Hozirgi kunda inson hayotini kompyutersiz tasavvur etib bî‘lmaydi. Shunday ekan, quyidagi savollar î‘rinli: Kompyuterning î‘zi nima? U qanday tuzilgan? Kompyuterning imkoniyatlari qanday? Uning asosiy vazifasi nimalardan iborat? Insonga qanday yordami tegadi-yu, qanday zarari bor? Shu va boshqa savollarga javob topishga qî‘yidagi maqolada harakat qilamiz. Inson tafakkurining mahsuli bî‘lgan kompyuter juda kerakli mashina hisoblanadi.
Kompyuter 4 asosiy qurilmalardan iborat: Monitor(ekran), sistema bloki, klaviatura, sichqoncha.
Shuni ham ta’kidlab î‘tish kerakki, yaqin kunlargacha kompyuterning asosiy qurilmalar safiga sichqoncha kirmas edi, sababi u siz ham bemalol boshqarsa bî‘lardi. Lekin yuqori texnologiyalar va internetning vujudga kelishi bilan sichqonchasiz kompyuterni boshqarish umuman mumkin bî‘lmay qoldi. Shuni ham qî‘shib î‘tish kerakki, bugungi kunda sistema blokini kî‘pchilik «protsessor» deb ataydi.
Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga î‘xshash vazifani bajaradi, ya’ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan rasmlar, kî‘rilayotgan film unda namoyon bî‘ladi. Monitor qî‘yidagi 3 turga bî‘linadi:
|
|
|
Elektron nur trubkali |
Suyuq kristalli |
Plazmali |
Klaviatura ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma’lumotlar va bî‘yruqlar kiritiladi.
Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba’zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qî‘llash mumkin. Kompyuter sichqonchasi sharli, lazerli va simsiz bî‘lishi mumkin. Odatda sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki bî‘yruq berish, î‘ng tugma yordamchi amallar bajarish uchun qî‘llaniladi. Bu rî‘yxat kontekst menyu deyiladi.
Sistema bloki himoya g‘ilofiga î‘ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. U keys deb xam ataladi.
Elektron sxemalar yaxlit asosga yig‘ilgan bî‘lib, asosiy plata (ona plata / motherboard) deyiladi.
Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor (inglizcha CPU — Central Processing Unit — jarayonlarni boshqaruvchi markaziy qurilma) deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi. U kompyuterning barcha qurilmalarini boshqaradi va uning turiga qarab kompyuterga baho beriladi.
Biz ma’lumotlarni (kino, klip qî‘shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlab qî‘yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari mavjud.
Qattiq disklar vinchester (inglizcha HDD — Hard Disc Drive — qattiq disk) deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Vinchester ikki turga bî‘linadi (ATA, SATA).
Kompakt disklardagi ma’lumotlarni î‘qish uchun CD-ROM yoki DVD-ROM qurilmasi ishlatiladi. Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma’lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.
Shuningdek, tezkor xotira (inglizcha RAM — Random Access Memory) qurilmasi mavjud bî‘lib, u ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborot va dasturlarni î‘z ichida saqlaydi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanadigan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda î‘chib ketadi.
Αz vaqtida ishtatilgan yoki ishlatilayotgan tezkor xotiralar quyidagilardir:
SIMM 30
30 bî‘linmalik SIMM (Single Inline Memory Module — Yagona qatorda joylashgan xotira moduli). 286 — 486 protsessorli kompyuterlarda ilgari ishlatilgan. Xozirda tarixga aylangan.
SIMM 72
72 bî‘linmalik SIMM. Ushbu xotira ikki turga bî‘lingan: FPM (Fast Page Mode) va EDO (Extended Data Out). FPM turi 486 protsessorlik va birinchi Pentium kompyuterlarida 1995 yilga qadar ishlatilgan. Sî‘ngra EDO turi yaratilgan. Tashqi kî‘rinish jihatidan ikki turi bir xil, faqat markerlangan qog‘ozi yordamida ajratsa bî‘ladi.
DIMM
Ushbu xotira turi SDRAM (Synchronous DRAM — Baravar ishlaydigan xotira) deb ham nomlangan. 1996-2001 yillar oralig‘ida kî‘pgina Intel chipsetlari, shu qatorda Pentium va Celeron protsessorlari ham ushbu xotira turini ishlatgan. Keyinroq DDR asri boshlanib, simm va dimm turlari tarixga aylangan. Hozirgi kunda yangi davr — DDR (DDR2, DDR3) xotiralari davri deyish mumkin.
DDR
DDR (Double Data Rate)ni SDRAMning davomi sifati qarash mumkin. Ushbu modul jaxon bozoriga 2001 yilda chiqqan. DDR va SDRAM ning farqi shundaki, DDR bajaradigan ishni tezlashtirish maqsadida takt chastotasini ikki marta kupaytirish î‘rniga, bir takt ichida ma’lumotlarni ikki marta jî‘natadi.
DDR2
DDR2 (Double Data Rate 2) – DDRning yangilangan va kuchaytirilgan turi. DDR2 xotirasi 2003 yilda yaratilib, unga mos chipsetlar 2004 yilning î‘rtalarida yaratilgan. DDR2 ning DDR dan farqi – mexanizmning mukammalashtirilgani hisobiga birmuncha katta takt chastotasida ishlay olish imkoniyatidir. DDR2 DDRdan tashqi kî‘rinish jihatidan katta farq qiladi, u 184 bî‘linmachalardan (DDRda shuncha) 240ga oshirilgan (DDR2 da).
DDR3
DDR2 xotira moduli kabi, DDR3 ham 240-lik bî‘linmachalardan tashkil topgan, ammo elektr toki tomondan mos emas. Shuning uchun keskin farq qiladi:
Kompyuterni global tarmoqqa ulash uchun unga maxsus qurilma — modem (modulyator-demodulyator) î‘rnatilishi shart. Modem telefon tarmog‘i orqali Internet provayderiga ulanib, Internet kabi global tarmoqda ishlash imkonini yaratadi. Modemlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
Kompyuterda tayyorlangan rasmlar va matnlar (hikoya, referat va boshqalar)ni «printer» deb ataluvchi qurilma yordamida qog‘ozga chop etish mumkin. Αz navbatida printerlar bosma (matritsa-î‘yma qolipli) purkovchi va lazerli turlarga bî‘linadi.
Shuningdek, sî‘nggi vaqtlarda printerlarning yangi avlodi — 3D printer rivojlanmoqda.
SHaxsiy kompyutårlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
· tizimli bloki;
· monitor;
· tugmachalar majmuasi (klaviatura);
· sichqoncha;
· tashqi qurilmalar.
1. Tizimli blok quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1-rasm. Tizimli blok.
a) tashqi yuza paneli;
1 - kompakt-disklar yurituvchisi;
2 - egiluvchi disklarning disk yurituvchisi;
3 - "tarmoq" indikatori;
4 - "Vinchester" indikatori;
5 - ta’minotni ulash tugmachasi;
6 - RESET tugmachasi;
b) AT shakl-omilning orqa paneli;
7 - klaviaturani ulash porti:
8 - modemni yoki sichqonni ulash uchun COM portlar;
9 - monitorni ulash porti;
10 - tarmoq xaritasi;
11 - tovush xaritasi;
12 - monitorni ulash uchun rozetka;
13 - tarmoq rozetkasi;
14 - printer uchun parallel port;
v) ATX shakl omilining orqa paneli;
15 – PSG interfeysli sichqonni ulash porti;
16 – PSG interfeysli klaviaturani ulash porti;
17 - USB-uskunasini ulash porti;
18,20 - modem yoki sichqonni ulash uchun ketma-ket COM-portlar;
19 - printer uchun parallel port;
21 - mikrofonni ulash porti;
22 - chiziqli ovoz chiqish joyi;
23 - okustik tizimini ulash porti;
24 - joystikni ulash porti;
25 - monitorni ulash porti;
26 - ichki modemning xaritasi;
27 - USB-uskunalarini ulash uchun qo’shimcha portlar;
28 - tarmoq xaritasi;
29 - tarmoqni ajratish joyi;
30 - tarmoq viklyuchateli.
Ona (Matårinskaya) plata shaxsiy kompyutårning asosiy platasidir. Unda protsessor, tovush va video xaritalar, tezkor xotira, tv-tyuner, sxemachalar, kuller, translyator kabilar joylashadi. Ona plataga ulangan qurilmalar esa DVD-ROM, CD-ROM, Vinchester, blok- pitaniyalardir.
2 – rasm.Tizimli plataga ulanadigan tashqi uskunalar.
2–rasmda tizimli plataga ulanadigan tashqi uskunalar ko’rsatilgan edi. Shuni ta’kidlash lozimki, ta’minot blokidan tashqari, chetda (periferiyada) joylashgan bu uskunalardan istalgani yo’q bo’lganda ham kompyuter ishlayveradi. Tizimli plataning o’zida esa har doim ularsiz kompyuterhatto yoqilmaydigan bir nechta qism (3-rasm) o’rnatiladi.
3-rasm. Tizimli plataga o’rnatiladigan unsurlar (elementlar).
Ularning eng muhimlari bu protsessor va tezkor xotiradir. Bundan tashqari, katta tezlikda ishlaydigan protsessorlar uchun majburiy vositalar (atributlar) to’plamiga protsessor korpusining darajasini xavfsiz kattalikkacha tushirish uchun zarur bo’lgan ventilyatorli sovutuvchi radiator kiradi. Protsessor (4-rasm) kompyuterning yuragidir u hamma hisoblarni bajaradi va tashqi uskunalarni boshqaradi. Kompyuterning quvvati uning unumdorligiga bog’liqdir. Konstruksiya jihatidan protsessor markazida metall plastikasi joylashgan keramik (sopol) plastina ko’rinishida ishlangan. Tizimli plata bilan ulanish uchun protsessor past tomonda tilla suvi yugurtirilgan chiqishlar - oyoqchalar bilan ta’minlangan. Ularnig soni esa bir necha yuzta bo’lishi mumkin.
4-rasm. Intel Pentum-4 protsessori.
Tizimli platada protsessorni o’rnatish uchun soket deb ataluvchi ajratish joyi mo’ljallangan. Shuningdek, korpuslari kartrij ko’rinishida ishlangan protsessorlar ham mavjud, bunday protsessorlar uchun slot deb ataluvchi ajratish joyi o’rnatiladi.
Protsåssor kompyutårning markaziy qurilmasidir. Uning tarkibiga kompyutår ishini muvofiqlashtirib turuvchi boshqaruv qurilmasi, ma’lumotlar ustida amallar bajaruvchi arifmåtik-logik qurilma, hamda ma’lumotlar va ular ustida bajarilgan amallar natijalarini vaqtinchalik protsåssorda saqlab turuvchi rågistrlar kiradi.
Shaxsiy kompyutår protsåssori vazifasini bajarib turuvchi mikrosxåma “mikroprotsåssor” dåb nomlanadi. Mikroprotsåssor tavsiflaridan biri kompyutårning tåzkor amal bajarishini bilvosita aks ettiruvchi takt chastotasidir. Solishtirish uchun eslatma båramiz: IBM – 286 shaxsiy kompyutårida o’rnatilgan mikroprotsåssorning takt chastotasi 8 Mgts ni tashkil qilgan, turbo tartibida 12 Mgts gacha åtib borar edi. Zamonaviy mikroprotsåssorining takt chastotasi esa 3 Ggts dan ham yuqori bo’lishi mumkin.
Mikroprotsåssorning yana bir tavsifi kompyutårning umumiy unumdorligi va hisob – kitoblarning aniqligiga ta’sir etuvchi razryad darajasidir. Razryad darajasi mashina so’zi uzunligi bilan bålgilanadi.
Mashina so’zi – bu bitlarning aniq, tartiblangan kåtma – kåtligidir, kompyutår uni yahlit ma’lumot sifatida qabul qiladi. Mashina so’zi baytga karrali bo’lib, shaxsiy kompyutårning turiga qarab turli uzunlikda bo’lishi mumkin (16 yoki 32 bit).
Ancha yuqori chastotalarda ishlovchi zamonaviy protsessorlar haddan tashqari qattiq qizib ketadi. Ammo protsessorlar ham mansub bo’lgan yarim o’tkazgichli mikrosxemalar 80-100 darajadan ortiq haroratga chidolmaydi. Ozgina qizib ketsa ham, ular yo o’chib qoladi, yoki ishdan chiqadi. Protsessorning korpusini sovutish uchun katta miqdorli qovurg’alarga ega bo’lgan alyuminiy yoki misdan yasalgan og’ir radiatorlardan foydalaniladi (5-rasm). Ularni ventilyator havo bilan puflab turadi. Ventilyator uchun "kuler" (inglizcha, "cooler" - muzlatgich, issiqlikni oluvchi) atamasi ommaviydir. Bir qator tizimli platalar u chiqarayotgan va ko’tarilayotgan shovqinni kamaytirish uchun ventilyatorning aylanish tezligini tartibga solib tura oladi.
5-rasm. Protsessorni sovutish uchun kulerli radiator:
a) to’g’ri burchakli; b) Silindr shaklli
Misol sifatida 6-rasmini ko’rib chiqamiz. Unda Celeron va Pentium protsessorlariga mo’ljallangan, ancha mashhur va ommalashgan AT shaklli omilining tizimli platasini chizmasi keltirilgan.
6-rasm. Soltek SL-63AV tizimli platasi.
Tepadagi chap burchakda kengaytiruvchi slotlarning an’anaviy to’plami: turli xildagi kartalarni o’rnatishga mo’ljallangan ikkita ISA va uchta PCI sloti hamda zamonaviy videoadapter uchun AGP sloti joylashgan.
Shuni ta’kidlashimiz mumkinki, tizimli platalarda ISA slotlarini o’rnatmaslikka harakat qilinadi, ularning o’rniga bitta AMR slotini yoki ovoz kartasi, yoki modem uchun mo’ljallangan, AC'97 spetsifikatsiyasini qo’llab-quvvatlovchi CNR sloti montaj qilinadi. O’ngda esa Intel korporatsiyasining protsessorini o’rnatish uchun katta soket joylashgan. Ushbu holatda – bu Soket 370 dir (Pentium, AMD K5 hamda K6 protsessorlari uchun keng tarqalgani Socket7 edi). Pentium 4 protsessorlari uchun boshqacha jaylashtirilgan va kontaktlari soni boshqacha bo’lgan soketlar ishlatiladi. Athlon va Duron protsessorlari uchun Socet A dan foydalaniladi. Tizimli plataning pastida 168 kontaktli DIMM modullarini o’rnatish uchun uchta slot joylashgan. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, xotira modullari uchun 2 tadan 4 tagacha miqdorda bo’lgan slotlar ko’pincha plataning o’ng qanotida o’rnatiladi.
Ta’minotning ajratish joyi (raz’yom) amalda doimo plataning yuqori o’ng burchagiga yaqin joylashgan bo’ladi. 6-rasmda ko’rsatilgan tizimli plata ham bundan mustasno emas. Ammo ushbu holatda ishlab chiquvchilar (loyihachilar ma’nosida) AT shakli-omili singari bo’lganidek, ATX shakl-omilining ham iste’mol bloklarini ishlatish imkoniyatini beruvchi ikki turning ham raz’yomlarini taqdim etgan.
Bunday yondashuv tipik emas, ammo o’zlari kompyuter yig’adigan foydalanuvchilar orasida juda mashhur.
Ko’rib chiqilayotgan tizimli plata AT shakl-omiliga ega bo’lgani uchun unda faqat klaviaturani ulash uchun ajratish joyi bor, xolos. U o’ng tepa burchakda joylashgan. ATX shakl-omilga ega bo’lganda esa tizimli platada ketma-ket va parallel ulanadigan interfeyslar uchun ham uzilish joylari (raz’yomlar) o’rnatiladi. Pastki chap burchakda kompyuterning chap paneliga chiqaruvchi indekatorlar va tugmachalarni ulash uchun kontakt maydonlari montaj qilingan. Bu yerda, shuningdek, ichki dinamik va klaviaturaning qulfini (bu qulfdan uni korpusga o’rnatish ham qulay) ulash uchun kontaktlar mavjud.
Ular yordamida kompyuterning konfiguratsiyasi yaratiladigan jamperlar uchun Jn va JPn sifatida belgilangan kontaktlar butun tizimli plata bo’yicha erkin joylashtirib chiqilgan. Jamperlarning to’plami nimaga mo’ljallangani va qanday joylashuvi har bir tipdagi tizimli plataning faqat o’ziga xos bo’ladi. Ularni to’g’ri o’rnatish uchun tizimli plataga oq bo’yoqlarda bitilgan yozuvlardan yoki mazkur plataning hujjatlaridagi ko’rsatmalardan foydalanish kerak. Agar 6- va 7- rasmlarda ko’rsatilgan tizimli platalar solishtirilsa, keyingisi sifatida belgilanuvchi hamda ular yordamida kompyuterning konfiguratsiyasi sozlanuvchi jamperlar uchun ajratish joylari amalda yo’q ekanligini payqash mumkin. Bu mazkur platada BIOS dasturidan foydalanganiga bog’liqdir. Ushbu dastur tizimli platada o’rnatilgan hamma uskunalarning ko’pchilik parametrlarini o’zi mustaqil belgilaydi, konfiguratsiyasi qo’lda bajarilishi talab qilinadiganlari esa BIOS ilovasi orqali sozlanadi.
Asosiy xotira tåzkor xotirlovchi (TXQ) va doimiy xotirlovchi (DXQ) qurilmalardan iboratdir.
7-rasm. Pentium 4 protsessori uchun ABIT IT7/ITFE tizimli platasi.
TXQ båvosita hisoblash jarayonida qatnashuvchi axborotni saqlab turish uchun mo’ljallangan. Bajarilishi lozim bo’lgan dasturlar TXQ ga disk yoki diskåtalar, axborot tashuvchi qurilmalardan ko’chirib olinadi (yuklanadi). Kompyutår o’chirilganda TXQ dagi ma’lumot o’chib kåtadi. Tåzkor xotirani yachåykalarning jamlanmasi sifatida qabul qilish mumkin. har bir yachåyka razryadlarga bo’lingan, razryadlarda bir bit axborot saqlanadi. Xotiraning ihtiyoriy yachåykasiga nollar va birlar to’plami yozilgan bo’lishi mumkin, bu to’plamlar bitta mashina so’zini tashkil qiladi. Barcha yachåykalarga tartib rahami bårilgan. YAchåykaning tartib rahami uning adråsidir. Bu adrås yachåykalarni bir biridan farq qilishga, yachåykaga eski ma’lumot o’rniga yangi ma’lumot kiritish yoki unda saqlanayotgan ma’lumotdan foydalanish maqsadida unga murojaat etish imkonini båradi.
DXQ o’zgarmas axborotni saqlab turish uchun ishlatiladi. Xususan, DXQ ishlab chiharuvchi tomonidan bålgilangan, BIOS dåb ataluvchi maxsus dasturlar majmuasini saqlab turadi. SHuningdåk, DXQ da har gal kompyutår yoqilganida bloklar ishlashining to’g’riligini tåkshirib chiquvchi tåst-dasturlar ham saqlanadi.
Vidåokarta (vidåoadaptår) monitor bilan birgalikda shaxsiy kompyutårning vidåotizimini tashkil qiladi.
8-rasm. Vidåokarta
Tovush kartasi ba'zi joylarda ovoz kartasi dåb yuritiladi, tovush, nutq, musiqaga ishlov bårish bilan bog’liq opåratsiyalarni bajaradi. Ovoz kartasi (9-rasm) kompyuterning majburiy qismi (komponenti) emas, chunki har bir tizimli blokda dinamik o’rnatilgan (lekin ulardan taraladigan ovoz sifati juda yomon). Ammo dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar hozir qaysidir ovoz adapteri bo’lishini talab qiluvchi dasturlar tuzmoqdalar. Ovoz platasining o’zi kompyuterning ichiga o’rnatilgan dinamik bilan hech qanday aloqasi yo’q. Shuning uchun ovozni eshitish uchun alohida ovoz karnaylari talab qilinadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, ayrim hollarda ular monitorning korpusiga montaj qilingan bo’ladi.
9-rasm. Tovush kartasi
Zamonaviy kompyuterlarda ovozni apparat bilan qo’llab-quvvatlash quyidagi shakllardan birida amalga oshiriladi:
· PCI shinasining ajralish joyiga o’rnatilgan audio-adapter;
· Crystal, Analog Devices, Sigmatel, ESS va boshqa kompaniyalar ishlab chiqarayotgan tizimli platadagi mikrosxema;
· tizimli plata mikrosxemasining asosiy to’plamiga yig’ilgan ovoz uskunalari (ularga Intell, SIS va VIA Technologies kompaniyalarining uncha qimmat bo’lmagan kompyuterlar uchun yaratgan eng zamonaviy mikrosxemalar to’plamlari kiradi).
Asosiy uskunaning qayerda joylashganidan qat¢iy nazar, akustik tizim, mikrofon va boshqa ko’plab qo’shimcha audiouskunalar mavjuddir.
Ovoz platalarini qo’llash sohalari.
Ovoz platalari bir qancha qo’shimcha imkoniyatlar beradi, bular:
· ko’ngilochar (o’yin) dasturlariga stereoovoz qo’shish;
· ta’limiy dasturlarning samaradorligini oshirish;
· namoyish va ta’lim dasturlariga ovoz effektlarini qo’shish;
· MIDIning apparat va dasturiy vositalari yordami bilan musiqa yaratish;
· fayllarga ovozli shaklarni qo’shish;
· ovozli tarmoq konferensiyalarini amalga oshirish;
· amallar tizimi hodisalariga ovozli effektlarni qo’shish;
· matnni ovozli qayta tiklash;
· matnni qayta tiklash;
· audiokompakt disklarni eshitish;
· MP3 formatli fayllarni eshitish;
· videokliplarni ko’rish va eshitish;
· DVD - filmlarni qayta tiklash;
· ovozli boshqarishni qo’llab-quvvatlash.
TV – tuner:bu qurilma o’rnatilgandan keyin kompyuter orqali television ko’rsatuvlarni tomosha ilish imkoni tug’iladi. Bu qurilma ham tizimli blok ichiga joylashtiriladi.
10-rasm. TV – tuner
Kompyuterning hamma qismlarini quvvat bilan ta’minlovchi ta’minot (iste’mol) bloki an’ana bo’yicha chetda (periferiyada)gi uskuna hisoblanmaydi. Ammo shuni bilish lozimki, zamonaviy ta’minot bloki shunchaki zarur kuchlanishni ishlab chiqarish bilan kifoyalanmaydi, balki u kompyuterning yoki tashqi uskunalarning buyruqlariga ko’ra ish rejimini ham o’zgartirishi mumkin.
11-rasm. Ta’minot (iste’mol) bloki
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. V. Rajaraman. Introduction to information technology (second edition). India, 2013.
2. M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova. Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T.: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y.
3. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y.
4. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. Ò.:, “O’qituvchi”, 2011 y.