4. Mavzu: ONG TARAQQIYOTI VA ONGSIZLIK

Reja:

    4.1Ongning psixologik xossalari

    4.2. Ongsizlik haqida tushuncha

    4.3. Anglanmagan psixik jarayonlar

    4.4. Ongli harakatlarning anglanmagan qo’zg’atuvchilari

    4.5. Îng usti jarayonlari

 

Adabiyotlar:

1.   Þãàé A.X., Mèðàøèðîâà Í.A. “Oáùaÿ ïñèõîëîãèÿ” – Taøêåíò 2014 ã. Ñ.-75-79.

2.   Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y. 

Blits-so’rov savollari

 

1. Anglanmagan psixik jarayonlarning umumiy xususiyatlari va tasniflanishi haqida ma’lumot bering.

2. Ongli harakatlarning anglanmagan mexanizmlari nimani anglatadi?

3. Anglanmagan avtomatizmlarga misollar keltiring.

4. D.N. Uznadze va hamkasblarining anglanmagan mayllarga doir tadqiqotlari haqida gapirib bering.

5. Psixik hodisalar va insonlarning kundalik hayotini o‘rganishda ongli harakatlar anglanmaganligining ahamiyatini ochib bering.

6. Ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilarini o‘rganish bo‘yicha Z. Freyd tadqiqotlari haqida gapirib bering.

7. Ong usti jarayonlari haqida nimalarni bilasiz?

8. Anglanmagan psixik jarayonlarni o‘rganish metodlaridan qaysilarini bilasiz?

 

TAYANCH TUSHUNCHALAR:

 

Ong- ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi

Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi.

 

                                     4.1. Ongning psixologik xossalari

     

 

    Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi bo’lib hisoblanadi.

Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini bilish sub’ekti sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqelikni xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z ichiga oladi. O’zini bilish sub’ekti sifatida his etish insonning olamni o’rganish va bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada  aniq bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan bo’lak qilingan mavjudot sifatida anglashini  bildiradi. Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.o’.) holatlarida bunday layoqat yo’qoladi.

Xayolan tasavvur qilish va voqelikni tasvirlashongning ikkinchi muhim psixologik xossasi. U, ong kabi yaxlitligicha, iroda bilan uzviy bog’langan. Odatda, tasavvurlarni ongli boshqarish va tasavvur qilish haqida ularning inson iroda kuchi yordamida yuzaga kelgan va o’zgarishlarga uchragan holatlarda so’z yuritiladi. Ushbu holatda inson ixtiyoriy, ya’ni, ongli ravishda atrofni idrok qilishdan, taalluqli bo’lmagan xayollardan chalg’igan holda, o’z diqqatini qandaydir g’oya, tasavvur, xotira va shu kabilarda jamlab, o’z tasavvurida ushbu damda bevosita ko’rolmaganlarini aks ettiradi va rivojlantiradi.

Ong uzviy ravishda nutq bilan bog’langan bo’lib, o’zining yuksak shakllarida usiz mavjud bo’la olmaydi. Ongli aks ettirish sezgilar va idrokdan, tasavvurlar va xotiradan farqli o’laroq, qator o’ziga xos xossalari bilan ajralib turadi. Ulardan biritasavvur etilayotganlarning anglanganligi, ya’ni, ularning so’z-tushunchaviy ma’nodorligi, inson madaniyati bilan bog’liq holda ma’lum mohiyatga ega ekanligi.

Ongning keyingi xossasi ongda jism, voqea va hodisalarning faqat asosiy tub mohiyatga ega bo’lganlarining aks ettirishidir.

Inson ongining to’rtinchi xossasibu uning kommunikatsiyaga, ya’ni, ma’lum odamning o’zi bilgan ma’lumotlarni til va boshqa belgi tizimlari yordamida boshqalarga yetkaza olish layoqati. Insonlar bir-biri bilan turli axborotlar bilan almashinuv jarayonida asosiy xabarni ajratib oladilar. SHu tarzda abstraktlashtirish, ya’ni, ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni ikkinchi darajalilaridan ayirib olish sodir bo’ladi.

Inson tabiat muhitiga oddiy holatda moslashibgina qolmasdan, ongli ravishda mehnat qurollari yasagan holda, uni o’ziga bo’ysundirishga intiladi. SHu asnoda inson turmush tarzi ham o’zgarib boradi. Atrofdagi tabiatni o’zgartirish maqsadida mehnat qurollari yasash qobiliyati ongli ravishda mehnat qilish layoqati mavjudligini bildiradi. Mehnat insonni yashash sharoitlari bilan ta’minlash, shuningdek, moddiy va ma’naviy boylik yaratish maqsadida tabiatga ta’sir ko’rsatishni amalga oshirishdan iborat bo’lgan, faqat inson uchun xos maxsus faoliyat turi. SHunday qilib, mehnat faoliyati inson ongining ahamiyatga molik bo’lgan xossasidir.

Inson ongi quyidagi muhim va ahamiyatli bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarga ega:

1. Inson o’z hulq-atvoriga tegishli bo’lgan irsiy va tajribada orttirilgan shakllari bilan bir qatorda, so’z orqali yetkaziladigan, insoniyat tajribasi ko’rinishidagi atrof-olamda o’z yo’nalishini belgilab olishning yangi vositasi bilimlarga ega.

2. Inson ongi voqelikning ahamiyatli tomonlarini, qonuniyatga ega bo’lgan aloqalarini aks ettiradi. Ongbu insonning olamga uning ob’ektiv qonuniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo’lgan holdagi munosabati. Bu munosabat hayotiy muammolarni sinov va xatolar metodi yordamida emas, balki, atrofdagi muhitning turli tomonlari o’rtasida aniq, qonuniyatli aloqalarni o’rnatish asosida hal etish imkonini beradi.

3. Ong faoliyat maqsadining anglanganligi, kelajakda sodir bo’ladigan hodisalarni tushunchalar orqali modellashtirish, umuminsoniy tushunchalar, bilimlar tizimida harakatlarining natijalarini  oldindan sezish kabi xususiyatlarga ega. Inson oldindan ko’ra oladi,o’z harakatlaridan kutilayotgan natijalarni rejalashtiradi, ularga erishishning muvofiq usul va vositalarini tanlaydi.

4. Shaxs ongi ijtimoiy ong bilan belgilanadi. ijtimoiy ongning to’rt xil shakli mavjud: fanilmiy bilimlar, tasavvurlar, kontseptsiyalar va dunyoqarashlar yo’nalishlari tizimi; ijtimoiy ongning jamiyat qonunlari sohasi  – ma’lum jamiyatning ahloqiy, g’oyaviy, siyosiy va huquqiy qadriyatlar va qoidalar tizimi; san’atvoqelikni tasviriy vositalar orqali ma’naviy-amaliy o’zlashtirishning maxsus turi, inson turmush tarzining turli tomonlarini tasviriy modellashtirish; din, e’tiqodo’zida yuksak sifatlarni mujassamlashtirgan g’ayritabiiy kuchlarga ishonish, e’tiqodli odamlarning ruhiy tayanchi.

Ijtimoiy ongning barcha shakllari birgalikda g’oyaviylikni insonlarning voqelikka va bir-birlariga bo’lgan munosabatni, jamiyat hayotiy faoliyatini boshqaruvchi tub negizli qadriyatlar, asosiy g’oyalar tizimini shakllantiradi.

5. Ong o’zlikni anglash, shaxsiy refleks bilan bog’liq. Inson o’z atrofidagi olamni anglashda o’zini u bilan taqqoslaydi. O’zlikni anglashbu insonning olamga nisbatan ahamiyatga molik hamda zarur, shuningdek, shaxsiy munosabatlar tizimi.

Ong inson psixikasining xossasi sifatida bidominantlikshaxs ichki kommunikatsiyasi, insonning o’zi bilan bo’lgan muloqoti mexanizmi orqali amalga oshiriladidi. Va bu shaxsning ichki dialogi ijtimoiy mezonlar bilan belgilanadi.

Voqeiy hodisalar ong orqali intentsional ( lot.dan intentio – intilish) –  har taraflama tanlagan holda inson amaliyotida tutgan o’rniga bog’liq ravishda aks ettiriladi. Ong tafakkurga nisbatan kengroqdir. U o’zida psixik faoliyatning barcha shakllari: olamni hissiy aks ettirish, ilmiy bilish, psixik o’zini boshqarishning hissiy-iroda sohasining jamlangan, tashqi olamning birlashtirilgan, yaxlitlangan aksidir.

SHunday qilib, ong – psixik taraqqiyotning  yuksak darajasi bo’lib, ob’ektiv reallikka nisbatan faqat insonga xos bo’lgan odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining umumiy shakllari vositasidagi ob’ektiv reallikka bo’lgan munosabatdan iborat.

Amaliy nuqtai nazar bo’yicha ong sub’ekt ichki olamining bevosita ko’z oldidagi sezgi va aqliy obrazlarining uzluksiz o’zgaruvchi yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ong qator protsessual va mazmundor xususiyatlarga ega. U faollik, ya’ni, individning voqelik bilan hayotiy muhim aloqalarini ta’minlovchi dinamika, intentsionallik –  jismga yo’nalganlik; ko’p tomonlama mustaqillilik – insonning asosan ichki o’lchov va modellarga yo’nalishi; refleksivlik – nomutanosib aks ettirishdan himoyalash, o’zini baholash layoqati; yaqqolik va tashkil etilganlikning turli darajalari bilan xarakterlanadi.

Ong muayyan tuzilishga ega bo’lib, unga: birinchidan, atrof-olam haqidagi bilimlar yig’indisi; sub’ekt va ob’ektni, ya’ni, insonning «men»i va «men emas»iga tegishli bo’lganlarni aniq farqlash; insonning maqsadga muvofiq faoliyati; muayyan munosabat tarkibi – «mening o’z muhitimga munosabatim mening ongimdir».

Mazmuniga ko’ra, odamlar ongi ijtimoiy-tarixiy sharoitlar ta’siri ostida bo’ladi. Ongning barcha tarkibiy qismlari antropogenez jarayonida shakllanib, ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo’ladi.

Inson ongining paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy sharti bo’lib odamlarning hamkorlikdagi samarali nutq vositasidagi qurolli faoliyati  hisoblanadi. Bu faoliyat odamlarning muloqoti va o’zaro ta’siri, ishning taqsimlanishini talab etadi. U hamkorlikdagi faoliyat ishtirokchilari tomonidan hamkorlik maqsadi sifatida anglanadigan mahsulot yaratishni taqazo etadi. Individual ong insoniyat tarixi boshlanishida jamoaviy faoliyat jarayonida uni tashkil etishning zarur sharoiti sifatida yuzaga keldi: axir odamlarga u yoki bu faoliyat bilan shug’ullanishlari uchun ularning har biri hamkorlikdagi faoliyat maqsadini aniq tasavvur qilishlari lozim. Bu maqsad aniqlanib, so’z bilan ifodalanishi kerak. Avval jamoa ongi, undan so’ng individual ong paydo bo’ladi, bunday ketma-ketlikdagi rivojlanish faqat ong filogenezi uchun emas, balki ong ontogenezi uchun ham xarakterlidir. Bolaning individual ongi jamoa ongi asosida va uning mavjudligi sharoitida uni o’zlashtirish yo’li orqali shakllanadi (interiorizatsiya, ijtimoiylashuv).

Inson ongining rivojlanishida inson faoliyatining ijodiy xarakteri muhim ahamiyatga ega. Ong inson tomonidan tashqi olamnigina emas, balki, o’zi, hissiyotlari, obrazlari, tasavvur va sezgilari anglanishini taqazo etadi. Odamlar obrazlari, fikrlari, tasavvurlari va sezgilari ularning ijodiy mehnatlari mahsulida mujassamlantiriladi va bu jismlarning keyingi idrok qilinishida, aynan, o’zlarida yaratuvchilari psixologiyasini gavlantirgan holatda anglanadilar. SHuning uchun ijod inson o’zining shaxsiy ijod namunalarini idrok qilishi orqali  o’zini anglash va ongini rivojlantirish yo’li va vositasi bo’lib hisoblanadi.

Inson unga tabiatdan berilgan sezgi organlari yordamida olamni undan uzoqlashgan va undan mustaqil mavjud bo’lgan holda idrok qilishini anglaydi. Keyinchalik refleksiv qobiliyat, ya’ni, insonning o’zi uchun bilish ob’ektiga aylanishi va zarurligini anglash hissi paydo bo’ladi. ongning filo-va ontogenezda rivojlanish ketma-ketligi mana shunday iborat. ong rivojlanishidagi ong rivojlanishidagi ushbu birinchi yo’nalishni refleksiv yo’nalish sifatida belgilash mumkin. ikkinchi yo’nalish tafakkur rivojlanishi va fikrning so’z bilan asta-sekin birlashishi bilan bog’liq. inson tafakkuri borgan sayin rivojlanib, narsalar mohiyatiga kirib boradi. bu bilan birgalikda orttiriladigan bilimlarni belgilash uchun qo’llaniladigan til ham rivojlanadi. til so’zi chuqur mohiyat bilan to’ldiriladi, va, nihoyat, fanlar rivojlana boshlaganida, tushunchalarga aylanadi. so’z-tushuncha ong birligi, hosil bo’ladigan oqim esa tushunchali yo’nalish bo’lib hisoblanadi.

Har bir yangi tarixiy davr uning zamondoshlari ongida o’ziga xos tarzda aks etadi, va odamlar mavjudligining tarixiy sharoitlari o’zgarishi bilan ularning ongi ham o’zgaradi. Uning rivojlanish filogenezini tarixiy rakursda tasavvur qilish mumkin. Lekin xuddi shuning o’zi inson ontogenezining rivojlanishi davomida inson ongiga nisbatan ham haqqoniydir, individ insonlar tomonidan yaratilgan san’at, madaniyat asarlari orqali ungacha yashab o’tgan xalqlarning psixologiyasiga kirib boradi. Ong rivojlanishidagi bu yo’nalish tarixiy yo’nalish sifatida belgilanadi.

Tarixning hozirgi davrida insonlar ongi rivojlanishda davom etmoqda, bu rivojlanish ilmiy, madaniy va texnikaviy taraqqiyotning yuqori tezlanishi yordamida jadallik bilan bormoqda.

Insoniyat ongi rivojlanishining keyingi asosiy yo’nalishi insonning o’zi va atrof-olamdagi anglanuvchilar sohasining kengayishi bo’lib hisoblanadi. Bu o’z navbatida madaniy-ahloqiy inqilobga o’sib boradigan dunyoviy ijtimoiy-iqtisodiy inqilob bilan, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirish bilan bog’liq.

Bunday o’tishning birlamchi belgilari hozirdanoq sezilmoqda. Buturli xalqlar va mamlakatlar iqtisodiy farovonligining o’sishi, ular mafkurasi va siyosatining halqaro va ichki maydonda o’zgarishi, davlatlararo harbiy qarama-qarshilikning pasayishi, odamlar muloqotida diniy, madaniy va ahloqiy qadriyatlar ahamiyatining oshishida ko’rinadi. SHu bilan birga insonning hayot, makro- va mikrodunyolar tilsimotlariga kirib borishi sodir bo’lmoqda. Fan yutuqlari natijasida insonni bilish va boshqarish, o’zi va dunyo ustidan hukmronligi sohasi kengaymoqda, insonning ijodiy imkoniyatlari, shuning, ongi ham oshmoqda.

4.2. Ongsizlik haqida tushuncha
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba’zi patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi.

         Onglilikdan farqli o’laroq, ongsizlikda amalga oshirilayotgan harakatlarni maqsadli nazorat qilish, shuningdek, natijalarini baholash imkoniyati mavjud emas.

Ongsizlik tushunchasi psixologik va falsafiy fikrlarning turli yo’nalish vakillari tomonidan quyidagi ko’rinishlarda ta’riflanadi:

- axborotni qayta ishlashni bu jarayonni sub’ekt kechinmalari darajasida aks ettirmagan holda amalga oshiruvchi miya faoliyati sifatida;

- sub’ekt tomonidan anglanmagan kechinmalar sifatida.

Ongsizlikda sub’ekt voqelikni o’zini boshqa odamlar va hodisalar bilan tenglashtirgan holda, ob’ektlar o’rtasidagi mantiqiy qarama-qarshiliklar va farqlarni u yoki bu muayyan belgilar bo’yicha aniqlash orqali emas, balki, bevosta emotsional his etish, identifikatsiya, emotsional ta’sirlanish, turli hodisalarning aloqadorligi orqali bir qatorga birlashishi kabi o’xshatish shakllari orqali boshidan kechiradi. Ongsizlikda ko’pincha o’tmish, hozirgi va kelajak zamon u yoki bu psixik aktga, masalan, tushda qo’shilgan holda birgalikda mavjud bo’ladi.

Ongsizlik sohasiga: biologik ehtiyojlar (jinsiy mayllar, tabiiy ehtiyojlar, ozuqaga bo’lgan ehtiyoj va boshqalar); tilaklarni siqib chiqarish (kimningdir muhabbatini qozonishga behuda urinish, amalga oshmagan orzular, yashirin hafagarchilik); tushda sodir bo’ladigan psixik hodisalar (tush ko’rish); sezilmaydigan, lekin real ta’sir ko’rsatadigan seskantiruvchilarga nisbatan javob reaktsiyalari («subsensor» ta’sirlanishlar); avval anglangan, lekin takrorlanishlar tufayli avtomatlashgan va shuning uchun anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar; maqsadi anglanmagan faoliyatga nisbatan ayrim mayllar va boshqalar kiradi. Anglanmagan hodisalarga bemor odam psixikasida yuzaga keladigan alahlash, gallyutsinatsiyalar kabi ayrim patologik hodisalar ham kiradi.

Ongsizlik ko’rinishlari to’rt sinfga ajratiladi:

- ong usti hodisalari;

- shaxsning kelajakdagi tilak mohiyatiga ega bo’lgan faoliyatning anglanmagan qo’zg’atuvchilari (anglanmaydigan motivlar va ma’noli mayllar). Bu sinf hodisalari sub’ektning gipnotik holatdan chiqqandan so’ng hulq-atvorini tadqiq qilishda aniqlangan edi;

- faoliyat kechishining yo’nalishli va barqaror bo’lishini ta’minlaydigan, uning bajarilish usullarining anlanmaydigan boshqaruvchilari (operatsional mayllar va avtomatlashtirilgan hulq-atvor stereotiplari). Ular avtomatlashtirilgan va ixtiyorsiz harakatlarning boshqarilishi, masalan, masalalar yechish jarayoni asosida yotadi va anlanmagan tarzda oldindan seziladigan hodisalar va bo’lib o’tgan o’xshash vaziyatlardagi hulq-atvorning o’tmish tajribasiga tayanadigan harakat usullari obrazlariga bog’liq bo’ladi;

- quyi sensor idrokning ifodalanishi.

 Falsafada birinchi bo’lib ongsizlik haqidagi tasavvurlar sub’ekt ongida mavjud bo’lmagan psixik jarayonlar, usullar va holatlar yig’indisi sifatida XVIII asrda G.V. Leybnits tomonidan ifodalangan edi. XIX asrda ongsizlik psixologik tadqiqotlarning predmetiga aylandi (I.F. Gerbert, G.T. Fexner, V. Vundt). Uni o’rganishga XIX asr oxirida psixopatalogiya sohasida bajarilgan Z. Freyd ishlari turtki berdi. Uning fikriga ko’ra ongda mavjud bo’lmagan ongsizlik psixik mazmun sifatida unga katta ta’sir ko’rsatadi.

 Z. Freyd nazariyasiga binoan inson psixikasida uch soha: ong, ongosti va ongsizlik mavjud. Ong darajasiga u inson tomonidan anglanadigan va nazorat qilinadiganlarning barchasini kiritgan. Ong osti sohasiga Freyd yashirin yoki latent bilimlarni kiritgan edi. Bu insonga tegishli bo’lgan, lekin ayni vaqtda ongda mavjud bo’lmagan bilimlardir. Bilimlar muayyan rag’batning yuzaga kelishida dolzarblashtiriladi, masalan, Yer - sayyora. SHunday qilib, ongbu muztog’ning ko’zga ko’rinayotgan qismi, uning katta qismi esa  inson tomonidan anglangan nazoratdan yashirilgan.

Ongsizlik sohasi, Freyd bo’yicha, umuman boshqa xossalarga ega. Ulardan biri bu sohaning mazmuni anglanmasligidan, lekin hulq-atvorimizga katta ta’sir ko’rsatishidan iborat. Ongsizlik sohasi harakatchandir. Boshqa xossasi ongsizlik sohasida joylashgan axborotning ongga qiyinchilik bilan o’tishidan iborat. Bu ikki mexanizm: siqib chiqarish va qarshilik ko’rsatishlarning faoliyati bilan tushuntiriladi.

Ongsizlik sohasini Z. Freyd, ong bilan kelishmaydigan motivatsion energiya manbai deb hisoblagan edi. Ijtimoiy sohadagi taqiqlar,  Freydga ko’ra, ong «nazorat»ini hosil qiladi, nevrotik asabiylashishlarda namoyon bo’ladigan ong osti mayllar energiyasini susaytiradi. Individ nizoli vaziyatlardan xalos bo’lishga intilib, himoya mexanizmlari siqib chiqarish, sublimatsiya (o’rin olish), omilkorlik va  regressiyaga murojaat qiladi.

SHunday qilib, insonning psixik faoliyati, uning psixikasi bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan uch daraja: ongsizlik, ong osti va onglilikda  faoliyat ko’rsatadi. Psixik faoliyatning ongsizlik darajasi tug’ma instinktiv-refleksga asoslangan faoliyat hisoblanadi; ong osti darajasi  – ma’lum individ tajribasidagi hulq-atvorining umumlashtirilgan, avtomatlashtirilgan bir qolipdagi nusxalarimalakalari, ko’nikmalari, odatlari, ichki tuyg’ulari.

Tush ko’rish, affekt, vahima, gipnoz, ishonchumid, sevgi, turli ko’rinishdagi parapsixik hodisalar (bashorat qilish, telepatiya, ekstrasensor hodisalar), fobiyalar, qo’rquvlar, asabiy xayollar, o’z-o’zidan paydo bo’ladigan xavotirlanish va oldindan quvonchni sezishsanab o’tilgan bu hodisalar anglanmaydigan va ong osti hodisalari hisoblanadi.

Anglanmaganlik mezoni hisob berilmasligi, ixtiyorsizligi, noverballigi hisoblanadi (so’z bilan ifodalanmaganlik).

4.3. Anglanmagan psixik jarayonlarOng egasi bo‘lgan inson motivatsiyalangan harakatlarni bajarishga, ko‘zlangan maqsadga erishishga yoki ma’lum vazifani bajarishga  qodir, chunki inson o‘zining hulq-atvori yoki holatini anglaydi va nazorat qiladi. SHunday bo‘lsa ham, odam psixikasi uchun ob’ekt tomonidan anglanish darajasiga ko‘ra farqlanadigan psixik jarayonlar va hodisalarning ikki katta guruhi xosdir. Inson ongida kechishi yoki ifodalanishi qisman aks etuvchi psixik jarayonlar va hodisalar. Bunday jarayonlar anglanmagan jarayonlar guruhiga taalluqlidir.

    Barcha anglanmagan psixik jarayonlar uch bo‘limga ajratiladi: ongli harakatlarning anglanmaydigan mexanizmlari, ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilari va «ong usti» jarayonlari.

O‘z navbatida, ongli harakatlarning anglanmaydigan mexanizmlari bo‘limi uch  sinfga bo‘linadi: anglanmaydigan avtomatizmlar; anglanmaydigan mayl hodisalari; ongli harakatlarning anglanmaganligi.

Anglanmagan avtomatizmlar deb, odatda, ongsiz ravishda o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan harakatlar yoki aktlarga aytiladi. Anglanmaydigan avtomatizmlar sinfiga kiradigan jarayonlar ikkilangan tabiatga ega. Ba’zi jarayonlar hech qachon anglanmagan bo‘lib, boshqalari esa avval anglangan, so‘ngra esa ongda yozilib qolmaydigan holatga o‘tgan. Birlamchi jarayonlar birlamchi avtomatizmlar guruhini tashkil etadi yoki ba’zida ular avtomatik harakatlar deb ataladi. Ushbu guruhga tug‘ma yoki bola hayotining dastlabki yilida shakllangan harakatlar kiradi. Ularga: so‘rish harakatlari, ko‘zlar pirpirashi va konvergensiyasi, jismlarni ushlab olish, qadam tashlash va boshqalar kiradi.

Anglanmaydigan avtomatizmlar sinfiga kiruvchi hodisalarning ikkinchi guruhi avtomatlashtirilgan harakatlar yoki ko‘nikmalar deb ataladi. Harakatlarning bu guruhiga avvaldan anglangan holatda bo‘lib, keyinchalik esa behisob takrorlashlar va ular bajarilishining takomillashishi natijasida ong ishtirokini talab etmay qo‘ygan, avtomatik ravishda bajariladigan  harakatlar kiradi. Ko‘nikmalarning shakllanish jarayoni bizning barcha malaka, bilim va qobiliyatlarimizning rivojlanishi asosida yotganligidan har bir individ uchun muhim ahamiyatga ega. Masalan, fortepianoda chalishni o‘rganish. Barchasi oddiy harakatlarni o‘zlashtirishdan boshlanadi. Avvalo to‘g‘ri o‘tirishni, musiqa asbobida qo‘llar, barmoqlarning to‘g‘ri holatini saqlashni o‘rganish zarur. So‘ngra har bir barmoq zarbasi, qo‘llarning harakatlari ishlab chiqiladi, sayqallanadi. Xuddi mana shu oddiy asosda fortepianoda kuy chalish texnikasi elementlari yaratiladi: yosh pianinochi kuy «olib borishni», akkordlar, stakkato va legato chalishni o‘rganishi zarur… SHunday qilib, oddiy harakatlardan murakkablariga tomon siljish yo‘li bilan harakatlarning anglanmagan darajalaridan o‘zlashtirilgan darajalariga o‘tkazish hisobiga inson cholg‘uchilik mahoratini egallaydi.

Harakatlarni ongli nazoratdan ozod qilish haqida gapirilganda  umumiy holatdagi ozodlik haqida o‘ylash kerak emas, ya’ni, odam nima qilayotganini anglaydi, faoliyat ustidan nazorat saqlanib qoladi. Gap shundaki, ong maydoni (maydon – bu vaqtning ma’lum lahzasida anglanadigan ma’lumotlar sohasi) bir jinsli emas. Ong fokusi, ong osti, shuningdek, ortidan ongsizlik sohasi boshlanadigan chegarasini ham ajratish mumkin. Biror faoliyatni bajarishda uning eng murakkab bo‘lgan va doimiy nazoratni talab etuvchi harakatlari ongimiz diqqat markazida bo‘ladi. Ishlab chiqilgan yoki oddiy harakatlar ongimizning chetki sohalariga surib chiqariladi, o‘zlashtirilgan yoki egallangan harakatlar esa ongimiz chegarasidan ongsizlik sohasiga o‘tib ketadi. SHunday qilib, inson faoliyatining ong tomonidan nazorat qilinishi butunlay saqlanib qoladi.

Ong va faoliyatning ayrim tashkil etuvchilarining nisbati barqaror bo‘lmaganligi sababli muntazam emas. Bu holat ongimizning diqqat markazida joylashgan harakatlar muntazam ravishda o‘zgarib turgani uchun sodir bo‘ladi. Inson tomonidan bajariladigan ba’zi harakatlar ko‘nikmalar darajasiga ko‘tarilganida ongning chetki, so‘ngra esa ongsizlik sohalarigacha surib chiqariladi, lekin inson ko‘plab xatoliklar sodir eta boshlasa, masalan, inson o‘zini horg‘in va behol his etganida, qaytadan o‘zining oddiy harakatlarini nazorat qila boshlaydi. SHu kabi hodisani biror faoliyatni bajarishda uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng kuzatish mumkin.

Avtomatizmlar muammosini ko‘rib chiqishda quyidagicha savol tug‘ilishi mumkin: tana harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan inson faoliyati va psixik hayotning boshqa sohalarida ham avtomatizmlar mavjudmi? Ha, mavjud, va ularning ko‘pchiligi bilan siz yaxshi tanishsiz. Masalan, istalgan matn ustidan ko‘z yugirtirgan holda ayrim harflarning ma’nosini anglamasakda,  matn mazmunini darhol idrok etamiz. Bu idrok avtomatizmlari. Avtomatik jarayonlar zehn sohasida ham mavjud, masalan, algebra, matematikaga doir misol va masalalarni echish.

Endi esa ongli harakatlarning anglanmagan mexanizmlarining ikkinchi sinfini – anglanmaydigan mayl hodisalarini ko‘rib chiqamiz. «Mayl» tushunchasi psixologiyada juda muhim o‘rinni egallaydi, chunki uning ortida turgan hodisalar inson psixologik hayotining deyarli barcha sohalarini qamrab oladi. Umumjahon psixologiyasida mayl muammosi juda keng jabhalarda ishlab chiqilgan yaxlit bir yo‘nalish mavjud edi. Ushbu yo‘nalish ko‘p yillar mobaynida o‘quvchilari bilan tadqiqotlar olib borgan gruzin ruhshunoslar maktabining asoschisi D.N. Uznadze (1886-1950) tomonidan yaratilgan edi.

 D.N. Uznadze fikricha, mayl – bu organizm yoki sub’ektning ma’lum harakatni bajarishga yoki ma’lum yo‘nalishda harakatlanishga tayyorlik holati. Ushbu ta’rifda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatga tayyorlik holatiga alohida urg‘u beriladi. Odamning biror seskantiruvchiga javoban harakat tezligi va aniqligi ma’lum harakatlarni amalga oshirish ko‘nikmasiga bog‘liq, deb taxmin qilish mumkin, shuning uchun ko‘nikma va mayl bir xil ma’noni anglatadi. Lekin «ko‘nikma» va «mayl» tushunchalari umuman bir-biriga o‘xshash emasligini ta’kidlab o‘tish zarur. Agar ko‘nikma harakatni amalga oshirish davriga tegishli bo‘lsa, mayl bungacha bo‘lgan davrga tegishlidir.

Maylning bir necha turlari mavjud: yugurishga tayyor turgan sportchining holati – bu motorli mayl. Agar siz qorong‘i xonada  qo‘rquv bilan biror tahdid bo‘lishini kutib o‘tirsangiz, ba’zi holatlarda haqiqatdan ham qadam tovushlarini yoki shubhali shovqinlarni eshita boshlaysiz. Bu perseptiv mayl.

Sizga trigonometrik ramzlar bilan ifodalangan misol berilganida  garchi ba’zan misolni oddiy usul bilan echish mumkin bo‘lsada, sizda uni trigonometrik ifodalar bilan echish mayli paydo bo‘ladi. Bu  aqliy maylga   misol bo‘la oladi.

Mayl bajariladigan vazifasiga ko‘ra muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lum harakatni bajarishga tayyorlangan sub’ekt uni tez va aniq, ya’ni, yanada samaraliroq bajarish imkoniyatini beradi.

Lekin ba’zida mayl mexanizmlari insonni yanglishtirishi mumkin. Bunga qadimgi xitoy adabiyotidan misol keltirish mumkin: «Bir odamning boltasi yo‘qoldi. U qo‘shnining o‘g‘lidan gumonsirab, uni kuzata boshladi: qarashlari ham, gap-so‘zlari ham bolta o‘g‘risiga o‘xshaydi. Qisqasi, har bir harakati o‘g‘riligiga ishorat edi.

Lekin ko‘p o‘tmay o‘sha odam vodiyda er haydab, o‘zining boltasini topib oladi. Ertasiga qo‘shnining o‘g‘liga razm solsaki: na imo ishorasi va na harakati bilan o‘g‘riga o‘xshamas ekan».

Aynan yanglish harakatlar, idrok qilish yoki baholashlarda o‘z ifodasini topgan «mayl xatoliklari» hammadan avvalroq ruhshunoslarning diqqatini o‘ziga qaratdi.

Mayllarning barchasi ham anglanmasligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ongli ravishda dahshatli voqea sodir bo‘lishini kutib –  haqiqatdan ham uni ko‘rish mumkin, ongli ravishda odamni bolta o‘g‘rilashda gumonsirab – haqiqatda ham uni «bolta o‘g‘risi sifatida» ko‘rish mumkin.

Lekin aynan anglanmagan maylning ifodalanishi katta qiziqish uyg‘otadi. D.N. Uznadze maktabidagi amaliy va nazariy tadqiqotlar aynan shundan boshlangan. D.N. Uznadze konsepsiyasining asosiy nuqtasi bo‘lib xizmat qilgan tajribalar quyidagi tarzda o‘tkazilgan edi. Sinaluvchi qo‘liga berilgan turli hajmdagi ikkita pufakdan qaysi biri kattaroq ekanligini baholab berishi so‘raladi. Kattarog‘i chap qo‘lga, kichikrog‘i – o‘ng qo‘lga beriladi deb faraz qilamiz. Sinaluvchi pufaklar hajmini to‘g‘ri aniqlab bergach, tajriba yana takrorlanadi: chap qo‘lga katta pufak, o‘ngiga – kichik pufak beriladi, va sinaluvchi hajmlarni yana to‘g‘ri baholaydi. Sinov shu tariqa o‘n besh marta takrorlanadi. Nihoyat, navbatdagi, o‘n oltinchi sinovda sinaluvchi uchun kutilmagan holatda bir xil pufaklar berilib, hajmlarini taqqoslash so‘raladi. Mana shu oxirgi, nazorat sinovida  sinaluvchi pufaklarni baholashda xatolikka yo‘l qo‘yishi ma’lum bo‘ladi: u pufaklarni yana avvalgidek hajm bo‘yicha turlicha idrok qiladi. CHap qo‘lga kattaroq pufak berilishining saqlanib qolgan mayli perseptiv jarayonni aniqlagan yoki yo‘naltirib bergan: sinaluvchilar, odatda, chap qo‘llaridagi pufak kichikroq deb baholaydilar. To‘g‘ri, ba’zan  maylli sinovlardagi kabi, ya’ni, chap qo‘ldagi pufak kattaroq degan javoblar ham bo‘ldi. Birinchi xildagi xatoliklar maylning kontrast illyuziyalari, ikkinchi xildagilari – maylning assimilyativ illyuziyalari  deb ataldi.

D.N.Uznadze va uning hamkasblari har bir turga tegishli bo‘lgan illyuziyalarning yuzaga kelishini  to‘liq o‘rganib chiqdilar. Ushbu vaziyatda maylning haqiqatdan ham anglanmaganligi muhim bo‘lib hisoblanadi, buning tasdig‘i sifatida pufaklar hajmini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalardan birini keltirish mumkin. Bu tajriba gipnoz yordamida o‘tkaziladi. Tajribadan avval sinaluvchi gipnoz holatiga tushiriladi va shu holatda unga birinchi o‘n beshta topshiriqni bajarish taklif etiladi. So‘ngra unga bajargan topshiriqlarni yodidan chiqarib yuborishi zarurligi uqtirildi. Gipnoz holatidan chiqqandan so‘ng sinaluvchi nima qilganini eslay olmasada, unga tetik holatida pufaklar hajmini baholash taklif etilganida, hajmlari bir xilda bo‘lsa ham, pufaklarning hajmi har xil deya uqtirib, xatolikka yo‘l qo‘ydi.

SHunday qilib, anglanmaydigan mayllar haqiqatdan mavjud bo‘lib, anglangan harakatlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.

Endi e’tiborimizni anglanmaydigan mexanizmlarning uchinchi sinfi – ongli harakatlarning anglanmaydigan jarayonlariga   qaratamiz. Harakatning anglanmagan jarayonlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Masalan, siz musiqa eshitayotgan tinglovchining kuyga mos ravishda oyog‘ini qimirlatganini, yoki qaychini ishlata turib,  jag‘ini harakatlantirayotganini kuzatgansiz; qo‘lini kesib olgan kimsani kuzatayotgan odamning yuzida o‘ziga sezilmagan holatda ayanchli ifoda namoyon bo‘ladi. Bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Bu hodisalarning barchasi ongli harakatlarning anglanmagan jarayonlaridir. Bundan kelib chiqadiki, ongli xarakatlarning anglanmagan jarayonlariga beixtiyoriy harakatlar, quvvat zo‘riqishlari, mimika va pantomimika, shuningdek, inson holati va harakatlarini kuzatuvchi vegetativ harakatlarning katta sinfini ham kiritish mumkin.

Bunday jarayonlarning ko‘pchiligi, ayniqsa, vegetativ tarkibiy qismlar fiziologiyani o‘rganishning asosiy ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Lekin ularning barchasi psixologiya uchun o‘ta muhimdir. Birinchidan, bu anglanmagan jarayonlar odamlar o‘rtasidagi muloqotning qo‘shimcha vositalari sifatida o‘rganilishi mumkin. Ba’zi holatlarda bunday vaziyatlar nutqqa faqat hissiyot tusini bag‘ishlabgina qolmay, nutqning o‘zini ham o‘zgartiradi. Ikkinchidan, ular inson turli psixologik xususiyatlarining ob’ektiv ko‘rsatkichlari sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Yuqorida keltirilgan fikrlarga misol sifatida Yu.B.Gippenreyterning ”Umumiy psixologiyaga kirish” kitobidan bir ko‘rinishni keltirish mumkin. 1920 yilda A.R. Luriya tomonidan  zamonaviy «yolg‘onchilik detektorlari»ni qo‘llashda namoyon bo‘ladigan hodisalarga o‘xshash noyob hodisalar o‘rganiladigan tajribalar o‘tkazilgan. Buning uchun u K.Yungning yashirin affektli majmualarni aniqlash uchun qo‘llagan assotsiatsiya tajribasidan foydalandi, tajribada sinaluvchiga so‘zlar ro‘yxati taklif etilib,  ularning har biriga miyasiga kelgan birinchi so‘z bilan javob berishi kerak edi. A.R. Luriya ushbu metodikaga o‘zgartirish kiritdi, u sinaluvchiga javob so‘zni aytish bilan birga o‘ta sezgir o‘tkazuvchi – nog‘orachaning pnevmatik membranani bosib qo‘yishni taklif etdi. Natijada so‘z bilan aytilgan javob motorli qo‘l ta’siri bilan uyg‘unlashtirildi, bu esa talaffuz etilgan so‘zning o‘zini emas, balki uning qanday talaffuz etilishini ham hisobga olish imkonini berdi . Bu tajriba odamning tashqi harakatlarni (so‘zlar, harakatlar) oson, muskullar harakatini (qomatni tutish, mimika, yuz ifodalar) qiyinroq nazorat qilishini ko‘rsatdi. Sinaluvchi uchun muhimligi jihatidan turlicha bo‘lgan rag‘bat sifatida tadqiqotchi tomonidan talaffuz etilgan so‘zlarga nisbatan betaraf tashqi ta’sirning saqlanib qolishida turlicha motorli ta’sirlar qayd etildi. Bunday metodikani A.R. Luriya uyg‘unlashtirilgan motorli metodika deb atadi. Uning validligi va ishonchli ekanligi jinoyat sodir etishda ayblanayotganlar tomonidan ham samarali tasdiqlandi.

Zamonaviy texnika shu kabi tajribalarni ong tomonidan nazoratga bo‘ysunmaydigan ob’ektiv indikatorlarni hisobga olgan holda yuksak darajada o‘tkazish imkonini beradi. Bunday indikatorlar sirasiga tomir urishi, nafas olish tezligi, arterial qon bosim, miyaning elektr faolligi, ko‘zning mikroharakatlari, qorachiqning ta’sirlanishi va boshqalar kiradi. SHunday qilib, kamroq anglanadigan ta’sirlardan muloqot va axborot o‘tkazishda, shuningdek, odamni o‘rganishda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishda  foydalanish mumkin.

Anglanmagan jarayonlarning keyingi sinfi – ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilarini ko‘rib chiqamiz4.4. Ongli harakatlarning anglanmagan qo’zg’atuvchilari. Bu sinfga taalluqli bo‘lgan jarayonlarning tadqiqotlari,  avvalambor, XX asrning mashhur ruhshunoslaridan biri Zigmund Freyd nomi bilan bog‘liq.

Freyd Vena universitetining tibbiyot fakultetini bitirgandan so‘ng bir muncha vaqt parijlik psixiatr J. SHarko klinikasida faoliyat yuritdi, keyinchalik Venaga qaytib, amaliyotchi vrach sifatida ishlay boshladi.  Nevrozlarni davolash bo‘yicha mutaxassis sifatida Freyd shaxsning nazariy muammolari bilan shug‘ullandi, natijada ruhiy kasalliklarni davolashning o‘ziga xos uslubini ishlab chiqdi va uni psixoanaliz deb atadi. Psixoanalizning keng doiralarda ommalashganiga qaramay, mutaxassislar hanuzgacha unga nisbatan turlicha munosabat bildiradilar. Buni Freydning o‘zi o‘ta ziddiyali odam bo‘lganligi bilan tushuntirish mumkin. Bir tomondan, u faktlarga nisbatan juda e’tiborli bo‘lgan, Freydni faktlarning bilimdoni deyish mumkin. U faktlar bilan juda oqilona va puxtalik bilan ish yuritadi, qiziqarli tarzda umumlashtiradi, ilg‘or nazariy qoidalarni ilgari suradi va ularni faktlar yordamida qayta isbotlaydi. Ikkinchi tomondan, Freyd  matnlarida ko‘pgina asoslanmagan nazariy qoidalar keltiriladi. Freyd bilan yaqindan tanish bo‘lganlarning fikriga ko‘ra, uning faktlarga nisbatan bunday munosabatini o‘rganilgan muammolarning shaxsan uning o‘ziga xosligi   bilan tushuntirish mumkin. SHu bilan birga, Freyd inson ba’zi harakatlari va ruhiy hodisalarning anglanmagan sabablarini o‘rganishga salmoqli hissa qo‘shdi.

Anglanmagan jarayonlarni chuqur o‘rganishga gipnozdagi bemor ayolga o‘ziga kelgandan so‘ng joyidan turib, qatnashchilardan biriga tegishli bo‘lgan soyabonni olishi kerakligiga ishontirilgan  gipnoz seanslaridan birida ishtirok etganligi Freyd uchun turtki bo‘ldi. Bunda ayolga uyg‘onishidan avval bunday ishontirish o‘tkazilgani haqida yodidan chiqarishi kerakligi uqtirildi. Gipnozdan uyg‘ongan ayol o‘rnidan turib, soyabonni oldi va uni ochdi. Uning nega bunday qilganligi so‘ralganida, soyabonning ishlashini tekshirib ko‘rganligini aytdi. Ayolga soyabonning uniki emasligini eslatganlarida, u uyalib qoldi. Bu tajriba Freydning diqqatini o‘ziga tortdi va unda juda kuchli taassurot qoldirdi. Unda qator noyob hodisalar: birinchidan, amalga oshiriladigan harakatlar sabablarining anglanmaganligi; ikkinchidan, bu sabablarning ta’sirchanligi: odam topshiriqni nima uchun bajarayotganligini bilmasdan turib, vazifani bajaradi; uchinchidan, o‘z harakatini tushuntirib beruvchi dalil izlab topish va, nihoyat, ba’zan davomli so‘rovlar usuli yordamida  odamni harakatlarining asl sababi haqidagi xotiralarga yo‘naltirish  imkoniyati qiziqish uyg‘otdi. Bu tasodifga binoan va qator boshqa faktlarga tayangan holda Z. Freyd o‘zining ongsizlik nazariyasini yaratdi.

U o‘z nazariyasida ongsizlik ifodalanishining uch asosiy shakli: tush ko‘rish, yanglish harakatlar (narsalar, bajarmoqchi bo‘lgan vazifalar, ismlarning xotiradan ko‘tarilishi, jumlalarni aytishda, yozishda xatolikka yo‘l qo‘yish va boshqalar) va nevroz belgilarini ajratdi. Psixoanaliz nazariyasida ongsizlik ifodalarini tadqiq qilish uchun ularni o‘rganish metodlari: erkin assotsiatsiyalar metodi va tush ko‘rish tahliliy metodi  ishlab chiqildi.

 Freyd nevroz belgilariga alohida e’tibor qaratadi. SHifokorlik amaliyotidan bir misol keltiramiz: yosh bir qiz dunyodan ko‘z yumgan opasining tepasiga kelib, bir daqiqaga pochchasi haqida: «Endi u erkin va menga uylana oladi» deb o‘ylab, og‘ir nevrozga chalingan. Bu fikr ushbu vaziyatga umuman mos kelmasligi vajidan o‘sha zahotiyoq siqib chiqarilgan va kasallikka chalingan qiz opasining tepasida bo‘lib o‘tgan bu ko‘rinishni yodidan chiqarib yuborgan. Lekin davolanish vaqtida u katta qiyinchilik va hayajon bilan uni esladi, shundan so‘ng darddan forig‘ bo‘ldi.

       Z. Freyd tasavvurlariga ko‘ra, nevroz belgilari – bu ongsizlik sohasida kuchli zararlangan o‘choq hosil qiluvchi va o‘sha erdan turib o‘zining emiruvchi vazifasini amalga oshiradigan siqib chiqarilgan shikastlovchi  kechinmalarning izlari. O‘choq ochilishi va zararlantirilishi lozim, shunda  nevroz keltirib chiqaruvchi sababdan mahrum bo‘ladi.

 Belgilar asosini har doim ham so‘ndirilgan jinsiy mayl tashkil etmaydi. Kundalik hayotda ko‘p hollarda jinsiy soha bilan hech qanday bog‘liqligi bo‘lmagan noxush kechinmalar yuzaga keladi, va, shunga qaramay, ular sub’ekt tomonidan so‘ndiriladi yoki siqib chiqariladi. Ular, shuningdek, yanglish harakatlarda yuzaga chiqadigan affektiv o‘choqlar hosil qiladi. Z. Freydning «Psixoanalizga kirish. Ma’ruzalar» asaridan ba’zi parchalarni keltiramiz. Keyingi misol noto‘g‘ri izohlarga tegishli. Freyd fikriga ko‘ra, noto‘g‘ri izohlar tasodifan yuzaga kelmaydi: ularda insonning haqiqiy (yashirilgan) niyatlari va kechinmalari yuzaga chiqadi. Bir kuni ba’zi bir shaxsiy sabablarga ko‘ra yig‘ilishning o‘tkazilishini xohlamagan majlis raisi uning ochilishida: «Janoblar, yig‘ilishimizni yopiq deb hisoblashga ruxsat berishingizni so‘rayman»  deb yuboradi.

Z.Freyd amaliyotidan noto‘g‘ri harakatga doir yana bir misol keltiramiz. U yosh amaliyotchi shifokor sifatida bemorlarning uylariga tashrifi chog‘ida o‘zida ba’zi bir eshiklarning qo‘ng‘irog‘ini bosish o‘rniga kissasidan shaxsiy kalitini olish odatining paydo bo‘lganiga e’tibor berdi. O‘z kechinmalarini tahlil qilib, bu odatning o‘zini o‘z uyidagidek his etadigan bemorlar uyining eshigi oldida yuzaga kelishini aniqladi.

Anglanmagan jarayonlarni o‘rganishda Freyd tomonidan erkin assotsiatsiyalar metodi qo‘llanilgan edi. Assotsiatsiyali tajribada sinaluvchi yoki bemorga ko‘rsatilgan so‘zlarga javoban miyasiga kelgan istalgan so‘zni  darhol aytishi taklif etiladi. Va, bundan ma’lum bo‘ldiki, bir necha o‘nlab  urinishlardan so‘ng sinaluvchining javoblarida uning yashirin kechinmalari bilan bog‘liq so‘zlar paydo bo‘ladi.

Masalan, K.Chapekning «Shifokor Rousning tajribasi» hikoyasida erkin assotsiatsiyalar metodining qo‘llanilishi tasvirlanadi. SHu o‘rinda bu hikoyaning qisqacha mazmunini keltiramiz. CHexiya shaharchalaridan biriga  kelib chiqishi chex bo‘lgan amerikalik ruhshunos professor tashrif buyuradi. Uning o‘z mahoratini namoyon qilishi e’lon qilinadi. SHahar aslzodalari, muxbirlar va boshqa shaxslardan iborat haloyiq to‘planadi. Qotillikda ayblanayotgan jinoyatchini olib kirishadi. Professor unga tiliga kelgan birinchi so‘z bilan javob berishni taklif etib, so‘zlarni aytib turadi. Avval jinoyatchi u bilan ish yuritishni umuman istamaydi. Lekin keyinchalik so‘zlar o‘yini e’tiborini tortadi va u qiziqib ketadi. Professor avval umumiy so‘zlar: pivo, ko‘cha, it kabilarni taklif etadi. Asta-sekin jinoiy vaziyatlar bilan bog‘liq so‘zlarni kirita boshlaydi. «Kafe» so‘ziga javob – «shoh ko‘cha», «dog‘lar» so‘zi berilsa, javob «qop»;  «yashirish» so‘ziga - javob «ko‘mib qo‘yish», «belkurak» - «o‘ra», «o‘ra» - «devor» va h.k. Seansdan so‘ng professor tavsiyasiga ko‘ra politsiyachilar devor oldidagi bir joyga borib, o‘rani ochadilar va yashirib qo‘yilgan jasadni topadilar.

Harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilari haqidagi suhbatni yakunlar ekanmiz, Freyd nazariyasi o‘zining ziddiyatliligiga qaramay, insonning anglanmagan harakatlarining ko‘pchilik mexanizmlarini tushunish   imkoniyatini yaratishini ta’kidlab o‘tish lozim.

Anglanmagan jarayonlarning uchinchi sinfini 4.5. Îng usti jarayonlari 

«ong usti jarayonlari» tashkil etadi. Bu darajaga yirik ongli faoliyat natijasida qandaydir yig‘indi mahsulotning hosil bo‘lish jarayonlari kiradi. Bu hodisa bilan biz uchun muhim va murakkab bo‘lgan qandaydir muammoni hal etishga uringanimizda to‘qnashamiz. Biz uzoq vaqt turli usullarni ko‘rib chiqamiz, mavjud axborotni tahlil qilamiz, lekin hanuz muammoning aniq echimini topa olmaganmiz. SHunda birdaniga o‘z-o‘zidan, ba’zida kichik bir sababni qo‘llagan holda ushbu muammoning echimiga erishamiz. Bizga barchasi ayon bo‘ladi, bu muammoning asl mohiyatini aniq tushunamiz va uni qanday hal etishni bilib olamiz. Bu endi qandaydir muammoning echimiga oddiy nigoh tashlash emas, aksincha, bu hayotimizni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan sifat jihatidan yangi qarashdir.

Shunday qilib, nima uchun muammoning bunday echimida to‘xtalganimiz haqida aniq tasavvur saqlanib qolmagan bo‘lsa ham, ongimizga kirganlar haqiqatdan ham yig‘indi mahsulot bo‘lib hisoblanadi. Biz faqat ma’lum daqiqada yoki vaqtning ma’lum oralig‘ida nimalar haqida o‘ylaganimiz yoki boshimizdan kechirganlarimizni bilamiz. Muammo echimini ishlab chiqish jarayonining o‘zi esa bizlar uchun anglanmagan bo‘lib qoldi. Kundalik hayotda shunga o‘xshash hodisalar ko‘p hollarda ichki sezgi tuyg‘usi, ya’ni, ong nazoratidan tashqarida joylashgan darajada tahlil qilish usuli yordamida qaror qabul qilish deb ataladi.

Nima uchun shunga o‘xshash jarayonlarni ongdan tashqarida joylashtirish lozim? CHunki, ular ongli jarayonlardan o‘zlarining ikki xususiyati bilan farq qiladi. Birinchidan, sub’ekt «ong usti» jarayoni olib kelishi mumkin bo‘lgan yakuniy natijani bilmaydi. Ongli jarayonlar esa xarakat maqsadini, ya’ni,  sub’ekt intilayotgan natijani aniq anglagan holda  belgilab beradi. Ikkinchidan, «ong usti» jarayonning yakun topish vaqti noma’lum; ko‘p hollarda u sub’ekt uchun kutilmagan holatda to‘satdan o‘z nihoyasiga etadi. Ongli jarayonlar esa maqsadga yaqinlashish va unga erishilgan lahzani taxminiy baholash ustidan nazoratni belgilab beradi.

      Ongli va ong usti jarayonlari bir-biri bilan muntazam ravishda aloqada bo‘ladi. Masalan, hammaga tanish bo‘lgan – sevgi tuyg‘usi. Bu insonni sevishingizni bilasiz, lekin nima uchun uni sevasiz? Boshqa odamni emas, aynan shu odamni sevishga sizni nima undaydi? Bundan tashqari sizning tanlovingiz tanishlaringiz ichida eng yaxshisi bo‘lmagan taqdirda. Buni faqat biz ong usti jarayonlari deb nomlagan ma’lum mexanizlarning faoliyati bilan tushuntirish mumkin.

SHuning uchun ong usti jarayonlari insonlar hayotida juda muhim o‘rin tutadi. Bunday jarayonlarga to‘laligicha ijodiy tafakkur jarayonlarini, og‘ir qayg‘u yoki yirik hayotiy voqealar kechinmalari, tuyg‘ular inqirozlari,   shaxsiy inqirozlar va shunga o‘xshash jarayonlarni kiritish mumkin.

Birinchilar qatorida ong usti jarayonlariga maxsus e’tibor qaratganlardan biri amerikalik ruhshunos U. Djems edi. U to‘plagan ma’lumotlar «Diniy tajribaning xilma-xilligi» kitobida bayon etilgan. Bu mavzuga oid keyingi ilmiy ishlar sifatida Z. Freyd, E. Lindemanning maqolalarini va F.E. Vasilyuk kitobini keltirish mumkin.

Kuzatiladigan jarayonlarni U.Djems ongsiz jarayonlar deb atagan edi.  «Ong usti jarayonlari» atamasini YU.B. Gippenreyter o‘z ishlarida keng qo‘llaydi. U jarayonlarning asosiy xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi: bu jarayonlar ong ustida sodir bo‘lishining ma’nosi ularning mazmuni va vaqt o‘lchamlari ong joylashtirishi mumkin bo‘lgan hajmdan yirik bo‘lishidan iborat; ular o‘zlarining alohida qismlari bilan ong orqali o‘tishida yaxlitligicha uning tashqarisida joylashadi.

Biz ko‘rib chiqayotgan jarayonlar va ong nisbatini chizma tarzida tasavvur qiladigan bo‘lsak (4.1 rasm), markazga ongni joylashtirishimiz lozim, qolgan jarayonlar uning atrofidan o‘rin oladi. CHizmaning pastida ongli harakatlarning anglanmagan mexanizmlari joylashadi (I). O‘z mohiyatiga ko‘ra ular ongli aktlarning texnikaviy ijrochilaridir. Ularning ko‘pchiligi ong vazifalarining  anglanmaydigan darajalariga o‘tkazilishi natijasida sodir bo‘ladi.

Ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilarini ong darajasiga joylashtirish mumkin  (II). Inson uchun, balki, ular ongli qo‘zg‘atuvchilar kabi ahamiyatlidir, lekin ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilari ulardan farqli ravishda ongdan siqib chiqarilgan, hissiyot bilan faollashtirilgan va ongga alohida ramziy shaklda davriy holda o‘tib turadi.

«Ong usti» jarayonlari (III) haqli ravishda psixik jarayonlar nisbatlar ketma-ketligining cho‘qqisini egallashi lozim. Ular davomli va shiddatli ong faoliyati shaklida rivojlantiriladi. Buning natijasi bo‘lib ongga yangi ijodiy g‘oya, yangi munosabat yoki tuyg‘u ko‘rinishida qaytib keladigan allaqanday yig‘indi oqibat hisoblanadi.

Biz to‘xtalishimiz lozim bo‘lgan yana bir muammo mavjud. Bu muammo anglanmagan psixik jarayonlarni bilish tadbirlaridan iborat. Haqli ravishda anglanmagan jarayonlarni agar ular anglanmaydigan bo‘lsa, qanday o‘rganish mumkin degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Avvalambor, anglanmaydigan hodisalar ongimizda turli shakllar: idrok illyuziyalari, mayl xatoliklari, freydning noyob hodisalari, ong usti jarayonlarining yig‘indi natijasida namoyon bo‘lishini qayd etish lozim. Anglanmaydigan jarayonlar haqidagi ma’lumotlarga ko‘nikmalar shakllanishining o‘sishini tahlil qilishda, shuningdek, tadqiqotchining turli fiziologik indikatorlardan olgan axborotni o‘rganishda ega bo‘lish mumkin (A.R. Luriya).

Bundan kelib chiqadiki, anglanmagan jarayonlarni o‘rganishda biz xuddi o‘sha boshlang‘ich ma’lumotlar: ong, hulq-atvor faktlari va fiziologik jarayonlarni qo‘llaymiz. Ular majmuasidan foydalanish ruhshunosga «ongsizlik» sohasiga tegishli bo‘lgan hodisalarni o‘rganish imkonini beradi.

Shunday qilib, inson psixikasi juda murakkab bo‘lib, o‘zida faqatgina ongni emas, balki, sub’ekt tomonidan nazorat qilinmaydigan jarayonlarni  ham birlashtiradi. Ongsizlik sohasi murakkab va tartibli zinapoya tuzilishiga ega.