid tip.

Xarakter - shaxs xulqining tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi.

17.1.	Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari differensial psixologiyaning predmeti sifatida

Shaxs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson         individ        shaxs        individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz.

Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i, ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri  YUrgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi.

Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir.

Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat  bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va yo‘nalishini anglash uchun insonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi .

Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u holda inson mavjud bo‘la oladigan keyingi  – bu «mening» ichki olamim dunyosiga murojaat qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan to‘la. Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi, ijtimoiy  hulq-atvor esa «mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida kirib keladi.  «Mening» dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin, san’at, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi.

 «Individ» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin. Avvalambor, individ – bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam, Homo sapiens turiga mansub vakil. Ushbu holatda individ biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi) sifatida tushuniladi, ya’ni, insonning biologik mohiyati ta’kidlanadi. Lekin ba’zida «individ» tushunchasi odamni insoniy umumiylikning alohida vakili, mehnat qurollaridan foydalanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida belgilash uchun qo‘llaniladi.

Agar «inson» tushunchasi o‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa, u holda «individ» tushunchasi aynan uni xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik xossalarni ham kiritadi. Bundan tashqari, ushbu tushunchaga ma’lum odamni boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi.

SHaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifiga ko‘ra: «SHaxsfaoliyat sub’ekti», A.G. Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K. Aflotunovning – «shaxs o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L. Rubinshteynning – «shaxstashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxsindivid tomonidan jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning ta’riflari shulardan iborat.

Bizlar esa R.S. Nemov tomonidan shaxsga berilgan ta’rifni qo‘llaymiz: «SHaxsbu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan aloqalar va munosabatlarda namoyon bo‘ladigan, barqaror, odamning o‘zi va atrofidagilar uchun ahamiyatli bo‘lgan ahloqiy  harakatlarni belgilab beruvchi  o‘zining psixologik xususiyatlari tizimidagi inson».

SHunday qilib, inson, birinchidan, tirik tabiat vakili, biologik ob’ekt sifatida, ikkinchidan, ongli faoliyat sub’ekti sifatida va, uchinchidan, ijtimoiy mavjudot sifatida o‘rganilishi mumkin, bu uch darajaning yaxlit uyushmaga birlashishi insonning yig‘indi xususiyatlarini  – uning individualligini shakllantiradi.

Individuallik bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan o‘ziga xos bo‘lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig‘indisi.

 Individuallik bu ko‘rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga ko‘ra eng tor tushuncha hisoblanadi. U o‘zida insonning boshqa odamlardan farq qiluvchi  o‘ziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi.   Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, o‘zimiz isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo‘ladi. Motivlar, temperament, xarakter, layoqatlarindividuallikning asosiy ko‘rsatkichlari. «Individuallik» tushunchasi individning faqat o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologik (bo‘y o‘lchami, tana tuzilishi, yuz tuzilishi va h.k.) xususiyatlarini ham aks ettiradi.

Individualliko‘z mohiyatiga ko‘ra, boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar bir odamning boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin.

SHunday qilib, bizlar ko‘rib chiqqan «odam, individ, shaxs va individuallik» tushunchalari hajmiga ko‘ra turlichadir. Bular orasida keng ma’no kasb etib, boshqa tushunchalarni ham o‘zida jo etadigan tushuncha «inson» atamasidir, eng tor atama esa – «individuallik» tushunchasi.

17.2.	Temperament. ONF tiplari xususiyatlari, nazariyalari.

Temperament muammosiga bo‘lgan qiziqish  2,5 ming yil avval paydo bo‘lgan. Bu qiziqishning paydo bo‘lishiga organizm biologik va fiologik tuzilish va rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish, ijtimoiy aloqalar va munosabatlarning takrorlanmasligi xususiyatlari asosidagi individual farqlarning mavjudligi sabab bo‘ldi. Temperament shaxsning biologik jihatdan shartlangan tuzilmalariga kiradi. Temperament odamlar o‘rtasida, shuningdek, hissiyotlar, hissiy taassurotlilik, harakatlarning maromi va jadalligi, va boshqa bir qator dinamikaga ega bo‘lgan xususiyatlardagi ko‘plab psixik farqlarning mavjudligini belgilab beradi.

Hozirgi kunda temperamentni tadqiq etishga doir ko‘plab yondoshuvlar mavjud. Lekin bu yondoshuvlarning xilma-xilligiga qaramay, ko‘pchilik tadqiqotchilarning tan olishiga ko‘ra, temperament – bu shaxsning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanadigan biologik ustqurma, temperament asosidagi shaxs xossalari esa barqaror va davomli bo‘lib hisoblanadi.

B.M. Teplov temperamentga quyidagicha ta’rif beradi: «Temperament deb, ayni bir odam uchun xos bo‘lgan emotsional qo‘zg‘auvchanlik, ya’ni, bir tomondan, hislar paydo bo‘lishining tezligi, va ikkinchi tomondan, ularning kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan psixik xususiyatlarning yig‘indisiga aytiladi».

Temperament – bu inson faoliyati va hulq-atvorining dinamik va emotsional holatini xarakterlovchi shaxs individual xususiyatlarining yig‘indi. SHunday qilib, temperament ikki tarkibiy qism – faollik va hissiyotlilikka ega. Hulq-atvorning faolligi harakatchanlik, intiluvchanlik, tezlik, yoki, aksincha, sustlik va harakatsizlik darajasini xarakterlaydi. O‘z navbatda emotsionallik belgi (ijobiy va salbiy) modallik (shodlik, qayg‘u, qo‘rqinch, g‘azab va boshqalar)ni aniqlagan holda emotsional jarayonlar kechishini xarakterlaydi.

Qadimgi zamonlardan boshlab, temperament to‘rt xil asosiy tiplarga bo‘lingan edi, bular xolerik, sangvinik, melanxolik va flegmatik temperament turlaridir. Temperamentning bu asosiy turlari bir-biridan paydo bo‘lish dinamikasi va emotsional holatlar jadalligiga ko‘ra farqlanadi. Xolerik tipi uchun tezda paydo bo‘ladigan kuchsiz hislar, melanxolik tipi uchun – sekin-asta paydo bo‘ladigan, lekin kuchli hislar, flegmatik tipi uchun – sekin-asta paydo bo‘ladigan va kuchsiz hislar xosdir. Bundan tashqari, xolerik va sangvinik  temperamentlar uchun harakatlar tezligi, umumiy harakatchanlik va hislarning tashqi kuchli (harakatlarda, nutqda, mimikada va boshqalarda)  ifodalanishi, melanxolik va flegmatik temperamentlar uchun, aksincha, harakatlar sustligi va hislarning kuchsiz ifodalanishi xosdir.

Temperament tiplarini turmush psixologiyasi nuqtai nazaridan shunday xarakterlash mumkin: xolerik – tez, ba’zida, hatto, juda keskin, nutqda, mimika va imo-ishoralarda yaqqol ifodalanadigan kuchli tezda alangalanadigan hislarga ega, jadal emotsional ta’sirlanishga moyil odam; sangvinik – tez, harakatchan, barcha taassurotlarga emotsional javob beruvchi odam, uning hislari bevosita tashqi xulq-atvorida ifodalanadi, lekin ular kuchli emas, va bir-birini oson almashtiradi; melanxolik – emotsional kechinmalar xilma-xilligining uncha katta emasligi, lekin katta kuchga va davomiylikka egaligi bilan farq qiluvchi inson, u barchasiga ham munosabat bildirmaydi, agar bildirgudek bo‘lsa ham chuqur o‘ylaydi, o‘z hislarini u darajada namoyon qilmaydi; flegmatik – sust, mutanosib va xotirjam odam, uning emotsional ta’sirlanishi oson emas, va o‘zidan chiqarish qiyin, hislari tashqaridan deyarli namoyon bo‘lmaydi.

Lekin barcha odamlarni shu to‘rt xil asosiy temperamentlarga ko‘ra ajratish mumkin deb o‘ylash xatodir. Faqat ba’zilargina bu tiplarning sof vakillari bo‘lib hisoblanadi; ko‘pchilik odamlarda esa biz temperamentlarning aralash tiplarini kuzatamiz.

SHuni ta’kidlash lozimki, temperament insonning qobiliyatliligini va iste’dodini belgilamaydi. Ko‘zga ko‘ringan iste’dod egalaridan faoliyatning turli sohalarida turlicha temperament sohiblarini topish mumkin. Masalan, A.S. Pushkin – xolerik, A.I. Gersen – sangvinik, N.V. Gogol va V.A. Jukovskiy – melanxoliklar, I.A. Krilov va I.A. Goncharov – flegmatiklar. Ikki rus yirik sarkardalari A.V. Suvorov – xolerik, M.I. Kutuzov esa – flegmatik.

Temperamentlardan qay birining ustunligi haqidagi masalani ko‘rishga zaruriyat tug‘ilmaydi. Har bir temperament o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Xolerikning ehtirosliligi, faolligi va quvvati, sangvinikning ta’sirchanligi va shayligi, melanxolik hislarining chuqurligi va barqarorligi, flegmatikning xotirjamliligi va shoshqaloqligining mavjud emasligi  – bularning barchasi nomlari zikr etilgan temperamentlarining ijobiy tomonlari. SHu bilan birga, ularning salbiy tomonlarini ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. Sangvinik temperamenti engil tabiatlikka moyillik, hislarning etarlicha chuqur va barqaror emasligiga olib kelishi mumkin.. Xolerik temperamenti insonni cho‘rtkesar, o‘zini tiya olmaslik, muntazam «portlashlarga» moyil qilib qo‘yishi mumkin. Melanxolik temperamenti odamda o‘z kechinmalariga o‘ta berilganlik, o‘ta uyatchanlik yuzaga kelishi mumkin. Flegmatik temperamenti odamni lanj, harakatsiz, hayot taassurotlarning barchasiga befarq qilib qo‘yishi mumkin.

Temperament haqidagi ta’limotning asoschisi qadimgi yunon tabibi Gippokrat hisoblanadi, uning ta’kidlashicha, odamlar «organizmidagi suyuqliklar» nisbati bilan farqlanadilar, suyuqlik yunoncha «krasis» so‘zi bilan ifodalangan; so‘ngra lotincha temperamentum – «mutanosiblik», «to‘g‘ri o‘lchov» so‘zi bilan almashtirildi. Gippokrat ta’limotiga tayangan holda antik davr tabibi Klavdiy Galen temperamentlar tipologiyasini ishlab chiqdi, uni o‘zining «De temperamentum» qo‘l yozmasida bayon etdi. Uning ta’limotiga ko‘ra, temperament tipi organizmdagi qon, flegma, sariq va qora safro suyuqliklarining ustunligiga bog‘liq. U 13 xil temperament tiplarini ajratdi, lekin keyinchalik ularni to‘rt xilga birlashtirdi – bu sangvinik (qon), flegmatik (shilliq, balg‘am), xolerik (safro) va melanxolik (qora safro).

Keyingi asrlarda uning izdoshlari tana tuzilishi va fiziologik vazifalarining farqlari bilan mos keladigan hulq-atvorlar xilma-xilligini kuzatgan holda, ularni tartibga solishga va guruhga ajratishga harakat qildilar. Temperamentlar haqidagi ta’limotning rivojlanishiga nemis faylasufi I. Kant, nemis psixiatri E. Krechmer, amerikalik olim U. SHeldon, rus fiziologi, akademik I.P. Pavlov, rus anatomi va shifokori  P.F. Lesgaft va boshqalar o‘z hssalarin qo‘shganlar.

E. Krechmer o‘zining «Tana va xarakter tuzilishi» (1921) nomli asarida bayon qilgan temperamentlar tipologiyasini ishlab chiqdi. Uning asosiy g‘oyasi tana tuzilishining ma’lum tipiga ega bo‘lgan odamlar ma’lum psixik xususiyatlarga ega bo‘lishidan iborat edi. E. Krechmer to‘rt xil asosiy konstitutsion tiplarni ajratdi, bularga leptosomatik, piknik, atletik, displastiklarni kiritdi.

Leptosomatikka mo‘rt tana tuzilishi, baland bo‘y, yassi ko‘krak qafasi, tor elka, uzun va ozg‘in oyoq-qo‘llar xosdir. Piknikyog‘ to‘qimasi rivojlangan, o‘ta semiz, o‘rtacha yoki past bo‘yli, katta qorinli, kengayib ketgan tana va kalta bo‘yinda joylashgan dumaloq kallaga ega. Atletikmushaklari rivojlangan, kuchli tana tuzilishiga ega, baland yoki o‘rtacha bo‘yli, keng elkali, tor bo‘ksali odam. Displastikshaklsiz, noto‘g‘ri tana tuzilishiga ega bo‘lgan odam. Bu tipdagi individlar tana tuzilishining  turli nuqsonlari bilan ajralib turadilar, masalan, o‘ta baland bo‘y, mutanosib bo‘lmagan tana tuzilishi.

Ko‘rsatib o‘tilgan tiplarning tana tuzilishlari bilan E. Krechmer uch xil temperament: shizotimik, iksotimik, siklotimiklarni ajratdi. SHizotimik astenik tana tuzilishiga ega, u odamovi, kayfiyatning o‘zgarishlariga beriluvchan, qaysar, fikr va qarashlarini o‘zgartirishga moyil emas, atrofga qiyinchilik bilan moslashadi. Aksincha, iksotimik atletik tana tuzilishga ega, xotirjam, imo-ishoralari tiyilgan taassurotsiz odam, yuqori bo‘lmagan tafakkur egiluvchanligiga ega, ko‘pincha maydakash. Piknik tana tuzilishiga siklotimik ega bo‘ladi, uning hissiyotlari shodlik va g‘amginlik o‘rtasida o‘zgarib turadi, odamlar oson aloqaga kirishadi, qarashlari voqelikka mos keladi.

 Krechmer nazariyasi Evropada keng ommalashdi. AQSHda XX asrning 40-yillarida U. SHeldonning temperament konsepsiyasi keng tarqaldi. Bu konsepsiya asosini tana va temperament – bu odamning bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlari haqidagi taxmin tashkil etadi. Uning fikriga ko‘ra, tana tuzilishi  uning vazifasi bo‘lgan temperamentni belgilab beradi. SHeldon tana tuzilishining asosiy tiplari mavjudligi haqidagi gipotezadan kelib chiqib, ularni ta’riflashda embriologiya atamalaridan foydalanadi.

U uch xil tipni ajratdi: endomorf (endodermadan asosan ichki organlar hosil bo‘ladi); mezomorf (mezodermadan muskul to‘qima hosil bo‘ladi); ektomorf (ektodermadan teri va nerv to‘qimasi hosil bo‘ladi). Endomorf tipiga mansub odamlarga zaif, kuchli rivojlangan yog‘ to‘qimali tana tuzilishi, mezomorf tipiga kelishgan va mustahkam tana tuzilishi, katta jismoniy kuch xosdir, ektomorfga esamo‘rt tana tuzilishi, yassi ko‘krak qafasi va uzun ingichka kuchsiz muskulli oyoq-qo‘llar xos. Sheldon bo‘yicha, bunday tipdagi tana tuzilishlariga temperamentlarning ma’lum tiplari mos keladi, u tananing ma’lum organlari vazifalaridan kelib chiqib, quyidagicha nomladi: visserotoniya (ichki organlar), somatotoniya (tana) va serebrotoniya (miya). Ma’lum tana tuzilishining ustunligini sheldon mos ravishda visserotoniklar, somatotoniklar va serebrotoniklar deb ataydi va har bir odam xossalarning bunday  guruhlariga ega bo‘ladi deb hisoblaydi.

Hozirgi zamon psixologiyasida bunday tiplarning ko‘pchiligi inson psixik xossalrining shakllanishida muhit va ijtimoiy sharoitlarning ahamiyati to‘g‘ri baholanmaganligi sababli qattiq tanqid ostiga olinadi. Organizmda dominantlik va boshqaruvchi vazifalarni bajaradigan asab tizimi vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan konsepsiyalar jiddiy e’tiborga loyiqdir. Nerv jarayonlari ba’zi umumiy xossalarining temperament tiplari bilan aloqasi nazariyasi I.P. Pavlov tomonidan taklif etilgan edi. U tadqiqot uchun Krechmer kabi tanalar va qon tomirlarining tashqi tuzilishini (P.F. Lesgaft) emas, balki yaxlit organizmni oldi va unda bosh miyani ajratib, ilmiy izlanish ob’ekti sifatida uning xossalarini belgilab chiqdi.

Ushbu yondoshuvning afzalligi boshlang‘ich holat sifatida biologik hosilaning qo‘shimcha va ikkilamchi belgilari emas, balki inson organizmining etakchi tizimimarkaziy nerv tizimi belgilari olinganligidan iborat edi.

Pavlov tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar temperamentning fiziologik asoslarini tushunish uchun ahamiyatli bo‘lgan tajribalar sifatida baholanadi.

Temperament nazariyasining rivojlanishiga rus psixologiyasida B.M. Teplov katta hissa qo‘shdi. U temperament xossalariga psixik faoliyat dinamikasini xarakterlaydigan barqaror psixik xossalarni kiritdi. Temperamentning individual xususiyatlarini temperament u yoki bu xossalari rivojlanganlik darajasi bilan tushuntiradi. Temperamentning ahamiyatga molik xossalariga quyidagilar kiritilgan edi: juda kuchsiz tashqi va ichki ta’sirlarga javob bildirish layoqati emotsional qo‘zg‘aluvchanlik; diqqatning qo‘zg‘aluvchanligibu individ psixikasining moslashuvchi vazifasini belgilaydigan temperament xossasi, u ta’sirlovchi jadalligining juda kichik o‘zgarishlarini payqash layoqatidan iborat; emotsiyalar kuchi, uning asosiy vazifasi, Teplov fikricha, motivlarning qondirilishi yoki qondirilmasligiga bog‘liq ravishda faoliyatni quvvatlashdan iborat; xavotirlanish, Teplov fikriga ko‘ra, u tahdidli vaziyatda emotsional qo‘zg‘aluvchanlikdan iborat, Teplov odatdagi sharoitlarda xavotirlanish va emotsional qo‘zg‘aluvchanlikni ajratadi, chunki, emotsional qo‘zg‘aluvchanlik seskantiruvchi ta’sir kuchiga bog‘liq emas, xavotirlanish esa u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan; ixtiyorsiz harakatlarning reaktivligi,  ularning vazifasi ayni damda bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan vaziyat va seskantiruvchilarga nisbatan moslashuvchi reaksiyalar jadalligining oshishidan iborat; irodaviy maqsadga yo‘naltirilgan harakat faolligi, Teplov fikriga asosan, ko‘zlangan maqsadga muvofiq ravishda  vaziyatni qayta tuzish yo‘li bilan moslashuv faolligini oshirishda namoyon bo‘ladi; egiluvchanlik – rigidlik, vazifasi faoliyatning o‘zgaruvchan talablariga moslashishdan iborat; rezistentlik, vazifasi boshlangan faoliyatni bo‘shashtiruvchi yoki to‘xtatuvchi barcha ichki va tashqi sharoitlarga qarshilik ko‘rsatish layoqatidan iborat; sub’ektivlashtirish, Teplov fikricha, faoliyatning sub’ektiv obrazlar va tushunchalar yordamida darajalarini kuchaytirishdan iborat.

Temperament xossalarining yuqorida keltirilgan xarakteristikalaridan ikkita asosiy xulosa chiqarish mumkin: birinchidan,  temperament xossalari psixik jarayonlar dinamikasida va individ faolligi darajasida namoyon bo‘ladi, ikkinchidan, esa temperament faoliyat bilan uzviy bog‘langandir. Bular olimlarning keyingi tadqiqotlarida rivojlantirildi.

Mashhur psixofiziolog V.M. Rusalov asab tizimi xossalri konsepsiyasi asosida 1980 yil oxirlarida temperament xossalarining ta’rifini keltirgan. U fiziologiyaning hozirgi zamon ma’lumotlaridan foydalandi. V.M. Rusalov, P.K. Anoxinning funksional tizimlar nazariyasidan kelib chiqqan holda, to‘rtta xil blokdan iborat  –  axborotni saqlash, harakatlantirish va qayta ishlash (afferent sintez bloki), dasturlash (qaror qabul qilish), ijro qilish va teskari aloqa kabi afferent sintezning kengligi va torligiga,  hulq-atvorning bir dasturdan ikkinchisiga osonlik bilan o‘tishga, hulq-atvor joriy dasturining amalga oshish tezligi va harakat real natijasining o‘z akseptoriga mos kelmasligiga nisbatan sezuvchanligiga bog‘liq bo‘lgan temperamentning xossalarini ajratdi.

Bunga muvofiq ravishda temperamentning an’anaviy psixofiziologik baholanishi o‘zgardi va faollik bilan sezuvchanlik kabi ikki ko‘rsatkichning o‘rniga endilikda: ergiklik (chidamlilik), egiluvchanlik, tezlik va emotsionallik (sezuvchanlik) kabi to‘rt xil tarkibiy qism ajratiladi. Temperamentning bunday tarkibiy qismlarining barchasi V.M. Rusalov fikriga ko‘ra, biologik va irsiy jihatdan belgilangandir. Xuddi shunday, temperament asab tizimining xossalariga bog‘liq, ular esa o‘z navbatida, miya va umumiy asab tizimining integrativ, tahliliy va umumlashtiruvchi faoliyatini ta’minlaydigan funksional tizimlarning asosiy xususiyatlari sifatida tushunilishi lozim.

 V.M. Rusalov konsepsiyasi nuqtai nazaridan  temperament – bu psixobiologik daraja bo‘lib, uning xossalari to‘laligicha na tug‘ma,  va na muhitga bog‘liq bo‘la oladi. Ular, V.M. Rusalovning fikricha, insonning irsiy belgilangan individual biologik xossalarining «tizimli umumlashtirilishidan» iboratdir, ular «turli xildagi faoliyatlarga kirishib, asta-sekin o‘zgaradilar va faoliyatning mazmunidan qat’iy nazar, invariant xossalarning umumiylashgan, sifat jihatidan yangi, individual barqaror tizimini hosil qiladilar»[1].

Insonning jismli faoliyat va muloqotga muvofiq ravishda temperament ayrim xossalari alohida ko‘rib chiqilishi zarur, chunki, bu faoliyat turlarida ular turlicha namoyon bo‘ladilar, deb taxmin qilinadi.

Bayon etilganlarni umumlashtirgan holda, mualliflarning ko‘pchiligi temperament xossalari va ularning ifodalanishini organizmning fiziologik xususiyatlari bilan bog‘liqlikda o‘rganishlarini aytib o‘tish joiz.

XX17.3.	Temperamentning fiziologik asoslari.

asrning 20-30-yillarida I.P. Pavlov tomonidan asab tizimi tiplari haqida ta’limot ishlab chiqildi. Pavlovning tasdiqlashiga ko‘ra, hulq-atvorning individual xususiyatlari, psixik faoliyat dinamikasi asab tizimi faoliyatidagi individual farqlarga bog‘liqdir. Asab tizimi faoliyatidagi individual farqlarning esa turli xil ifodalanishlar, nerv jarayonlarining aloqasi va nisbati  – qo‘zg‘alish va tormozlanish sanaladi.

I.P. Pavlov asab tizimining uch asosiy xossasini ajratdi, bular qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi, mutanosibligi va harakatchanligidir.

Asab tizimining kuchi – tipning eng muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, po‘stloq hujayralarining ishchanligi, ularning chidamliligi bu xossaga bog‘liq. Asab tizimining harakatchanligi – bu bir jarayonnining ikkinchisi bilan almashish tezligi. U sharoitlarning kutilmagan va keskin o‘zgarishlariga nisbatan moslashishni ta’minlaydi.  Nerv jarayonlarining mutanosibligi haqida so‘z yuritib, I.P. Pavlov qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining ma’lum muvozanatini ko‘zda tutgan edi. Bu jarayonlar bir-biri bilan kuchi bo‘yicha muvozanatlashgan, yoki muvozanatlashmagan bo‘ladi. Bu jarayonlardan birining kuchi ikkinchisidan oshib ketsa, inson mutanosiblikdan chiqadi.

I.P. Pavlov tomonidan ajratilgan nerv jarayonlarining xossalari, uning fikriga ko‘ra, Oliy Nerv Faoliyati tipini hosil qiluvchi ma’lum tizimlar, kombinatsiyalarni tashkil etadilar.  Asab tizimining tipi bu uning tabiiy, tug‘ma xossasi bo‘lib, hayot va faoliyat sharoitlari ta’sirida juda oz darajada o‘zgarishi mumkin. Bu tip individga xos bo‘lgan Asab tizimining asosiy xossalari yig‘indisi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari nisbatining  kuchi, mutanosibligi va harakatchanligidan tarkib topadi. Asab tizimining bu xossalari temperamentning fiziologik asosini tashkil qiladi.

Asab tizimining Pavlov tomonidan ajratilgan tiplari faqat miqdor jihatdan emas, balki, asosiy xususiyatlari bilan ham temperamentning to‘rt xil tipi: ATning kuchli, mutanosib, harakatchan tipi sangvinik; kuchli, mutanosib, harakatsiz tipflegmatik; kuchli, qo‘zg‘alishi ustun bo‘lgan nomutanosib, o‘ta harakatchan tip – xolerik; kuchsiz, nomutanosib va rigid tipmelanxoliklarga mos keladi.

Psixika dinamikasidagi farqlarga AT tipi xossalari tomonidan yondoshuv temperamentning fiziologik asoslarini o‘rganishda yangi bosqichga asos soldi. B.M. Teplov, V.D. Nebûlitsûn kabi psixologlarning ishlarida inson oliy nerv faoliyati tiplari xossalari haqidagi tasavvurlar aniqlashtirildi va boyitildi. AT labilligi va dinamikligi kabi yangi xossalari aniqlandi.

AT labilligi nerv jarayonlarining paydo bo‘lish va yakunlanish tezligida namoyon bo‘ladi.

Nerv jarayonlarining dinamikligining mohiyatini ijobiy (qo‘zg‘alishning dinamikligi)  va tormozli (tormozlanishining dinamikligi)  shartli reflekslar hosil bo‘lish osonligi va tezligi tashkil etadi.

        Hozirgi zamon fani temperament bo‘yicha individual farqlarning sabablarini miya, uning po‘stlog‘i va po‘stloq ostining, aynan, funksional xususiyatlarida ko‘radi ( V.S. Merlin, YA. Strelyau va boshqalar).

          Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarning qonuniy, zaruriy o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o‘zaro bog‘liqligi quyidagicha aks etishi mumkin.

1.     Senzitivlik (lotincha Sensus – sezish, his qilish degan ma’no anglatadi). Senzitivlik yuzasidan insonda birorta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo‘lishi uchun kerak qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi.

2.     Reaktivlik. Bu to‘g‘rida aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional reaksiya qilishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro‘yobga chiqishi-emotsionallik, ta’sirlanuvchanlikda ifodalanishidir.

3.     Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishda ob’ektiv hamda sub’ektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan engishga qarab fikr yuritiladi.

4.     Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabati. Odamning faoliyati ko‘p jihatdan nimaga bog‘liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlariga ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi.

5.     Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning kechish tezligiga, nutq sur’atiga, farosatliligiga, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi.

6.     Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib qolganlik), shaxsning o‘zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik engillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligiga (rigidligi qotib qolganligicha) nisbatan baho berishdan iboratdir.

7.     Ekstravertlik va introvertlik. SHaxsning faoliyati va reaksiyasi ko‘p jihatdan kechinmalarga bog‘liq, chunonchi favqulotdagi tashqi taassurotlarga (ekstravertlik) yoki aksincha, timsollarga, tasavvurlarga (introvertlik) taalluqligiga asoslangan holda munosabat ifodasidir.

           Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo‘lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi.

           Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug‘lik qo‘zg‘ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va ishchan, darslarda tez-tez qo‘l ko‘tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g‘ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o‘z hissiyotlarining namoyon bo‘lishini va o‘zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to‘playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o‘zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. YAngi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko‘cha oladi. Malakalarni tez o‘zlashtiradi va tez qayta o‘zgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. O‘tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashqi taassurotlarga javob beradi.

           Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun u tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qo‘proq qotib qolgan. SHuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo‘r qatiylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi, ammo unga qiziqsa.

           Flegmatik – senzitivligi sust, hissiy qo‘zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G‘ayrati  ishchanligi bilan ajralib turadi. YUksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. CHidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. YAngi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. YAngi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.

           Melanxolik – yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega.

Shunday qilib, temperament individning tabiiy belgilangan psixik xususiyatlarining individual o‘ziga xos yig‘indisidir. bu xususiyatlarga umumiy nerv-psixik faollikning jadallligi, zo‘riqqanligi, ta’sirlanish va harakatlarning maromi, individning motorli, aqliy va kommunikativ sohasida namoyon bo‘ladigan xususiyatlarning kuchayishi va susayishi; sub’ekt emotsional tuzilishining qo‘zg‘aluvchanligi, reaktivligi, barqarorligi, hissiyotlarning nazorat qilinishi kiradi. Temperament faqat faoliyat va hulq-atvor usullarining dinamik xususiyatlarini belgilaydi.

17.4.	Psixologiyada xarakter muammosi. Xarakter aksentuatsiyasi.


Har bir odam har qanday boshqa odamdan o‘zining individual psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter muammosiga qaratiladi. “Xarakter” so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “ tamg‘a, belgi “ degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday shaxs o‘zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan  ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi. SHu boisdan insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib bo‘lmaydi. CHunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko‘rishning o‘tkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir.

       Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog‘liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo‘luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. SHaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.

Xarakterning asosiy xususiyati uning doimo faoliyatda, insonning atrof-olam va odamlarga munosabatida namoyon bo‘lishidan iborat. Inson xarakterini aniqlashda o‘sha odamning jasurlik, vijdoniylik, samimiylik namoyon qilganini emas, balki, bu odam jasur, to‘g‘riso‘z, samimiy inson deb aytiladi, ya’ni, inson xarakterining xususiyatlari insonning o‘ziga tegishli bo‘ladi. Lekin barcha xususiyatlarni ham insonga xos deb bo‘lmaydi, ular ahamiyatga molik va barqaror bo‘lishi lozim.

Xarakter – bu insonning  o‘ziga xos asosi, o‘zagi. Xarakterda fokusdagi kabi insonning faoliyat, muloqot va bilish sub’ekti sifatida eng ahamiyatli xususiyatlar jamlanadi. Xarakter hayot davomida tarkib topib boradi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.

Xarakter odam ko‘zlagan maqsadi va uni amalga oshirish vositasi yoki usullarida hulq-atvor mazmuni va shaklida ifodalanishi mumkin.

SHakllanishi, rivojlanishi va vazifa bajarishida inson xarakteri temperament bilan uzviy bog‘langan. Fanda xarakter va temperament o‘zaro munosabatlariga doir hukmron nuqtai nazarlardan to‘rt xil asosiysi: xarakter va temperamentning o‘xshatilishi (E. Krechmer, A. Rujitskiy); xarakter va temperamentni qiyoslash, ular o‘rtasidagi qarama-qarshilikni ta’kidlash  (P. Viktorov, V. Virenius); temperamentni xarakterning elementi, mag‘zi, o‘zgarmas qismi sifatida tan olish (S.L. Rubinshteyn, S. Gorodetskiy); temperamentni xarakterning tabiiy asosida sifatida qabul qilish (L.S. Vigotskiy, B.G. Ananev) kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Xarakter va temperament uchun umumiy bo‘lgan xususiyat sifatida odam fiziologik xususiyatlari va birinchi galda, asab tizimi tipiga bog‘liqlik hisoblanadi. Temperament xarakterdagi hulq-atvor mutanosibligi yoki nomutanosibligi, ta’sirlanishning harakatchanligi yoki sustligi va h.k.lar kabi qirralarni belgilaydi. Lekin temperament xarakterni oldindan belgilab bermaydi. Temperamentning bir xil xossalariga ega bo‘lgan odamlarning xarakterlari umuman turlicha bo‘lishi mumkin. Temperament xususiyatlari xarakterning u yoki bu qirralarining shakllanishiga yordam berishi yoki qarshilik ko‘rsatishi mumkin.

Xarkter qirralari deganda insonning umumiy sharoitlardagi hulq-atvorini aniqlovchi psixik xossalar tushuniladi. Jasurlik yoki qo‘rqoqlik xavfli vaziyatlarda namoyon bo‘ladi, muloqotchanlik yoki odamovilik muloqot vaziyatida, xotirjamlik yoki dovdirash –  stress vaziyatlarida namoyon bo‘ladi.

Xarakterning alohida xossalari bir-biriga bog‘liq va ular xarakter tuzilishi  deb ataladigan yaxlit hosilani tashkil etadi. Xarakter tuzilishida qirralarning ikki xil guruhini ajratadilar. Birinchi vaziyatda xarakterning barcha qirralarni psixik jarayonlar bilan bog‘liqligi uchun iroda, emotsional va aqliy qirralarni ajratadilar.

Xarakterning irodaviy qirralarihulq-atvor va faoliyatni ongli, tushunchaviy-vositali boshqarishning barqaror individual-tipologik xususiyatlari. Xarakterning irodaviy qirralari insonning qiyinchiliklarni engish bilan bog‘liq faoliyatini ongli boshqarish malakasi va bunga shayligini, hulq-atvorni ma’lum tamoyillar va vazifalarga muvofiq ravishda yo‘naltirishni belgilaydilar. Xarakterning irodaviy qirralariga maqsadga yo‘nalganlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, dadillik, o‘zini tuta bilish, jasurlik, matonat, intizomlilik, sabr va x.k.lar kiradi. Iroda sifatlarining turli xillari  shaxs xarakterining iroda tuzilishini belgilaydi . Iroda tuzilishining asosiy xususiyatlariga  xarakterning yaxlitligi – turli vaziyatlarda qarashlar va fikrlarning barqarorligi, so‘z va xarakat birligi; xarakterning kuchi – insonning xarakatchanligi, davomli zo‘riqish vaziyatlarida qiyinchiliklarni engishi;  xarakter mustahkamligi – xarakter kuchining asoslaganlik bilan birligi; vazminlik – faollik va bosiqlikning qulay nisbati, hulq-atvorning bir tekisdaligi, o‘z imkoniyatlarini turli sharoitlarda qo‘llash kiradi.

Xarakterning emotsional qirralari – xarakatning bevosita,  o‘z-o‘zidan  boshqarilishning barqaror individual-tipologik xususiyatlari. Xarakterning emotsional qirralari xaqida so‘z yuritganda qo‘zg‘alish ko‘rsatkichi, insonning real xodisalarga, nimani yoqtirish va yoqtirmasligi, befarqligi, ustunlik qiluvchi kayfiyat ko‘zda tutiladi. Eng muhim emotsional xususiyat insonning ustunlik qiluvchi kayfiyati, uning emotsional barqarorligi hisoblanadi. Hissiyotlar bilan bir qatorda shaxs xarakterining qirralari sezgilarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Barqaror sezgilar kengligi va chuqurligi, voqeiyligi, aqliy va irodaviy soha bilan uyg‘unligi – shaxsning muhim xarakterologik xususiyati hisoblanadi. Xarakterning emotsional qirralariga: shiddatlilik, ta’sirchanilik, qiziqqonlik, faoliyatsizlik, befarqlik, hozirjavoblik va boshqalar kiradi.

Xarakterning intellektual qirralari aqliy qobiliyatlarning barqaror individualtipologik xususiyatlari.   Xarakterning intellektual qirralari xaqida so‘z yuritganda,  avvalambor,  aqlning tarkib topgan sifati ko‘zda tutiladi. Intellektual sifatlar bo‘yicha nazariy yoki amaliy aql egalari, aql egiluvchanligi va chuqurligining turli darajalari, tafakkur jarayonlari kechishining tezligi, tajriba elementlarining ijodiy o‘zgarishiga, qobilyatning turli–tumanligiga, yangi muammolarni tuzish va hal etish mustaqilligiga ko‘ra farqlanadilar. Xarakterning intellektual qirralariga qiziquvchanlik, mulohazalilik, sinchkovlik va boshqalar kiradi.

Boshqa vaziyatda xarakter qirralari shaxs yo‘nalganligiga muvofiq ravishda ko‘rib chiqiladi. SHaxs yo‘nalganligining mazmuni odamlarga, faoliyatga, atrof-olam va o‘ziga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Xuddi shunday, insonning atrof-olamga munosabati yoki ma’lum mulohazalar mavjudligida, dunyoni sezish va bilishda, tamoyillarning mavjud emasligida namoyon bo‘ladi. Insonning jamiyatga, boshqa odamlarga munosabatini shaxs sifati va inson xarakteri, uning axloqiyligini belgilab beradi. Boshqa odamlarga nisbatan munosabatlar tizimi to‘rt xil asosiy chizmada birlashadi: «Men yaxshiman va barcha odamlar yaxshi»  – yaxlit-yo‘nalishli chizma, xayrixohligi, yuqori ijtimoiy kommunikativlik, xushchaqchaqlik, mutanosib o‘zini baholash va xuddi shu darajadagi intilishlar, qiyin vaziyatlarda psixikasining barqarorligi bilan ajralib turuvchi ijtimoiy-moslashgan shaxslarga xos. «Men yomonman, barcha boshqa odamlar esa yaxshi» - o‘zini past baholovchi va past darajadagi intilishlarga ega, qat’iyatsiz, o‘z imkoniyatlaridan doimo shubhalanadigan, qiyin vaziyatlarda psixik beqarorlikni namoyon qiladigan, ijtimoiy  aloqalarni o‘rnatishga qiynaladigan odamlarga xos bo‘lgan hayot chizmasi. «Men yaxshiman, barcha boshqa odamlar esa yomon» - intilishlarning ortiqcha darajasiga ega va o‘zini yuqori baholaydigan odamlarga xos chizma. Ularga takabburlik, xudbinlik, shafqatsizlikka o‘tuvchi qat’iyatlilik, o‘ziga alohida harakatlar huquqini o‘zlashtirish xos bo‘ladi. «Men yomonman va barcha odamlar ham yomon» - hayotdan faqat yomonlik kutib yashaydigan tuzalmas pessimistlarning nuqtai nazari.

Insonning mehnatga va boshqa faoliyat turlariga munosabati mehnatsevarlik, ishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, vijdonan bajarish va boshqalarni belgilab beradi. Ushbu guruhning salbiy sifatlariga ishyoqmaslik, tanballik, darbadarlik va boshqalar kiradi.

Narsalarga inson mehnatining mahsuli sifatida munosabat bildirish  puxtalik, tejamkorlik va boshqalarda, salbiy sifatlar – g‘arazgo‘ylik,  xasislik, cheksiz manfaatdorlik, mezonlarga,  «dabdabali hayotga» to‘xtovsiz havasdir.

Har bir odamda o‘ziga nisbatan munosabati – «Men-konsepsiya»siga intilish mavjud. Haqiqiy «Men» obrazi bir qator tarkibiy qismlar: kognitiv – tashqi ko‘rinish obrazi, ahloqiy sifatlar, psixik xususiyatlar, ijtimoiy ahamiyatlilik; emotsional – o‘ziga hurmat, o‘zidan mamnunlik, o‘zini tahqirlash va boshqalar; davo-irodaviy – o‘zini tasdiqlash tilagi, boshqa idividlar tomonidan afzalliklarining tan olinishidan iborat.

Inson shaxsining barcha qirralarini shartli ravishda motivatsion va instrumental turlariga bo‘linishi mumkin. Motivatsion qirralar faoliyatni qo‘zg‘atadi va yo‘naltiradi, instrumental esa unga ma’lum uslub beradi. Xarakter shaxsning motivatsion qirrasi kabi  faoliyat maqsadini tanlashda namoyon bo‘ladi. Lekin, maqsad aniqlab olinganda, xarakter instrumental vazifasida namoyon bo‘ladi, ya’ni, ko‘zlangan maqsadga erishish vositalarini belgilab beradi.

Xarakter shaxs namoyon bo‘lishining asosiy ifodalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun shaxs qirralarini xarakter qirralari sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bunday qirralarga, birinchi navbatda, shaxs xossalarining faoliyat maqsadini tanlashni belgilaydiganlarni keltirish lozim. Bularga muvofiqlik, tejamkorlik yoki ularga qarama-qarshi bo‘lgan sifatlar kiradi. Ikkinchidan, xarakter tarkibiga ko‘zlangan maqsadlarga erishishga qaratilgan faoliyatda namoyon bo‘ladigan qat’iyatlilik, maqsadga yo‘nalganlik, izchillik kabi qirralar kiritiladi. Uchinchidan, xarakter tuzilishiga temperament bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan instrumental qirralar, masalan,  ekstraversiya – introversiya, xotirjamlikxavotirlanish, vazminlik – impulsivlik, ta’sirchanlik – rigidlik va boshqalar kiradi.

Xarakterlar tipologiyasi ma’lum tipik qirralarning mavjudligida tarkib topadi. Xarakterning tipik ifodalari va qirralari deb, odamlarning ba’zi guruhlari uchun umumiy ko‘rgazmali bo‘lgan xarakter qirralari va ifodalariga aytiladi. Bunga muvofiq ravishda xarakter tipi deganda odamlarning ba’zi guruhi uchun umumiy bo‘lgan individual xarakter qirralaridagi ifodasi tushuniladi. Inson xarakterlarining barcha tipologiyalari quyidagi umumiy g‘oyalardan kelib chiqadi: a) inson xarakteri ontogenezda nisbatan erta rivojlanadi va hayotning qolgan qismi davomida o‘zini u yoki bu darajada barqaror shaxs tuzilishi sifatida namoyon qiladi; b) xarakter tarkibidagi shaxs qirralarining birikmasi tasodifiy bo‘lmaydi; v) ko‘pchilik odamlar xarakterining asosiy qirralari muvofiq ravishda guruhlarga bo‘linishi mumkin.

Xarakter tipologiyalarining yaratilishi har doim ham ilmiy metodlarga tayangan holda amalga oshirilmagan. Tipologiyalar yaratishning usullaridan biri inson xarakteri va harakatlarini uning tug‘ilgan sanasi orqali tushuntirib berishdir. Bu tamoyil bo‘yicha inson taqdiri va  xarakterini bashorat qilishning turli-tuman usullari munajjimlar bashorati nomini olgan.

Xarakterni tadqiq qilishga fiziognomikainsonning tashqi ko‘rinishi va uning ma’lum shaxs tipiga mansubligi o‘rtasidagi aloqa haqidagi ta’limot ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu ta’limotning asosiy g‘oyasi tashqi belgilarga asoslangan holda u yoki bu tipga mansub bo‘lgan insonning psixologik xarakteristikasini aniqlash mumkinligi taxminlaridan iborat. Inson xarakterini bilishning asosiy yo‘li bosh tuzilishi, kalla qutisining shakli, mimikasini o‘rganish deb hisoblagan I.K. Lafaterning fiziognomik tizimi keng ommalashgan edi.

Xarakterologiyaning alohida yo‘nalishi sifatida inson individual xususiyatlarini uning tana holati bo‘yicha aniqlashga asoslangan yondoshuvni ajratish mumkin. Ba’zi psixologlarning fikriga ko‘ra, inson tana holati, yurish-turishi, o‘tirishi va qay holatda uyquga ketishi bo‘yicha inson xarakterini ochib berish mumkin.

Fiziognomikadan tashqari,  xiromantiya (yunonchadan qo‘l – fol ochish) ham qiziqarli tarixga ega. Xiromantiya – bu inson xarakteri qirralari va taqdirini qo‘l kaftining teri relefi bo‘yicha bashorat qilish tizimi. Ilmiy psixologiya xiromantiyani inkor etadi, lekin, barmoqlardagi chiziqlarni o‘rganish irsiyat bilan bog‘liq bo‘lgan yangi sohadermatoglifikaning paydo bo‘lishiga turtki berdi. Tadqiqotlar jarayonida har bir odam kaft chiziqlarning shakllanishi miyaning rivojlanishi kabi ona qornidagi rivojlanishning 3-4 oyida sodir bo‘ladi, bu jarayonga ota-ona irsiy belgilari yoki homilaning xromosoma nuqsonlari bir xilda ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun barmoqlar chiziqlarini organizmning anatomik yoki fiziologik xususiyat sifatida o‘rganish lozim,  dermatoglifika esa xarakterologiyaning asosiy yo‘nalishlari qatoridan joy olishi mumkin.

Xarakter tipologiyasining quyidagi asosiy turlarini aytib o‘tish mumkin: inson xarakteri xususiyatlarini insonning tashqi ko‘rinishi, tana tuzilishi, gabitus bilan bog‘lovchi konstitutsion nazariyalar (e. Krechmer, rostan, lombrozo, u. Sheldon va boshqalar); xarakter xususiyatlarini uning  aksentuatsiyasipsixikaning psixopatiya quyi chegarasi bo‘lib hisoblanadigan  xarakterning alohida qirralari va ular yig‘indisining o‘ta ifodalanganligi bilan bog‘lovchi aksentual nazariyalar (k. Leongard, a.e. lichko va boshqalar); shaxsning etakchi yo‘nalganligi bo‘yicha nazariyalar (e. Shpranger, m.i. enikeev); shaxsning ijtimoiy muhitga moslashishning umumiy usuli bo‘yicha nazariyalar (m. Enikeev); insonning hayotga, jamiyatga, ma’naviy qadriyatlarga munosabati asosidagi xarakterlarning ijtimoiy tipologiyasi (e. Fromm);  ekstraversiya-introversiya (k. Yung) bo‘yicha nazariyalar shular jumlasidandir.

        «aksentuatsiya» tushunchasi psixologiyaga k. Leongard tomonidan kiritilgan edi. Xarakter aksentuatsiyasi xarakter alohida xossalarining boshqalarga ziyon  keltirish hisobiga ortiqcha rivojlanishi, buning natijasida atrofdagilar bilan o‘zaro aloqalar yomonlashadi.  Leongardning fikriga ko‘ra, shaxs aksentuatsiyasi, avvalambor, boshqa odamlar bilan muloqotda namoyon bo‘ladi.  Shuning uchun, muloqot uslublarini baholashda aksentuatsiyaning ma’lum tiplarini ajratish mumkin. K. Leongard quyidagi tiplarni keltiradi:

1. Gipertim tip o‘ta muloqotchanligi, sergapligi, imo-ishoralar, mimika va pantomimikaning kuchli ifodalanganligi bilan xarakterlanadi. Bunday odamda suhbatning boshlang‘ich mavzusidan chetlashishi kuzatiladi. Xizmat va oiladagi vazifalariga etarlicha jiddiy e’tibor bermasligi vajidan  atrofdagilar bilan tasodifiy nizolar sodir bo‘lib turadi. Bu tipdagi odamlar ko‘p hollarda nizolar tashabbuskori bo‘lib chiqadilar, lekin atrofdagilardan bu haqda tanbeh eshitsalar, hafa bo‘ladilar. Ushbu tip odamlarining ijobiy sifatlaridan chaqqonlik, faoliyatga chanqoqlik, ruhiy ko‘tarinkilik, tashabbuskorlik kabilarni keltirish mumkin. Shu bilan birga, ular ba’zi bir yoqimsiz qirralar: engil tabiatlilik, ahloqsiz harakatlarga moyillik, o‘ta ta’sirchanlik, xomxayollik, o‘z vazifalariga etarlicha jiddiy yondoshmaslik kabilarga ega. Ular qat’iy intizom, zerikarli faoliyat majburiy yolg‘izlik sharoitlariga qiyin moslashadilar.

2. Distim tipbu tip past muloqotchanlik, kamgaplik, ustun tushkunlik kayfiyati bilan xarakterlanadi. Bunday odamlar, odatda, uydan chiqmaydilar, shovqindan qiynaladilar, nizolarga qo‘shilmaydilar, odamovilik turmush tarzini kechiradilar. Ular do‘stlarini qadrlaydilar va ularga bo‘ysunishga tayyor bo‘ladilar. Ushbu tip odamlarining ijobiy sifatlaridan: jiddiylik, vijdoniylik, haqgo‘ylik kabilarni keltirish mumkin. Lekin ularda yoqimsiz sifatlar ham mavjud, bulardan: sustlik, tafakkurning sekinlashganligi, harakatlarining qovushmaganligi, individuallikdir.

3. Sikloid tipularga kayfiyatning davriy ravishda tez-tez o‘zgarib turishi xosdir, buning natijasida atrofdagi odamlar bilan muloqot tarzi ham o‘zgarib turadi. Ko‘tarinki kayfiyat davrida bunday odamlar kirishimli, ruhiy tushkunlik davrida odamovilik kabi qirralarga ega bo‘ladilar. Ruhiy ko‘tarinkilik davrida ular o‘zlarini gipertim aksentuatsiyasi xarakterli odamlar kabi, tushkunlik davrida distim aksentuatsiyali odamlar kabi tutadilar.

4. Qo‘zg‘aluvchan tipularga past muloqotchanlik, verbal va noverbal ta’sirlanishning sustligi xos. Ko‘p hollarda bunday odamlar mijg‘ov va badqovoq, qo‘pollik va koyishga, nizolar chiqarishga moyildirlar, bunda o‘zlari faollik ko‘rsatadilar. Ular jamoa bilan chiqishmaydilar, oilada xukumronlik qiladilar. Emotsional xotirjamlik xolatda ushbu tipdagi odamlar vijdonli,  puxta,  xayvonlar va yosh bolalarni yaxshi ko‘radilar. Lekin emotsional qo‘zg‘alishda ta’sirchan, jizzaki bo‘lib, o‘z xarakatlarini yaxshi nazorat qila olmaydilar.

5. Suqiluvchi tip – ularga o‘rtacha muloqotchanlik, mijg‘ovlik, nasihatgo‘ylikka moyillik, kamgaplik xosdir. Nizolarda bunday odam, odatda, tashabbuskor, faol tomon sifatida namoyon bo‘ladi. U qo‘l urgan har bir ishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga intiladi, o‘ziga o‘ta talabchan, ijtimoiy adolatga alohida sezgir, shu bilan birga, jizzaki, salga ranjiydigan, shubhalanuvchi, qasoskor; ba’zida o‘ta o‘ziga ishongan, izzattalab, rashkchi,  yaqinlari va ishdagi qo‘l ostidagilarga nisbatan o‘ta talabchan.

6. Rasmiyatchi tipbunday tipdagi odam nizolarga bormaydi, sust tarafni egallaydi. Xizmatda rasmiyatchi, atrofdagilarga ko‘plab rasmiy talablar qo‘yadi. Shu bilan birga, u bajonudil liderlikda boshqalarga yon beradi. Ba’zan u yaqinlarining ozodagarchiligiga katta talab qo‘yadi. Uning ijobiy qirralari: vijdoniylik, puxtalik, jiddiylik, ishdagi ishonchlilik, yoqimsiz va nizolarni keltirib chiqaradigan qirralari esarasmiyatchilik, mijg‘ovlik, hadeb noliyverish hisoblanadi.

7. Xavotirli  tipbunday tipdagi odamlarga muloqotga kirishuvchanlikning past bo‘lishi, jur’atsizlik, qat’iyatsizlik, tushkun kayfiyat xosdir. Ular atrofdagilar bilan nizolikka bormaydilar, bunda sust o‘rinni egallaydilar, bunday vaziyatlarda tayanch izlaydilar. Ular quyidagi ijobiy qirralarga ega: samimiylik, o‘zini tanqid qilish, ishchanlik. O‘zining himoyasizligi oqibatida, shuningdek, ko‘p hollarda boshqalarning gunohiga javobgar, masxara bo‘lib qoladilar.

8. Emotiv tipbunday odamlar yaxshi aloqalar o‘rnatilgan saralanganlar tor doirasidagi muloqotni afzal ko‘radilar. Sust tarafni egallagan holda nizolarga bormaydilar. Hafagarchiliklarini ichlariga yutadilar. Yoqimli qirralari: mehribonlik, hamdardlik, kuchli mas’uliyat hissi, ishchanlik. Yoqimsiz qirralari: o‘ta ta’sirchanlik, yig‘loqilik.

9. Namoyishkor tip – aksentuatsiyaning bu tipi aloqalarni oson o‘rnatishi, liderlikka intiluvchanlik, hukmronlik va maqtovlarga chanqoqligi bilan xarakterlanadi. Ushbu tipga mansub odamlar o‘ziga o‘ta ishonganligi va intilishlarining yuksakligi bilan atrofdagilarning g‘ashiga tegadi, muntazam ravishda nizolarni keltirib chiqaradilar, lekin o‘zlari faol himoyalanadilar. Ular sertakalluflik, ustalik, boshqalarni orqasidan ergashtirish, tafakkur va harakatlarning o‘ziga xosligi kabi ijobiy sifatlarga ega. Salbiy qirralari: xudbinlik, riyokorlik, maqtanchoqlik, ishyoqmaslikdir.

10. O‘ta hayajonli tip–bunday odamlarga yuqori muloqotchanlik, sergaplik, oshiqlik xosdir. Ular ko‘p bahslashadilar. Lekin nizogacha olib bormaydilar. Nizoli vaziyatlarda ham faol, ham sust holatda bo‘ladilar. Shu bilan birga, bunday tipdagi odamlar do‘stlari va yaqinlariga e’tiborli va sadoqatli bo‘ladilar. Ular altruistlikka moyil, ularga hamdardlik hissi, yaxshi did xos bo‘lib, sezgilarning yorqinligi va samimiyligini namoyon qiladilar. Yoqimsiz qirralari: vahimachilik, vaqtinchalik kayfiyatga berilganlik kabilardir.

11. Ekstravert  tip – bunday odamlar yuqori muloqotchanlik bilan ajralib turadilar, ularning do‘stlari, tanishlari ko‘p, ular sergap, istalgan ma’lumotni qabul qiladilar, ayrim holatlarda atrofdagilar bilan nizolarga boradilar, bunda, odatda, sust tarafda bo‘ladilar. Do‘stlar bilan muloqotda, ishda va oiladagi ko‘p holatlarda liderlikda boshqalarga yon bosadilar, bo‘ysunishni va chetda turishni afzal ko‘radilar. Boshqalarni tinglay olishga shaylik, iltimoslarni bajarish, ishchanlik kabi yoqimli qirralarga egadirlar. Yoqimsiz qirralari: ta’sirlarga beriluvchanlik, engil tabiatlilik, o‘ylamasdan harakat qilish, ko‘ngilochar qiziqishlarga, gap-so‘z va mish-mishlarni tarqatishda ishtirok etishga ishtiyoqmandlik.

12. Introvert tip – ular past muloqotchanlik, odamovilik, voqelikdan uzilganlik, falsafa so‘qishga moyillik bilan xarakterlanadi. Bunday odamlarni yolg‘izlikni xush ko‘radilar; atrofdagilar bilan shaxsiy hayotlariga takallufsizlik bilan aralashish holatlaridagina nizolarga borishlari mumkin. Ular ko‘pincha odamlarga nisbatan  kuchsiz bog‘langan emotsional sovuqqon odamlardir. Vazminlik, qat’iy e’tiqodlilik kabi ijobiy qirralarga egadirlar. Salbiy qirralari ham mavjud – qaysarlik, tafakkur rigidligi, o‘z g‘oyalarini qat’iy ravishda himoya qilish hisoblanadi.

Keyinchalik a.e. lichko o‘smirlar  aksentuatsiyalarini ta’riflash asosida xarakterlar tasnifini taklif etdi.

M.i. enikeev shaxs muhitga moslashishining umumiy usuli asosida xarakterning quyidagi tiplarini keltiradi:

1. Uyg‘unlashgan yaxlit tip – munosabatlarning barqarorligi va, shu bilan birga, atrof-muhitga yuqori moslashganlik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odamda ichki nizolar bo‘lmaydi, uning tilaklari bajarayotgan ishi bilan mos tushadi. Bu muloqotchan, irodali, e’tiqodli odam.

2. Ichki nizoli, lekin tashqaridan muhit bilan uyg‘unlashgan tip – ichki intilishlar va, muhit talablariga mos ravishda katta zo‘riqish bilan amalga oshiriladigan, tashqi hulq-atvor o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odam ixtiyorsiz harakatlarga moyil, lekin ular doimo iroda kuchi tomonidan tutib qolinadi. Munosabatlari tizimi barqaror, lekin kommunikativ xossalari etarlicha rivojlanmagan. Bu har kungi kurashdan voz kechgan oqil kuzatuvchi tipidir.

3. Moslashganligi kuchsiz nizoli tip – emotsional va ijtimoiy vazifalar, impulsivlik, salbiy xissiyotlarning ustunligi, kommunikativ xossalarning rivojlanmaganligi, o‘zini anglashning etarlicha tarkib topmaganligi o‘rtasidagi kelishmovchilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odamlarning hayotidagi voqealar soddalashtirilgan chizma bo‘yicha sodir bo‘ladi: o‘zgaruvchan extiyojlari ularning shaxsiy fikrlari bo‘yicha qiyinchiliklarsiz darhol qondirilishi kerak. Bunday odamlar hayotiy faoliyatning asosiy mexanizmi –  zavqlanish (gedonizm). Bunday tipdagi odamlar barcha og‘ir vaziyatlarni keskin kelishmovchilik sifatida idrok qiladilar va anglanmagan psixologik soxta himoya – voqealikni buzib aks ettirilishi (injiqliklar, qaysarlik, mevasiz orzular va shirin xayyollar olamiga g‘arq bo‘lish) ga murojaat qiladilar.    

4. Xarakterning variativ tipi  – muhitga tashqi baqaror nuqtai nazar orqali moslashadigan; shaxs rivojlanishining quyi darajasi, xulq-atvor barqaror umumiy usulining mavjud emasligi xaqida dalolat beradi. Bunday tipdagi odamlar ichki olamining soddaligi bilan farqlanadi; ularning yashash uchun kurashi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha amalga oshiriladi, ular shubhalanish va ikkilanishlarni namoyon qilmaydilar, alohida ichki chegaralarga ega emas, ularga to‘siqlarning faqat tashqi turi ma’lum. Ichki olamni tashqi sharoitlarga moslashtirish, to‘g‘rilash, monandlash – bunday odamlar moslashishining umumiy usullari shulardan iborat.

Xarakterlar tipologiyasining asosini shaxsning etakchi yo‘nalganligi ham tashkil etishi mumkin. Mashxur nemis faylasufi va psixologi eduard  shpranger shaxsning etakchi yo‘nalganligi bo‘yicha quyidagi tiplarni keltiradi:

1. Ilmiy odam. Faqat yagona ehtiros – tushuntirishga, aloqalarni o‘rnatishga, nazariy bilimlarni ishlab chiqishga olib boruvchi ehtirosga egadir. Uning kechinmalari voqeiy hayotdan uzilgan bo‘lib, bilish imkoniyatining mavjud emasligidan tushkunlikka tushishi, nazariy kashfiyotdan zavqlanishi mumkin. Unga faqat bilish metodlarining sofligi – qanday bo‘lsada, haqiqatga erishish qadrliroqdir.

2. Iqtisodchi odam. Bu, albatta, ishlab chiqarish bilan bog‘liq odam bo‘lishi shart emas. Eng asosiysi, shaxs turli sohalari va turmush tarzini belgilab beruvchi bosh motiv sifatida foydalilik motivining mavjudligidir. Barcha hayotiy aloqalarda bunday odam foyda chiqishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. U maksimal darajada foyda olish uchun xom ashyo, kuch va vaqtni tejay oladi. Bunday odamni ishbilarmon odam deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi.

3. Estetik didli odam. Sof estetik hulq-atvorga hirs qo‘yish xos emas. Olam bilan bevosita aloqada bo‘lish doimo og‘riqli kechadi, bu yashash uchun kurash bilan bog‘liq. Lekin boshqa olam borki, bunda og‘riq quvonch kabi shirin, azob tortish shodlanish kabi ilohiylashgandir: bu fantaziya olami. Estetik tipni ko‘rib chiqishda moddiy asar yaratuvchi san’at arboblari emas, balki o‘zini yaratuvchi, estetik tipli ichki tuzilishiga ega bo‘lgan odamlar ko‘zda tutiladi.

4. Ijtimoiy odam. Ijtimoiy deb atalgan alohida hayot shakli o‘zgalar manfaati yo‘lida o‘zidan voz kechish ehtiyoji etakchi hayotiy ehtiyojga aylanganida yuzaga keladi.

O‘zining yuksak ifodasida ijtimoiy yo‘nalganlik mehr-muruvvatdan tashkil topgan. Biror odamni, unda haqiqat yoki go‘zallik, yoki oliyjanoblik qadriyati namoyon bo‘lganligi sababli sevish mumkin. Mehribonlik odamlarda yashirin holatdagi ma’lum qadriyatlar tashuvchilarni ochib beradi va ular o‘z hayoti mazmunini bu odamlarga sadoqatli bo‘lishda topadi.

5. Siyosiy odam. Inson uchun qudratga ega bo‘lish asosiy ahamiyat kasb etgan alohida holat. Bunday odamning olamni his etishi umumiyligi bilan ajralib turadi, umumiylik o‘z mavqeini belgilash, muvaffaqiyatga erishish, hayotiy quvvat, turmushdagi harakatda namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar yuqori ijtimoiy darajaga intiladilar va faqat o‘sha darajadagina dohiy sifatida, shon-shuhrat pog‘onasida o‘zlarida mamnunlik his qiladilar.

6. Diniy e’tiqodli odam. Bu ma’naviy hayot yo‘li diniy qonunlar asosida hayotning yuksak mazmuniga erishishga qaratilgan odam. Diniy e’tiqodli odamlar hulq-atvorida altruizm yo‘nalishi dominantlik qiladi. Hayotlarining oliy mazmunini odamlarga oliyjanoblik bilan beminnat xizmat ko‘rsatishzarar ko‘rganlar, yaralanganlar, shikastlanganlar, muhtojlar, tahqirlanganlar va yolg‘izlarga yordam ko‘rsatishda deb biladilar.

Diniy aqidaparastlar dindor odamlar ong osti sohasiga inson psixikasining murakkab ichki tuyg‘usi  ishonch mexanizmi bilan qamrab olgan holda  mustahkam singdirib boradilar. Dindor odam hulq-atvori o‘zgarib boradi  –  psixikasida insonga nisbatan yaxshilik, mehribonlik g‘oyalari dominantlik qila boshlaydi.

Xarakter tiplarining boshqa tasniflari ham mavjud. Xuddi shunday, insonning hayotga, jamiyatga va ahloqiy qadriyatlarga munosabati asosidagi xarakterlar tipologiyasi keng tarqalgan. Uning muallifi  –  e. Fromm ushbu tasniflashni xarakterlarning ijtimoiy tipologiyasi deb nomladi. Turli odamlar hulq-atvorini kuzatishdan to‘plagan ma’lumotlarni umumlashtirib, ularni klinikadagi amaliyot bilan solishtirgan holda, e. Fromm ijtimoiy xarakterlarning quyidagi asosiy tiplarini keltirib chiqardi.

1. «mazoxist-sadist». Shaxsiy hayotidagi muvaffaqiyatlari va omadsizliklarini, shuningdek, kuzatiladigan voqealar sababini sharoitlarda emas, balki, odamlarda ko‘rishga moyildir. Bu sabablarni bartaraf etishga intilib, tajovuzkorligini omadsizlik sababi bo‘lib ko‘ringan odamga yo‘naltiradi. Bunday odam mustaqil bilim olish, o‘z ustida ishlash, odamlarni yaxshi tomonga o‘zgartirish bilan ko‘p shug‘ullanadi. O‘zining qat’iy harakatlari, cheksiz talablari va intilishlari bilan ba’zan o‘zini va atrofdagilarni toliqtirib qo‘yadi. Bunday odam, ayniqsa,  atrofdagilar ustidan hukronlik qila boshlaganida, «ezgu niyatlar»dan kelib chiqqan holda odamlarni dahshatga sola boshlaydi.

Bunday odamlarni xarakterlagan holda, E. Fromm: «eng ko‘p namoyon bo‘ladigan mazoxist qarashlar – bu shaxsiy norasolik, muhtojlik, notavonlik hissi» deb yozgan edi. Mazoxist-odamlar o‘zini kamsitish va kuchsizlantirishni namoyon qiladilar, o‘zini tanqid qilish va azoblashdan rohatlanadilar, o‘zlariga be’mani bekorchi ayblovlarni qo‘yadilar, barcha holatlarda bunga aloqador bo‘lmasalarda, aybdorlikni o‘zlariga olishga harakat qiladilar.

 Fromm fikriga ko‘ra, bunday tipdagi odamlarda deyarli har doim sadistlikka moyillik mavjud bo‘ladi. Bu ularning odamlarni o‘zlariga tobe qilishlarida, ularning ustidan to‘liq hukmronlikka ega bo‘lishlarida, ulardan manfaatdor bo‘lishlarida, ularga azob berishlarida, ularning azoblanishlaridan rohatlanishlarida namoyon bo‘ladi. Bunday tipdagi odam fromm tomonidan avtoritar shaxs deb nomlangan. Masalan, gitler, stalin va boshqalar bunday tipdagi odamlar edi.

2. «buzg‘unchi». Ushbu odamda frustratsiya, umidlarning chilparchin bo‘lishiga sabab bo‘lgan ob’ektga nisbatan ifodalangan tajovuzkorlik va uni bartaraf etishga faol intilish bilan xarakterlanadi. «buzg‘unchilik,- deb yozadi fromm,- bu chidab bo‘lmaydigan kuchsizlik hissidan xalos bo‘lish». Buzg‘unchilikka, odatda, xavotirlanish va kuchsizlik hissini boshidan kechiruvchi,  aqliy va emotsional imkoniyatlarini joriy qilishi cheklangan  odamlar o‘zining hayotiy muammolarini hal etish vositasi sifatida  murojaat qiladilar.

3. «konformist-avtomat». Bunday individ, qiyin ijtimoiy va shaxsiy hayotiy muammolar bilan to‘qnash kelganida, o‘ziga o‘xshamay qoladi. U so‘zsiz, ushbu vaziyatda ko‘pchilikka xos bo‘lgan tafakkur tipi va hulq-atvor usulini darhol o‘zlashtirgan holda sharoitlarga, turli ko‘rinishdagi jamiyatga, ijtimoiy guruh talablariga bo‘ysunadi. Bunday odamning deyarli hech qachon shaxsiy fikri ham, ifodalangan ijtimoiy qarashi ham bo‘lmaydi. U shaxsiy «men»ini, individualligini  yo‘qotgan va ma’lum sharoitlarda undan kutilgan,    aynan,  o‘sha hislarni boshidan kechirishga odatlangan. Bu ongli yoki ongsiz moslashuvchi tipi.

K.Yung tomonidan taklif etilgan xarakterlarning ekstravert va introvert tiplarga mansubligiga bog‘liq ravishda tasniflanishi keng ommalashdi. Ekstraversiya-introversiya hozirgi zamon psixologiyasida temperament ifodalanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Birinchi tip shaxsning ob’ektlari sub’ekt qiziqishlari, hayotiy quvvatini o‘ziga tortuvchi atrof-olamga qaratilganligi bilan xarakterlanadi, bu esa ma’lum ma’noda shaxs sub’ektiv olami hodisalari o‘rnining kamsitilishiga olib keladi. Ekstravertlarga ta’sirchanlik, tashabbuskorlik, hulq-atvorning egiluvchanligi, muloqotchanlik xosdir. Introvertlar esa shaxs qiziqishlarining shaxs ichki olami hodisalarida qayd qilinishi, odamovilik, o‘zini tahlil qilishga moyillik, moslashishlarining qiyinligi bilan xarakterlanadilar. Shuningdek, konform va mustaqil, dominant va bo‘ysunuvchi, me’yoriy va ayrim, hamda boshqa tiplarga bo‘linish imkoniyati ham mavjud.

Xarakterga tegishli xarakter muammosini hal etish uchun asos bo‘ladigan ko‘plab ilmiy muammolar mavjud. Bunday masalalardan biri  grafologiya hisoblanadi, bu yo‘nalish dastxatni shaxsning psixologik xossalarini aks ettiruvchi ifodali harakatlarning bir turi sifatida ko‘rib chiqadi. Asrlar davomida to‘plangan grafologiya ma’lumotlari ikki qator dalillardastxat xususiyatlari va xarakter o‘rtasida aloqa o‘rnatar edilar. Har bir odam o‘ziga xos dastxatga ega. Bu dalil xarakterning dastxatga bog‘liqligi masalasini ko‘rib chiqish uchun asos bo‘la oladi.

Lekin hozirda dastxat va xarakter aloqasini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi ma’lumotlar mavjud emas. Dastxatning emotsional holat va oliy nerv faoliyatining ayrim tipologik xossalariga bog‘liqligi to‘liqroq dalillarga ega.

Biz xarakterlar tipologiyalarini ko‘rib chiqdik, lekin inson shaxsining murakkabligi va xilma-xilligini ko‘rsatib o‘tilgan tipologiyalarga to‘laligicha jamlab bo‘lmaydi. Har birimizning biror bir tipga yoki tiplardan bir nechtasiga moyilligimizni etarlicha baholamaslik ham xatolikdir. Shuning uchun xarakterlar tipologiyasi bilan tnanishib chiqish odamning kuchli tomonlaridan to‘liqroq foydalanish, zaiflarini kamaytirish imkonini beradi, shuningdek, insonlar qarori va harakatarining yashirin mexanizmlariga yo‘l topgani uchun boshqa odamlarning qulfi-dilini ochishga yordam beradi.

17.5.. Jinsiy diformizm va individning psixologik tavsifi

odamlar xarakterining ba’zi xususiyatlari ularning qaysi jinsga tegishliligi bilan belgilanadi. Jinsiy psixik xususiyatlar faqat biologik omillar bilan emas, balki tarixiy tarkib topgan erkak va ayol ijtimoiy rollarining bo‘linishi,  jinsiy belgilar bo‘yicha mehnatning taqsimlanishi, erkaklik va ayollikning madaniy-tarixiy stereotiplariga muvofiq ravishda qizlar va o‘g‘il bolalarni an’anaviy tarbiyalashdagi farqlar bilan ham bog‘liqdir. Jinsiy indentifikatsiya – individ o‘zini ma’lum jinsga tegishli deb bilishi uning jinsiy ijtimoiylashuvi, jinsga muvofiq holda o‘zini anglashning rivojlanganligi, ijtimoiy-jinsiy rolni egallash bilan bog‘liq. Individning jinsiy o‘zini anglashi to‘g‘ri jinsiy hulq-atvorni mustahkamlaydigan va bo‘lishi mumkin nuqsonlarni qoralaydigan ijtimoiy muhitda shakllanadi.

Jinsiy me’yorlar, erkak va ayol stereotiplari tizimi odamda «erkak obrazi» yoki «ayol obrazi»ni shakllantiradi. Birlamchi jinsiy o‘zini identifikatsiyalash 2 yoshgacha shakllangan bo‘ladi, 6-7 yoshlarda esa o‘yin, hulq-atvor uslubini tanlashda, jinsiy segregatsiya (jins umumiyligining shakllanishi)da namoyon bo‘ladigan jinsiy mayllar jadallik bilan  shakllanadi

Ayniqsa, o‘smirlikda jinsiy-rolli yo‘nalish tengdoshlar muloqotida etakchi o‘rinni egallagan holda kuchayadi. Bunda an’anaviy erkaklik xususiyatlariga ayollik xususiyatlariga nisbatan bir muncha ortiqcha baho beriladi.

O‘smirlikda jinsiy o‘xshashlik  tanqidiy anglanadi. Ayrim o‘smirlarda bu yoshda dismorfobiya jinsiy nomuvofiqlikdan qo‘rqish sindromi yuzaga kelishi mumkin. Jismoniy va psixologik ijtimoiy rivojlanishning nomutanosibligi og‘ir kechiriladi, jinsiy rolli o‘z mavqeini o‘rnatish jadallik sodir bo‘ladi, shaxsning psixoseksual yo‘nalganligi shakllanadi.

Qanday psixologik xususiyatlar individning jinsga mansubligi bilan bog‘liq? Bu muammo bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar etarli darajada emas. Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, qizlar nutq qobiliyatlari bo‘yicha o‘hil bolalardan ustun keladilar, o‘g‘il bolalar ko‘rish-fazoqiy qobiliyatlari bilan ustundirlar, erkaklar ayollarga nisbatan tajavozkorroq va beqarordirlar, ayollarning aqliy qobiliyati va idroki ko‘proq tahlil qilishga moyildir. Qizlar va ayollar og‘ir murakkab faoliyat turlarini yaxshiroq eplaydilar. Inson tashqi ko‘rinishi ayollar tomonidan izchilroq idrok qilinadi. Ayollar emotsional ta’sirchandirlar. Ayol psixikasi irsiyat tomonidan, erkaklarnikimuhit ta’sirlari tomonidan belgilangandir.

Ta’sirlanish, xavotirlanish, raqobatchilik va dominantlikning jinsiy farqlari haqida fikrlar bildiriladi. Ayollar uchun hulq-atvorning ko‘proq emotsional-ekspressiv, erkaklar uchunjismli-instrumental uslublari xosdir.

Jamiyat madaniy rivojlanishining yuqori darajalari ijtimoiy ishlab chiqarishda erkak va ayollarning qarama-qarshiligini engishga nisbatan nuqtai nazar bilan xarakterlanadi, ayollar tomonidan «erkaklar» kasbining egallanishi, ularda muvofiq keladigan psixik sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Lekin bu jinsiy rolli intilishlarning ayrim noaniqligini, shaxslararo munosabatlarda nizolarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan jinsiy rollar an’anaviy stereotiplarining tubdan o‘zgarishini keltirib chiqaradi.

«Mukammal erkak» va «mukammal ayol» obrazlari hozirda to‘la aniqlanmagan.

Xulosa o‘rnida parijda chop etiladigan oynoma o‘tkazgan so‘rovnoma savollarini keltiramiz. Quyidagi savollar berilgan edi: «erkaklarning qaysi sifatlarini ayollar asosiy deb hisoblaydilar, va erkaklar nazarida ayollarning kamchiligi nimadan iborat?».

Xuddi shunday, ayollarning fikriga ko‘ra, erkaklar o‘zlarida kasbiy muvaffaqiyatlari, tashqi ko‘rinishlari, ayniqsa, jismoniy ko‘rsatkichlari, insoniy fazilatlari, matonat, shaxsiy holat, kiyim-boshni qadrlaydilar. Ayollar nazdida erkaklar o‘zlarining ziyoliligi, hazilkashligi, umumiy madaniyati, xushmuomalaligi, xususiy mulki bilan jozibadordirlar, ularga suyansa bo‘ladi.

Ayollar nazarida erkaklarning asosiy kamchiliklari:

a) ishdaustunlik hissi, maqtanchoqlik, ichki hisning etishmovchiligi, hukmronlikka intilish, ikkiyuzlamachalik, qo‘rqoqlik, qo‘pollik

b) hayotdaxudbinlik, munofiqlik, tashabbussizlik, ayollarni himoya qilmaydilar, ayollarga kamroq achinadilar, xushmuomala emaslar, ayollarni orzu qilishga majburlamaydilar

v) oilada – tv oldida o‘tiradilar, ayollarga quloq tutmaydilar, tanbaldirlar, samimiy emaslar, qovoqlarini uyub o‘tiradilar, ovqat ustida gazeta o‘qiydilar, o‘z onalarini maqtaydilar, ayolning didlariga mos kiyinganligini yashiradilar

 

Erkaklar nazarida ayollarning kamchiliklari: zaif aqliy xususiyatlar, ziyraklik,  hazilkashlik, chaqqonlik, hozir javobgarlikning etishmasligi, arzimagan narsalardan hafa bo‘lish, betartiblilik, betayinlik.

Odamlarning xarakteri turli yoshlarda yanada ifodaliroq namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zilar yoshlik davrida ko‘zga yaqin, boshqalar  – etuklik davrida faol, samarali va go‘zal bo‘ladilar. Ba’zilar keksayganda samimiy, xayrixoh, ko‘ngilchan bo‘lib qolganlarida, shuningdek, oqilligi, hamda xolisona insonparvarligi bilan foydali bo‘lganlarida, ayniqsa, jozibadorroq bo‘ladilar. Balki, individ xarakterida ma’lum yoshda to‘liq namoyon bo‘lishga qaratilgan biror bir xususiyat mavjud bo‘lsa kerak.

Inson hayotining yakuniga kelib, illyuziyalar batamom yo‘qoladi, xarakter o‘z samimiyati bilan to‘liq namoyon bo‘ladi, yuzaga kelgan ijtimoiy-rolli xususiyatlar kuchsizlanadi. Va inson, o‘zini, o‘zining haqiqiy munosabatlarini taniydi. Hayot qaytadan oqillik tusiga ega bo‘ladi, ehtiroslar tinchiydi,     inson barcha narsalarning haqiqiy bahosini bilgan holda o‘zini erkin sezadi. Va inson, nihoyat, undagi eng qadrli narsa uning o‘zi ekanligini tushunib etadi.

 



[1] Ðóñàëîâ Â.Ì. Ïðåäìåòíûé è êîììóíèêàòèâíûé àñïåêòû òåìïåðàìåíòà ÷åëîâåêà// Ïñèõîëîãè÷åñêèé æóðíàë. Ì., 1989.- Ò.10.- ¹ 1.Á.12.