3. Mavzu: HULQ-ATVORNING PSIXOFOZIOLOGIK ASOSI
Reja:
3.1. Nerv tizimi va endokrin tizimining inson organizmi va hulq atvoridagi ahamiyati.
3.2. Hulq-atvor va irsiyatning psixologik xususiyatlari
3.3. Instinkt tushunchasining mazmuni.
3.4. Odam va hayvon psixikalari o‘rtasidagi tafovut
Adabiyotlar:
1. Þãàé A.X., Mèðàøèðîâà Í.A. “Oáùaÿ ïñèõîëîãèÿ” – Taøêåíò 2014 ã. Ñ.-75-79.
2. Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y, B. 33-40.
Blits-so’rov savollari
1. «Rivojlanish» va «psixika rivojlanishi» nimani anglatadi?
2. Psixika rivojlanishining asosiy bosqichlaridan qaysilarini bilasiz?
3. «Ta’sirchanlik», «sezgilar», «hissiyot» larga qanday ta’rif berish mumkin?
4. Hulq-atvor haqida tashqi muhit sharoitlariga moslashishning shakli sifatida ma’lumot bering.
6. Odamda oliy psixik vazifalarning rivojlanishi haqida gapirib bering.
7. Odam va hayvonlar psixikalari o‘rtasidagi qanday tafovutlarni bilasiz?
8. Ong va ongsizlik nima?
10. Ongning paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqida gapirib bering.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Nerv tizimi- tirik mavjudotlarning evolyusiya natijasida o‘zini takomillashtirib borishi bilan ularning organizmlarida o‘z zimmasiga rivojlanish, hulq-atvor va yaratish kabilarning boshqaruvi vazifasini olgan maxsus organ
Neyronlar- nerv hujayrasi, nerv tizimining asosiy tuzilmasi
Miya-yuqori tashkil etilgan materiya
Endokrin tizimi- markaziy nerv tizimining tor aloqasida ikkinchi aloqa tizimi ya`ni endokrin tizimi joylashgan.
Instinkt- u yoki bu biologik turga xos, tug’ma biologik shartlangan xulq-atvor.
Sinaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi.
Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o’rtasidagi kichik oraliq.
Irsiyat- organizmlarning o‘z belgi va hususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish xossasidir.
Akson – tolasining uchi tarmoqlangan bo’lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi.
Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o’simtalari bo’lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi.
Psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelik.
Jins – psixologiyada biologic va ijtimoiy omillarning ta’siri va erkak yoki ayol farqlarini aniqlashtirish xususiyatidir.
Testosteron-asosiy erkak gormon. U erkaklarda hamda ayollarda uchraydi. Agar testosterone ayol organizmida ko’payib ketsa, u holda bu homilada erkak jinsiy a’zolarining rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, o’g’il bolalarda jinsiy yetilish davrida tashqi jinsiy belgilarning rivojlanishi tezlashishi kuzatiladi
Shartsiz reflekslar – organizmning muhim hayotiy ta’sirlovchi omillar (ozuqa, xavf va shunga o‘xshashlar)ga nisbatan tug‘ma reaksiyasi.
Shartli reflekslar – bu organizmning shunday reksiyalaridirki, ular tug‘ma bo‘lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi.
Retseptorlar – hissiy yoki sensor hujayralar bo‘lib, ular, ya’ni, bu ta’sirlanish, ichki yoki tashqi ta’sirlanish bo‘lishidan qat’iy nazar, u haqidagi axborotni qabul qilgandan so‘ng, o‘zgartirib, asab tizimiga etkazib beruvchi maxsus tuzilmalardir.
Hozirgi zamon fanida jadal rivojlanib, katta qiziqish uyg‘otayotgan va inson sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo‘lgan soha asab tizimini tadqiq etish hisoblanadi.
Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatishini nerv hosilalarining to‘plamlari ta’minlab beradi.
Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo‘limlardan iborat. Markaziy asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani o‘z ichiga oladi. Miya organizmda boshqaruvchi vazifasini o‘taydi va psixomotor faoliyatni ta’minlab beradi. Bundan tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan boshqarib, inson organizmining beshta asosiy tuyg‘ulari – ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish va sezishni nazorat qiladi.[1]
Periferik asab tizimi – nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar majmuasi yurak, o‘pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar va to‘qimalarni ta’minlaydi, bularning barchasi vegetativ asab tizimini tashkil etadi. Uning faoliyati inson iroda kuchiga bog‘liq bo‘lmaydi. (3.1 rasm)
Asab tizimi organizmning ixtiyoriy va ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarini boshqaradi. Ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarga misol qilib ovqat hazm qilish vazifasini keltirishimiz mumkin. Asab tizimini tashkil etuvchi milliardlab asab hujayralari organizmning o‘zidan, shuningdek, tashqi muhitdan axborot qabul qiladilar.
Bosh miya xaritasini tuzib, nervlar vazifalarini aniqlashga ilk marotaba Tomas Uillis (1621-1675) qo‘l urgan edi. Nemis vrachi Frans Gall (1758-1828) miyaning frenologiya xaritasini yaratib, unda «ruh layoqatlari» deb nomlagan psixikaning xossalarini joylashtirdi.
Bosh va orqa miya – ikki hayotiy muhim organlar – miya qutisi va umurtqa pog‘onasi suyaklari bilan o‘ralgan va himoya qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib katta miya (ikki yarim sharlar), miyacha, orqa miya hisoblanadi. Miya yarim sharlari – bu organning axborotni qabul qilib, tananing boshqa qismlariga o‘tkazuvchi asosiy qismidir. Yarim sharlar nutq, tafakkur va xotiraga ma’suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas olish va qon bosimi kabi vazifalarni boshqaradi.
Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy hamkorlikda inson barcha organlarining faoliyatini boshqaradi. Inson fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki sezgilari, shuningdek, uning har bir anglangan harakati amalga oshirgan faoliyatining aksi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab tizimi, ichki, vegetativ, anglamaydigan vazifalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa gomeostaz (muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi.
Asab tizimi somatik va vegetativ bo‘limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet mushaklari qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta’minlagan holda organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Ikkinchisi, moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Neyron-asab tizimining asosiy birligi
Inson tanasi va hokazo suyak hujayralari, mushak hujayralari, tana hujayralari, deb hujayralari turli turdagi iborat Har bir turi alohida vazifasi bor bir birlik shakllantirish, kichik hujayralari millionlab topgan. bir tana qismi elektr xabarlar burchi nerv hujayralari uchun tayinlandi. Bizning asab tizimi nerv hujayralari iborat. uning barcha filiallari bilan bir asab hujayrasi neyronlarning deyiladi. Bu neyronlarning asab tizimining yakuniy tuzilishi va funktsional birligi hisoblanadi. bir shaxsning asab tizimida neyronlar soni 200 milliard 100 baholanmoqda. Ular, asosan, tarkibida bir xil bo'ladi, lekin maxsus vazifalar uchun mo'ljallangan turli uzunliklar, shakl va darajada ko'rinadi. Har bir neyrondagi ichida DNK dan genetik ko'rsatmalar oshiruvchi har biri RNK molekulalari, millionlab bor.
Miya oq va kul rang moddadan iborat. Kul rang modda asab hujayralarining to‘plamlaridan hosil bo‘ladi, oq moddani esa asab tolalari tashkil etadi. YAqin vaqtgacha kul rang modda asosan yurish va yugurishga bo‘lgan ko‘nikma hosil qilish bilan bog‘lanar edi. Hozirgi kunlarda olimlar yana bir qonuniyatni aniqladilar – yangi raqs harakatlarini o‘rganib, ijro etishga layoqatli insonlarning miyasi faolroq bo‘lar ekan.
Miya yarim sharlarining vazifalarini ko‘rgazmali tarzda quyidagicha tasvirlash mumkin ( 3.1 jadval).
3.1 Jadval
Vazifalari |
|
Chap yarim sharlar |
O‘ng yarim sharlar |
1. Xronologik tartib |
1. Joriy vaqt |
2. Ismlar, so‘zlar, timsollarni eslab qolish |
2. Tasvirlarni, aniq voqealarni eslab qolish, odamlarni yuzlaridan tanish |
3. Xarita, chizmalarni o‘qish |
3. Aniq fazoni qabul qilish |
4. Nutqning faolligi, ma’noga nisbatan sezgirlik |
4. Hissiy holatni qabul qilish |
5. Olamni quvnoq, engil holda ko‘rish |
5. Olamni qora ranglarda ko‘rish |
6. To‘laligicha qabul qilish |
6. Yaxlit, obrazli qabul qilish |
Amerikalik olimlar (R. Xayer va boshqalar) erkaklar va ayollar turlicha fikr yuritishlarini aniqladilar. Miya anatomiyasini tadqiq etish orqali erkaklar ko‘proq kul rang moddani, ayollar esa oq moddani faollashtirishlari ma’lum bo‘ldi. Boshqacha aytganda, tafakkur jarayonida kuchli jins ayollarga nisbatan kul rang moddadan 6,5 marta ko‘proq, go‘zal jins vakillari esa oq moddadan 10 marta ko‘proq foydalanar ekan.[2]
Jinsiy tanlov nazariyasining mohiyati:
Jinsiy tanlov-avlod qoldirish uchun ma’lum jins o’rtasidagi boshqa jins uchun bo’ladigan kurash jarayoni. Bu mexanizm evolutsiyaning yezlashish jarayoniga turtki bo’lgan sabablaridan biri
Jinsiy tanlov odatda tabiiy saraloshda yuz beradi. Zamonaviy etologlarning fikricha, sevgi tuyg’usi va o’z-o’zini qurbon qilish jinsiy tanlov natijasida kelib chiqqan.
Evolutsion estetika. Agar evolutsion etika ilmiy-yo’nalish maqomiga ega bo’lib ulgurgan bo’lsa, evolutsion estetika hali keng darajada tarqalmagan.
Ong haqida tushuncha. Ong psixik jarayonning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Uning asosiy xususiyatlari bu harakat va shiddatdir. U refleksik va turki bo’luvchi xususiyatga ega. “Men-mohiyat”. Inson onggi va miya rivojlanishi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik.
Odamning har bir psixik jarayoni holati va xususiyati butun markaziy nerv tizimining faoliyati bilan bog‘liqdir. Nerv hujayrasi, nerv tizimining asosiy tuzilmasi neyron deyiladi. Akson – tolasining uchi tarmoqlangan bo’lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi. Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o’simtalari bo’lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi.
Sinaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi. Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o’rtasidagi kichik oraliq. Har bir neyronda muntazam ravishda almashinuv jarayonlari ro‘y berib, oqsillar sintezlanadi, asab impulslari to‘plangan holda o‘tkazilib turiladi.
Neyron tanasining o‘rtacha diametri 0,01 mmni, bosh miyadagi neyronlarning umumiy soni esa 100 mlrd.ni tashkil etadi
Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik zahirasini joylaydi, va natijada, ko‘p miqdorda ortiqcha neyronlar hosil bo‘ladi. Ularning taxminan 70% bolaning tug‘ilish davrigacha nobud bo‘ladi va bu jarayon tug‘ilgandan so‘ng ham, umri bo‘yi davom etadi. Hujayralarning bunday nobud bo‘lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo‘ladi. Neyronlar o‘ta egiluvchandir. Egiluvchanlikning ma’nosi shundan iboratki, nobud bo‘lgan asab hujayralarining vazifalari ularning o‘z hayotchanligini saqlab qolgan «hamkasblari» zimmasiga yuklanadi, ularning o‘lchamlari kattalashgani hisobiga yo‘qotilgan vazifalarning o‘rni to‘ldiriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh miyadagi neyronlarning 90% ga yaqini nobud bo‘lmagunicha, kasallik belgilari namoyon bo‘lmay, inson sog‘lom ko‘rinishini saqlab qolar ekan. YA’ni, bitta tirik asab hujayrasi to‘qqizta nobud bo‘lgan hujayralarning o‘rnini bosishi mumkin ekan.
Lekin asab tizimining egiluvchanligi keksalik davrigacha zehnni tiniq holatda saqlab qolishning yagona mexanizmi emas. Tabiatning zahiradagi yana bir yo‘li – voyaga etgan sut emizuvchilarning bosh miyasida yangi asab hujayralarining hosil bo‘lishi, yoki neyrogenez hodisasi ham mavjud. Agar asab hujayralari bo‘linmaydigan bo‘lsa, yangi neyronlar qaerdan paydo bo‘ladi? Ular voyaga etgan organizmning o‘zak hujayralaridan hosil bo‘ladi.
Ong psixikaning eng yuksak darajasi bo‘lib u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo‘lish natijasidir. Bu ma’noda ong mutafakkirlar ta’kidlab o‘tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir.
Ong yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik – bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko‘rish, ba’zi patologik hodisalar, alaxlash, gallyusinatsiya kabilar kiradi.
Markaziy nerv tizimining tor aloqasida ikkinchi aloqa tizimi ya`ni endokrin tizimi joylashgan. Endokrin tizimining temir moddalari kimyoviy gormonlarni ishlab chiqaradi. Bu gormonlar tananing bir to’qimasida ishlab chiqariladi.Va qon oqimi bilan boshqa to’qimalarga quyiladi va ularga ta’sir qiladi.
Hulq-atvor – bu tirik organizmning tashqi muhit ta’sirlariga javoban yuzaga keladigan murakkab reaksiyalar majmuasi hisoblanadi. Tirik mavjudotlar psixikasi rivojlanganligining darajasiga ko‘ra, murakkabligi turlicha bo‘lgan hulq-atvorga ega ekanliklarini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. SHunday qilib, yuqoridagi fikrlar asosida, tirik organizmlar psixikasi rivojlanganligining to‘rt asosiy darajasini ajratish mumkin, bular: ta’sirchanlik, sezgilar (his-tuyg‘ular), yuqori tuzilgan biologik turning xulq-atvori (tashqi belgilangan hulq-atvor), inson ongi (sababiy hulq-atvor)dir. Ushbu darajalarning har biri o‘z rivojlanish bosqichlariga ega ekanliklarini ta’kidlab o‘tish zarur. Psixika rivojlanishining yuqori darajasi faqat insonga xosdir.
Hulq-atvorning psixofiziologik asosi
Sizni siz qiladigan narsa nima? Eng muhimi, bizning har bir inson betakror. Har bir insonning ko’rinishi turlicha: uning ovozi, tili turlicha, insonlarni bir-biridan farq qiladigan shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, madaniy va oilaviy sharoitlari mavjud.
Shuningdek, biz bir daraxtning barglarimiz. Bizning insoniy oilamiz nafaqat bizni ajratgan va qonga singib ketgan umumiy biologik meros, bundan tashqari umumiy xulq-atvorlari hamdir. Bizning miyamizni arxitekturasi dunyoni his qilishga, tilni rivojlantirishimizga va bir xil mexanizmlar orqali ochlikni his qilishga yordam beradi. Biz Arktikadami yoki tropik iqlimda yashashimizdan qat'i nazar, biz nordondan shirin mazani afzal ko’ramiz. Biz ranglar spektrini o’xshash ranglarga ajratamiz. Va biz zurriyotlarini yaratish va himoya qilish kerakligini his qilamiz.
Bizning qarindoshligimiz bizning ijtimoiy xulq-atvorimizda paydo bo'ladi. Vongmi, Nikomomi, Smitmi, yoki Gonzalesmi, biz tahminan sakkiz oylik bo’lganimizdan so’ng notanishlardan qo'rqishni boshladik va kattalar kabi, biz munosabat va o’xshashligiga ko’ra kishilarni afzal ko’ramiz. Sayyoramizning turli burchaklaridan bo’lishimizdan qat’iy nazar, biz boshqalarni kulganini va xo'mrayishini qanday o'qishni bilamiz. Bir jamoaning a'zolari sifatida, biz, ahloq qoidalariga amal qilamiz, qo’lab- quvvatlaymiz, jinoyatlarni jazolash maqomining ierarxiyasini tashkillashtirdik va bolaning o'limidan xafa bo’lishda bir xilmiz. Tashqi kosmosdan, bir mehmon joyda tomchi va raqs va xursandchilik, qo'shiq va ibodat, sport va o'yin o'ynab, kulib va yig'lab, oilalarda yashayotgan va guruhlar tashkil insonlarni topish mumkin. birga qaralganda, bunday universal xulq bizning inson tabiatini belgilaydi.
Evolyutsionist-psixologlar Ch.Darvin ta’limoti va xulq-atvor o’rtasidagi aloqadorlikni tadqiq qilish natijasida shuni aniqlashdiki, bizning universal shaxsiy xususiyatlarimizni bizning individual farqlarimiz bixevioral genetika (xulq-atvor genetikasi) tadqiqot predmeti ekanini tushuntirishga harakat qilishdi.
Darvin tomonidan ishlab chiqilgan nazariya jonli tabiatni tushunishga bo’lgan insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo’ldi. Darvin birinchi bo’lib organizmlarning evolutsion o’zgarishini haqiqat ekanligini isbotlab berdi. Uning nazariyasida atrof-muhit va organizmlar o’rtasidagi o’zaro munosabat o’z xarakteriga ega. Darvin atrof-muhitning oo’zgarishi organizmlar o’zgarishiga turtki bo’lishini aytib o’tgan, ammo boshqa tomondan o’zgarishlar aynan organizmlarda kuzatilgan va organizmlarning divergent evolutsiyasi ularning yashash muhitini ham o’zgartirgan. Tabiiy saralash va yashash uchun kurashni o’rganish organizmlarning o’rtasidagi munosabat , atrof-muhit ta’siri va shuningdek organizmlarning avtonom birlik sifatida qarama qarshi muhitda rivojlanishi o’rganiladi. Zamonaviy evolutsiya nazariyasi Darvin nazariyasi asosida yaratilgan. Shu bois, Darvin nazariyasi evolutsiya jarayonidagi organik dunyoning tuzilish borasidagi muhim savollarga mantiqiy va isbotlar bilan javob bera oladi deb aytishimiz mumkin.
Genetika xulq-atvorini quyidagicha o’rganib chiqishdi:
Egizaklarni tadqiq etish. Egizaklarning bir va har xil otalangan tuxum hujayradan paydo bo’lganligi bir necha metodlar orqali aniqlanadi. Odatda bir tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar tashqi qiyofasi, salomatligi, xatti-harakati, jinsi bilan o’xshash bo’ladi. Ulardagi o’xshashlik ularning vujudga keltirishda rol o’ynagan blastomeradagi xromosomalar, genlarning o’xshashligi bilan izohlanadi.
Ikki xil tuxum hujayradan hosil bo’lgan egizak ona qornida bir vaqt bir xil sharoitda taraqqiy qilsalar ham, ulardagi xromosomalar genlar tafovut qilganlari sababli ularning tashqi qiyofalari, belgi xossalari bir-biridan farq qiladi.
Asrab olingan bolalarni tadqiq etish.
Tabiiy-ijtimoiy eksperiment o’tkazish jarayonida mehribonlik uyidan asrab olingan bolaning 2 guruhga oid qarindoshlari o’rganildi. Bulardan biri genetik qarindoshlar (biologik ota-ona) va ijtimoiy qarindoshlar (bolani asrab olgan ota-ona). Genetiklarni bolani qaysi qaysi guruhdagi qarindoshlariga ko’proq o’xshashligi qiziqtiradi. Va qay darajada o’xshashliklari qiziqtiradi.
GEN-ATROF-MUHIT O’ZARO TA’SIRI
Qanday qilib gen va atrof-muhit bir-biriga ta’sir qiladi.
Bizning shaxsiyatimiz faqatgina genlarimizning mahsuli ekanligini taxmin qila olamizmi? Yo’q, chunki gen va atrof-muhit, tabiat va tarbiya xuddi ikki qo’lning qarsagi kabi birga ishlaydi.
Bizning o’xshashliklarimiz ichida eng muhimi – turlarimizning xarakterli tamg’asi – bu bizning ulkan moslashuvchanlik imkoniyatimizdir. Ba’zi inson fe’l-atvori ikki ko’zga ega bo’lish kabi har muhitda hayolan bir xil rivojlanadi. Ammo boshqa fe’l-atvorlar aynan maxsus muhitlarda ifodalanadi. Yozda yalangoyoq yurib siz qattiqlikni rivojlantirasiz, qadoq oyoqlar – ishqalanishga moslashgan biologik holatdir. Ayni paytda sizning qo’shningizning taqasi – yangi kelgan odam bo’lib qoladi. Ikkingiz orangizdagi farq, albatta atrof-muhitning natijasidir. Lekin bu shuningdek biologik mexanizmning mahsuli – moslashish hamdir. Bizning bo’lishgan biologiyamiz bizning rivojlangan farqimizni osonlashtiradi (Buss, 1991).
Genlar – o’z-o’zlarini tartibga soluvchilardir. Vaziyatga qaramasdan bir xil natijaga olib boruvchi andazadek harakat qilgandan ko’ra genlar reaksiyaga kirishadi. Afrikaning yozdagi yashil xonqizisi kuzda jigarrangga aylanadi. Haroratni nazorat qiluvchi genetik o’zgarishdan mamnun holda ayrim vaziyatda jigarrangni ishlab chiqaradigan genlar boshqa vaziyatda yashilni ishlab chiqaradi. Shunday qilib, aynan bir xil, lekin turli tajribali odamlar bir-biriga o’xshash fikrlarga ega bo’ladi, lekin aynan emas. Bir egizak o’zining sherigining sevgisidan mutlaqo o’zgacha tarzda sevib qolishi mumkin.
Bizdan xarakterimiz ko’proq genlarimizning mahsulini yoki atrof-muhitnikimi deb so’rash xuddi dalaning hududi ko’proq uzunlikning mahsulimi yoki kengliknikimi deb so’rash kabidir. Shunga qaramay biz turli xil dalalarning turli xil hududlari ko’proq ularning kengligi va uzunligining farqining natijasimi deb so’ray olamiz. Va shuningdek insonning insonga xarakteri farqlari ko’proq tabiat tomonidanmi yoki tarbiya tomonidanmi deb so’ray olamiz.
Genlar va hayotiy tajribaning ikkalasi ham muhim deb aytish - to’g’ri. Lekin ko’proq anig’i, ular o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Tasavvur qiling, ikkita chaqaloq: biri irsiy beg’am, kirishuvchan va jozibali, boshqasi esa kamroq. Taxmin qilamizki, birinchi chaqaloq mehribonlikka va rag’batlantiruvchi parvarishga ko’proq erishadi ikkinchisidan ko’ra va hayotda do’stona, dilkash inson sifatida rivojlanib boradi. Ikkalasi ham o’sib borarkan, tabiiy do’stona bola keyinchalik ko’proq ijtimoiy dadillikni rag’batlantiruvchi mashg’ulotlar va do’stlarni qidiradi.
Ularning natijaviy shaxsiy farqlariga nima sabab bo’lgan? Irsiyat ham, tajriba ham yolg’iz mos kelmaydi. Atrof-muhit genlarning ish-harakatiga sabab bo’ladi. (olimlar hozir qachon maxsus genlar oqsil yaralishiga sabab bo’lishiga atrof-muhitning ta’siri ustida tadqiqot olib borishyapti). Bizning irsiy ta’sirlangan xususiyatlarimiz boshqa raqsdagi hamrohimiz – shuningdek boshqalardagi muhim javoblarni chaqiradi. Shu sababli bolaning ta’sirchanligi va tajovuzkorligi sinfdagi namunali bolaga nisbatan iliq muomalada bo’lgan o’qituvchining jahldorona javobi bo’lishi mumkin. Ota-onalar ham o’zlarining bolalariga turli xil munosabatda bo’lishi mumkin: biri jazolanadi, boshqasi esa yo’q. Bunday holatda bolaning tabiati va ota-onaning tarbiyasi o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Birortasi ham alohida harakat qilmaydi. Irsiyat va makon birga mos tushadi.
Esga soladigan bog’lanishlar bizga tushuntirishga yordam beradi. Nega aynan bir xil turli oilalarda voyaga yetkazilgan egizaklar ota-onalarining iliq munosabatini ajoyib o’xshashlik sifatida eslaydi – deyarli aynan bir xil ota-onalarda bo’lgani kabi (Plomin 1998, 1991, 1994). Do’stona egizaklar o’zlarining ilk oilaviy hayotlaridagi ajralib turuvchi eslatishlariga ega bo’ladi – hattoki bir xil oilada voyaga yetgab bo’lsa ham! “Bolalar bizda turli xil ota-onalardek tajriba qoldiradi, o’zlarining sifatlariga bog’liq holda”, deb qayd qilgan Sandra Skar (1990). Bundan tashqari saralash natijasi ishda bo’lishi mumkin. Yoshimiz o’tgani sayin biz atrof-muhitni bizning tabiatimizga mos kelishiga qarab tanlaymiz.
Shunday ekan, ilg’or tushuncha jihatidan, bizning irsiy mayl va bizni qurshab turgan atrof-muhit orasidagi o’zaro bog’liqlik pog’onasining mahsulimiz.
Xususiyatlarimizga bog’liq holda biz aniq ravishda atrof-muhitni tanlaymiz. Va biz o’zimizning tabiatimizdan reaksiya uyg’otamiz. Shu sababli bizning irsiyat odamlar qanday munosabatga kirishishi va bizga ta’sir ko’rsatishiga ta’sir qiladi.
Biologic xususiyatlar ijtimoiy natijalarga ega. Shunday ekan, tabiat tarbiyaga xilof ekanligini unuting, tabiat orqali tarbiyani o’ylang.
Egizaklar usuli o’xshash belgilarning egizaklarda rivojlanib borishini o’rganishdan iborat. Ma’lumki, odamda egizaklar ikki xil bo’ladi. Ba’zi hollarda bir emas, balki ikkita (kamdan kam hollarda uchta va hatto to’rtta) tuxum hujayra urug’lanadi. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum hujayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar bir jinsli va bir-biriga nihoyatda o’xshash bo’ladi. Bu tushunarli albatta, chunki ular bir xil genotipga egadirlar. Ular o’rtasida tafovutlar esa faqat muhit ta’siriga bog’liq bo’ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan egizaklar egizakmas aka-uka yoki opa-singillardek bir-biriga o’xshash, bir xil yoki har xil jinsli bo’ladi. Egizaklarni o’rganuvchi fan – gemellologiya hisoblanadi.
Tabiiy saralash mexanizmi: Tabiiy saralash jarayonida mutatsiya, ya’ni organizmlarning moslashuv jarayoni mustahkamlanadi. Tabiiy saralashni odatda “aniq-ravshan” mexanizmlar Psixologiya – (qadimgi grek tilidan olingan bo’lib, qalb to’g’risidagi fan degan ma’noni anglatadi)- inson, ruhiyati va ruhiy faoliyatining rivojlanishi vazifa va qonunlarini yaratilishini o’rganadigan fan. U ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan yondashadi. U o’z ichiga psixologiyaning asosini, ma’lum bir faktlarini , mexanizmini va insonni va odamlar guruhini psixologik faoliyatini oladi.
1) Organizmlar yashab qolishidan ko’ra ko’proq avlod qoldiradi.
2) Bu organizmlar populatsiyasida nasldan naslga o’tadigan o’zgaruvchanlik mavjud
3) Genetik xususiyatlarga ega bo’lgan organizmlar kopayish va yashab qolishi turli darajada.
Ushbu yuz yillik boshida, charlz darvinning evolyusiya nazariyasi ta’sirining oshib borgani sari, barcha xulq turlarini instinktlar ko‘rinishida tasniflash qabul qilindi. agar insonlar o‘zlarini tanqid qilishsa, bu ularning “o‘zini-o‘zi kamsitish instinkti” oqibatida sodir bo‘lgan. agar ular maqtansalar, bu ularning “o‘z shaxsini namoyon qilish instinktini” aks etgan. sotsiologlardan biri, besh yuz kitobni ko‘rib chiqib, 5759 ta ehtimoldagi odam instinktlaridan iborat ro‘yxat tuzgan edi! har bir xulqga o‘z instinktini belgilash bilan bog‘liq intilish alaqachon o‘z og‘irligi ostida yo‘q bo‘lib ketgan. bu shuning uchun yuz berdiki, birinchi nazariyachi-instinktshunoslar insonning xulqini tushuntirmasdan, unga faqat nom berish bilan mashg‘ul bo‘lgan. ushbu jarayon aqlli bolaga “darslarni o‘zlashtira olmaydigan” nom berib, uning past baholarini “tushuntirishni” eslatib turgan. xulqni nomlash, uni tushuntirib berish degani emas.
Instinkt sifatida tasniflash uchun majmuaviy xulq ushbu tur orasida turg‘un modelga ega bo‘lishi va orttirilmagan bo‘lishi kerak (Tinberg, 1951). SHunga o‘xshash xulq hayvonot olamining boshqa turlari vakillariga xos (qushlardagi imprintingini (hotirada saqlab qolish) va lososning uvuldiriq sochish uchun o‘z joylariga qatishini esga oling). Insonning xulqida ham tug‘ma moyilliklar, shu jumladan go‘dakdagi emish va harakatlanish reflekslari kabi oddiy turg‘un modellar namoyon bo‘ladi. Biroq, ko‘pchilik psixologlar insonning xulqi fiziologik ehtiyojlarga va ruhiy intilishlarga bog‘liq deb hisoblaydi.
Instinkt nazariyasi odam harakatidagi sabablarni tushuntirib berishning uddasidan chiqmagan bo‘lsada, ammo uning asos bo‘ladigan farazi – genlari ushbu tur uchun xos bo‘lgan xulqni ta’minlaydi – bu esa juda ham muhim. Buni biz bizning ma’lum bir yoqtirmaydigan narsalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan biologik moyilligimiz to‘g‘risida keying boblardagi baxsdan ko‘rdik hamda kelgusida ham o‘zaro yordam berishga, bizning xayolparast qiziqishimiz va jinsiy farqlarimizga qaratilgan xulqqa evolyusiya qanday ta’sir qilishi mumkinligini muhokama qilishda kuzatamiz.
Instinktlar – hayvoning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug‘ma harakatlaridir. Qushlar juda ustalik bilan in yasar ekanlar, material tanlash va inni pishiq qilib qurish yo‘lida xilma-xil harakatlarni bajaradilar. Masalan, qaldirg‘ochlarning in qurishi, Kalyushka deb ataluvchi baliqning erkagi suv tagida erdan chuqurcha kovlab, uni mayda suv o‘simliklari bilan to‘sadi, inning yon devorini quradi va ustini berkitadi buni u yiriqroq o‘simliklardan o‘z tanasidan elimsimon modda chiqarib yasaydi. SHundan keyin erkak baliq urg‘ochi baliqni urug‘ qo‘yish uchun haydab kirgizadi va to urug‘dan baliqchalar ochib chiqqunga qadar in atrofini qo‘riqlab turadi. Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urg‘ochi o‘rgimchakning nomaqul bo‘lib qolgan instinktlari sharotida uning xatti-harakatlarini kuzatgan va tasvirlab bergan edi. Chunonchi, ko‘pincha o‘rgimchak pillasining ichidagini zararkunandalar eb ketgan bo‘ladi. Lekin urg‘ochi o‘rgimchak bo‘shab qolgan pillani qo‘riqlashda va u yoqdan-bu yoqqa ko‘chirishda davom etadi. SHunday hollar ham bo‘ladi-ki, urg‘ochi o‘rgimchak pillani yasab va odatda tuxum qo‘yish chog‘ida bajariladigan harakatlarni bir necha marta takrorlab, amalda tuxum qo‘ymasligi ham mumkin. SHunday bo‘lsa-da, u kelgusi bosqichga, ya’ni bo‘sh pillani qo‘riqlashga va uni u yoqdan – bu yoqga ko‘chirishga o‘tadi. Asalarilar reaksiyasining maqsadga muvofiqligi ham nisbiydir. Agar mumkatakning orqa tomoni teshib qo‘yilsa, asalari yaroqsiz uyaga ma’lum miqdordagi shirani to‘kib bo‘lgach, garchi uning ikkinchi tomonidan shira oqib ketadigan bo‘lsa ham mum bilan berkitib ketadi. Fransuz tadqiqotchisi K.Fabri er arisining bir qolipdagi maqsadga muvofiq bo‘lmagan xatti-harakatini kuzatgan edi. Er arisi uyasining oldiga chalajon chigirtkani keltirib, barcha arilar singari uyasini tekshirish uchun kirib ketganida tadqiqotchi uning o‘ljasini yiroqqa surib ko‘yadi. Ari uyasidan chiqib, uni izlab, shoshib yana uyasining oldiga qo‘yadi va tekshirish uchun yana uyasiga kirib ketadi. Fabri arining uyasi oldidan chigirtkani qirq marta chetga surib qo‘yadi va ari qirq martasida ham o‘ljasini topib, uni olib kirish uchun uyasini tekshirgan. Bu misollar instinktning cheklanganligini ko‘rsatadi. Instinktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat’iy bog‘liq bo‘ladi. Instinktning amal qilish mexanizmi shundan iborat-ki, tashqi shart-sharoitlar reflektor munosabatni bildirishga undaydi, eng oxirida esa navbatdagi munosabat bildirish uchun qo‘zg‘aydi va hokazo. Shu tarzda reflekslarning butun bir zanjirini harakatga keltiradi va nasliy yo‘l bilan mustahkamlangan dasturni amalga oshiradi. Instinktiv harakatlar standart shart-sharoitlar o‘zgarishi bilanoq o‘zining maqsadga muvofiqligini yo‘qotadi. SHunday qilib, xatti-harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdir.
Hayvonlarning instinktlari turli xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ovqatlanish instinkti – hayvonlarning o‘zi va bolasi uchun ovqat qidirib topish, ovqat g‘amlash harakatlaridir.
Himoyalanish instinkti – hayvon o‘z hayotini va omonligini saqlash harakatlarida ifodalanib, u ikki ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Birinchisi dushmanga hujum qilish, ikkinchisi o‘zini himoya qilishdir. Har bir hayvon dushmandan himoya qilish uchun biror organidan shoxlari, tuyoqlari, tish-tirnoqlari, tikanlari kabi yoki zaharli-hidli suyuqlikdan foydalanadi. Masalan, Afrika kobrasi o‘z zahrini 3,5 metr masofagacha ota oladi. Amerikada terisining usti qora jun bilan qoplangan uncha katta bo‘lmagan bir yirtqich hayvon yashaydi. U amalda barcha turdagi yirtqich hayvonlarning hujumidan saqlangandir. Hayvonlar uni orqasidagi uzun chizig‘idan tanib oladi. Bu hayvon skuns deb ataladi. Tabiat skunsga bir bezni ato etganki, u benihoya zaharli, hidli suyuqlik tarqatadi. Salgina xavf tug‘ilishi bilanoq, skuns dushmaniga orqasini o‘girib, dumini ko‘taradi va havoga suyuqlik purkaydi. Natijada eng katta yirtqichlar ham bir necha soat davomida «hushidan ketib qoladi». Amerika qit’asidagi barcha hayvonlar skunsni chetlab o‘tishga harakat qiladilar. Bu hayvonni yangi iqlimga moslashtirishga qaror qilinib, yosh hayvonlarni oldiniga o‘ralgan maydonda saqlashdi. Yirtqichlarni parvarish qilishda xizmatchilar qiynalmas-liklari uchun hayvonlardagi mumak bezlari olib tashlandi. Erkinlikka qo‘yib yuborilgan skunslar o‘rmonlarda bemalol yurishardi. Skunslarga hujum qila boshlanganida, ular qochmasdan, orqalarini o‘girib turishaverdi va dushmanlarining engilgina o‘ljasiga aylanishdi. SHundan keyin, skunslarning bezlari kesib tashlanmay, ularni boqishning boshqa usulari topildi.
Nasl qoldirish instinkti – bu ota-onalik instinkti sifatida ko‘rinib, nasl – avlod uchun g‘amxo‘rlik qilish, uni ma’lum vaqtgacha ovqat bilan ta’min etish, xavf-xatardan saqlash o‘z bolalarini parvarish qilish tug‘ma mahoratiga ega bo‘lib, o‘z naslining kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qiladi. Jumladan, o‘rgimchakning ba’zi turlarida urg‘ochilari o‘z tuxumi uchun tolalardan pillalar yasaydi. Bu pillani urg‘ochi o‘rgimchak qo‘riqlab va tez-tez ko‘chirib yuradi, o‘rgimchak bolalari paydo bo‘lishi bilan urg‘ochi o‘rgimchak uyalarini yonidan siljimasdan qo‘riqlab turadi. Nasli kattalashgani sari urg‘ochi o‘rgimchak ham ularga shuncha befarq bo‘la boradi va so‘ngra esa o‘rgimchak bolalari mustaqil harakat qiladigan bo‘lib, qolgandan keyin ularni tashlab ketadi. [2]
To‘da bo‘lib yashash instinkti–bu instinkt hayvonlarning turli usullar bilan o‘zaro aloqa qilishida xilma-xil shaklda birgalashib, to‘dalashib, poda bo‘lib, gala bo‘lib yashashlarida zohir bo‘ladi. Bu to‘dalanish ba’zi hayvonlarda doimiy xarakterga ega bo‘lsa (chunonchi, chumolilar, asalarilar), ba’zilari esa o‘ziga o‘xshash hayvonlar bilan vaqti-vaqti bilan birgalashib yashaydi asosan yirtqich hayvonlar masalan, qoplon eng kuchli va maymun uchun eng qo‘rqinchli yirtqich hisoblanadi. Qoplon maymunlarga erda doim mushukdek chaqqon hujum qiladi, SHimpanze doim kuchli hayvon, lekin qoplondan ularga doim kun yo‘q. SHimpanzelar qoplonni odatda yomon ko‘radilar, uni ko‘rishlari bilanoq shimpanze maymunlari to‘da bo‘lib, vahshiyona bukchayib qo‘llarini pastga tushirib, sakrab, baqirishib hayvonni hamma tomonidan qurshab oladilar. Ayrim hollarda shimpanzelar qo‘llariga kaltak olib, qoplonni urib haydaydilar. Hashoratlar galasi, kushlar galasi, sut emizuvchilar podasi, yirtqichlar to‘dasi, hayvonlarning doimiy to‘da bo‘lib yashash shaklidir.
Ma’lumki, asalarilar uyasida bitta ona ari, bir necha o‘nlab erkak va bir necha yuzlab bepusht ishchi ari (jinsiy organlari etishmagan)lar bo‘ladi. Ishchi arilarning xatti –harakatlari juda ham murakkabdir. Rivojlana borgan sari har bir ishchi asalari uyadagi vazifasini o‘zgartira boradi. Oldiniga u asalari bolalarini (gumaklarini) boqadi, uyani tozalaydi, so‘ngra uyani qo‘riqlaydi, ozuqa topib keladi, katakchalar yasaydi. Erda yashaydigan arining instiktlari ham juda murakkab harakatlar zanjiridan iboratdir. U o‘ziga uya qazib olib, uchib ketishidan oldin har gal uni og‘zini tuproq bilan qoplaydi. O‘ljasini olib kelganidan keyin ari uni uyaga kiraverishiga qo‘yib, haligi tuproqni chetga surib, uyani tekshirib ko‘radi, shundan keyingina uni uyaga olib kiradi. Instinktiv harakatlar, tug‘ma va nasldan-naslga o‘tadigan ongsiz harakatlardir. Ular hayvonlarning hayot uchun kurashish va muhitga eng muvaffaqiyatli uyg‘unlashish jarayonida hosil qilingan holda irsiy yo‘l bilan mustahkamlanib qolgan, ongsiz harakatlardir. Bular aql bilan o‘ylab bajariladigan oqilona harakatlar emas. Masalan, yangi tug‘ilgan sichqon bolalarini cho‘miltirib, mushuk oldiga olib kelinsa, u sichqonni o‘z bolalaridek mehr bilan boqadi, emizadi, himoya qiladi, ammo uni sichqon bolasi ekanligini anglamaydi. O‘rdak tuxumlari tovuqqa bostirilganda, u o‘rdak tuxumining farqiga bormasdan, shu tuxumdan chiqqan o‘rdak bolalarini boqadi, ular suvga tushib suzganlarida suv labida u yoq, bu yoqqa yurib ularning tovuq jo‘jalari emasligini anglamaydi. Demak, instinktlar doimo bir shaklda ko‘rinadigan harakatlardir, ammo instinktlar sharoitga muvofiq o‘zgarishi mumkin. Instinktga asoslangan hulq-atvor – biror bir turga mansub hayvonlarning barchasida bir xil yo‘naltirilgan turga xos bo‘lgan hulq-atvor hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, instinktga asoslangan hulq-atvor biologik maqsadga muvofiqlik bilan belgilanadi va biror turning ma’lum vakilini yoki yaxlit turni yashab qolish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ammo, hayvon hulq-atvori faqat irsiyat tomonidan belgilangan va uning hayoti davomida o‘zgarmasligi haqidagi fikrni juda ham to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.
Hayvon hulq-atvorini qo‘zg‘atuvchi va yo‘naltiruvchi jismlar ta’sirining biologik mohiyati muntazam bo‘lmasdan, organizm yashash tarzining aniq sharoitlari va muhit xossalariga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi va rivojlanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Masalan, agar och qolgan baqa chuvalchanglar bilan oziqlantirilgandan so‘ng oldiga gugurt va bir siqim yo‘sin (mox) qo‘ysak, baqa chuvalchanglarga o‘xshash uzunchoq shaklga ega bo‘lgan gugurtni tutib oladi. Ammo baqa o‘rgimchaklar bilan oziqlantirilsa, u gugurtga e’tibor bermay, yo‘singa tashlanadi. Endi dumaloq shakllar uning uchun ozuqaviy mohiyatni kasb eta boshlaydi.
Taxminan XVII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda ko‘pchilik inson va hayvonlar o‘rtasida tanasining ichki tuzilishi va hulq-atvorida, shuningdek, kelib chiqishida ham hech qanday umumiylik bo‘lishi mumkin emasligi haqida fikr yuritgan edi. So‘ngra tana mexanikasining umumiyligi tan olinib, inson psixikasi va hulq-atvori o‘rtasidagi tafovutlar saqlanib qoldi (XVII-XVIII asr.).
1872 yilda CH. Darvin o‘zining «Odam va hayvonlar hissiyotlarining ifodalanishi» kitobini chop ettirdi, bu kitob biologik va psixologik hodisalar o‘rtasidagi aloqani tushunib etishda burilish yasadi. O‘zining bu asarida Darvin evolyusiya tamoyilining hayvonlarning faqat biologik rivojlanishiga emas, balki ularning psixologik, hamda, hulq-atvor rivojlanishiga ham qo‘llanilishi mumkinligini isbotladi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiylik ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘zining bunday nuqtai nazarini u hayvonlar va odamlarda turli emotsional holatlarning tashqi ifodalanishi ustidan olib borgan kuzatishlaridan kelib chiqqan holda asoslab berdi. SHu davrdan boshlab, inson va hayvonlar psixikalarini tadqiq etish ishlari jadallik bilan boshlab yuborildi. Boshlang‘ich davrda Darvinning ta’siri ostida bu ishlar hissiyotlar va tashqi reaksiyalar ustida olib borilgan bo‘lsa, keyinchalik amaliy fikrlash sohasiga ham yoyildi.
XX asrda hayvonlar o‘rtasidagi temperamentlarning alohida tafovutlari tadqiqotchilarda qiziqish uyg‘otdi (I.P. Pavlov), so‘ngra odam va hayvonlar kommunikatsiyasida, hulq-atvorning guruhli shakllarida va bilish mexanizmlaridagi o‘xshashliklarni izlash ishlari boshlab yuborildi.
Inson va hayvonlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan tafovutlarni aniqlashdan avval shunga o‘xshash tadqiqotlarning natijalarini bilish pedagog uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi haqidagi savolga javob topish zarur.
Hayvon psixologiyasi va hulq-atvoriga tegishli barcha mavjud bo‘lganlar egallanishi mumkin bo‘lgan ikki usuldan biri orqali: irsiyat tomonidan berilishi yoki tabiiy bilish jarayonida o‘zlashtirilishi mumkin. Irsiyat tomonidan o‘tkaziladigan belgi va xususiyatlar ta’lim-tarbiyaga bo‘ysunmaydi; hayvonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan xususiyat odamda ham maxsus ta’lim-tarbiya jarayonisiz yuzaga kelishi mumkin. Insonni o‘rganishda uni hayvonlar bilan qiyoslashtirish orqali bir xilda anatomik va fiziologik kurtaklarning mavjudligida inson o‘z psixologiyasi va hulq-atvorida hayvonga nisbatan yuksakroq rivojlanish darajasiga erishgan ekan, u holda bu yutuq ta’lim va tarbiya orqali ongli ravishda boshqarish mumkin bo‘lgan bilishning natijasidir. SHunday qilib, inson va hayvonlarni qiyosiy psixologik-hulq atvor jihatdan tadqiq etish bolalarga ta’lim-tarbiya berish mazmuni va metodlarini to‘g‘ri, ilmiy asoslangan ravishda aniqlash imkonini beradi.
Insondagi kabi, hayvonlarda ham bilish xususiyatiga ega, ularga olamni oddiy hissiyotlar ko‘rinishida idrok qilib, axborotni eslab qolish imkonini yaratuvchi tug‘ma boshlang‘ich layoqatlar mavjud. Barcha asosiy bo‘lgan his-tuyg‘ular: idrok, ko‘rish, eshitish, sezish, hid va ta’m bilish, teri sezuvchanligi va boshqalar odam va hayvonlarda dunyoga kelishlari bilan tarkib topgan bo‘ladi.